Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Qarshi ko’rsatmalar. Bir qator umumiy va mahalliy kasalliklar va ba`zi fiziologik holatlar tish olishga 
qisman qarshi qo‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. Bunday bemorlarda maxsus davo va tayyorgarlikdan keyin tish olsa 
bo‘ladi. Qisman (vaqtinchalik) qarshi ko‘rsatmalar bo‘lib, quyidagi kasalliklar hisoblanadi: 
1)  YUrak-tomir kasalliklari  (infarkt oldi holati va miokard infarktidan 3—6 oy o‘tgandan keyin, kriz 
vaqtidagi  gipertonik  kasallik,  stenokardiya  xuruji  bilan  davom  etuvchi  yurak  ishemik  kasalligi,  mertsatelniy 
aritmiya paroksizmi, paroksizmal taxikardiya, o‘tkir septik endokardit va boshqalar); 
2)  Parenximatoz  a`zolarni  o‘tkir  kasalliklari  –  jigar,  buyrak,  oshqozon  osti  bezi  (infektsion  gepatit, 
glomerulonefrit, pankreatit va boshqalar); 
3)  gemorragik  diatezlar  (gemofiliya,  Verlgof  kasalligi,  S-avitaminoz);  gemmoragik  simptomlar  bilan 
kechuvchi kasalliklar (o‘tkir leykoz, agranulotsitoz); 
4)  o‘tkir yuqumli kasalliklar (gripp, o‘tkir respirator kasalliklar, rojali yallig`lanish, pnevmoniya); 
5)  markaziy asab tizim kasalliklari (bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzi lishi, meningit, entsefalit); 
6)  psixik kasalliklarni o‘tkirlashuv darida (shizofreniya, maniakal-depressiv psixoz, epilepsiya); 
7)  o‘tkir nur kasalligi I—III darajalari; 
8)  og`iz bo‘shlig`i kasalliklari (stomatit, gingivit, xeylit). 
 
Bu  kasalliklarni  davolagandan  keyin  va  ahvol  yaxshilangandan  keyin  tish  olinadi.  Buni  kerak  bo‘lgan 
mutaxassis  bilan  maslahatlashib  o‘tkazgani  ma`qul.  Og`ir  yo‘ldosh  kasalliklari  bor  bemorlarni  tishlarini 
statsionar holatida oldirish ma`qul. 
 
Tekshirish. Tish olishga ko‘rsatma bo‘lsa uni xirurgik aralashuvga tayyorlash, og`riqsizlantirish, 
operatsiya  usuli,  kerakli  asboblar  haqida  o‘ylash  kerak.  Operatsiyadan  oldin  olinayotgan  tishni  shifokor 
yaxshilab ko‘rish kerak. Toj qismi ko‘rilayotganda uni zararlanganlik darajasini, anomaliyasini aniqlab, kerakli 
asbobni tanlash kerak. Ko‘rik vaqtida yallig`lanish bor-yo‘qligiga va patologik qimirlashiga ahamiyat beriladi. 
Rentgenda ildizlar sohasidagi suyak to‘qimasi holatiga, soniga, shakliga, kattaligiga, tarqalish darajasiga baho 
beriladi va uni burun va jag` bo‘shliqlari, pastki jag` kanali bilan munosabatiga ahamiyat beriladi. Tish ildizlari 
to‘siq bilan bog`liqmi, mustahkammi, yoki olindan ildizlarni ajratib olish kerakligini ko‘rish kerak.  


Ko‘rik  vaqtida  yig`ilgan  ma`lumotlar  operativ  aralashuv  rejasini  tuzishga  va  xirurgik  asboblar 
tayyorlashga imkoniyat beradi. 
Bemorni  tayyorlash.  Muolajadan  oldin  bemorni  tinchlantirish,  tish  olishni  muvaffaqiyatli  o‘tkazish 
garovidir.  SHuning  uchun  muolaja  vaqtida  bo‘ladigan  hissiyotlar  haqida  bemorga  aytib  berish  kerak.  U 
oldindan  ularga  tayyor  bo‘ladi  va  kamroq  e`tibor  beradi.  Labil  nerv  tizimli  bemorlarda  sedativ  tayyorgarlik 
kichik trankvilizatorlar yordamida o‘tkazish kerak. 
Operatsiyadan  oldin  bemorga  siqib  turuvchi  kiyimlarni  echish,  tasmani  bo‘shashtirish,  ko‘ylakni 
yoqasini bo‘shashtirish tavsiya etiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin