Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Granulyatsiyalovchi periodontit. Jarayon ildiz uchi soxasi periodontida granulyatsion to‘qima o‘sishi va yaqin 
sohalarga hamda tish alveolasi devoriga tarqalishi bilan xarakterlanadi.  
Klinik  ko’rinishi.  Granuliyatsiyalovchi  periodontit  surunkali  periodontitning  faol  shakli  bo‘lib,  turli  xil 
klinik  ko‘rinishlarga  ega.  Ko‘pincha  bemorlar  qattiq  va  issiq  ovqat  mahsulotlarini  eganda  paydo  bo‘ladigan 
og`riqqa shikoyat qilishadi. Ayrim hollarda tish bosilganda og`riq kuchayadi. Granulyatsiyalovchi periodontitda 
ko‘pincha  turli tezlikda  kechuvchi  asoratlar  paydo  bo‘ladi.  Yallig`lanish jarayonining  aktivligi  tish bosilganda 
va tishlaganda davriy og`riqlarni kuchayishi bilan boradi.  
Periodontda  granulyatsiyali  o‘chog`i  bo‘lgan  ildiz  uchi  alveolyar  o‘sig`ini  qoplab  turgan  shilliq  qavati 
odatda biroz shishgan va to‘laqonli. Pintset yoki zond bilan milk bosilganda unda izi  qoladi.Tashqi tomondan 
ko‘rilganda  bir  butun  zich  ba`zan  og`riqli  limfa  tuguni  paypaslanadi.  Zaralangan  tish  sohasi  shilliq  qavati 
shishgan va qizargan. 
Patologik  o‘choq  atrof  to‘qimaga  o‘sishi  mumkin  oqibatda,  shilliq  qavatda  oqma  yo‘l  yuzaga  keladi. 
Ko‘pincha  bu  yo‘l  zararlangan  tish  ildiz  uchi  chegarasida  nuqtasimon  teshik  yoki  kichkina  bo‘kib  qolgan 
granulyatsiya  ko‘rinishida  joylashadi.  Oqma  yo‘l  qanchadir  vaqtga  yopilib  qolishi  mumkin,  biroq  qaytalanish 
davrida yana ochiladi.  

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin