Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Klinik bosqich
 
(25 daqiqa)
 
 
BZKTTM ―Yuz –jag‘ jarrohligi‖ bo‘limida bemorlar bilan ishlash, klinik 
mashg‘ulotlarni mulyajlarda va bo‘limda bemorlarda bajarish. -5 – daqiqa
 
Bemorlarning bog‘lovlarida ishtirok etib, kasallik tarihlarini 
o‘rganish.Davolash ishlarini olib boradi -10 - daqiqa
 
Mavzular asosida berilgan ma`lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi, faol 
ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi. -10 - daqiqa
 
 
Qatnashadila
r, bajaradi, 
yozadi, tahlil 
qiladi, 
 
 
yakuniy bosqich
 
(5 daqiqa)
 
1.  Yakunlovchi xulosa qiladi. 
2.  Talabalarni baholaydi 
3.  Mustaqil ish beradi 
4.  Uyga vazifa bveradi 
 
 
Amaliy mashgulotning texnologik modeli. 
 
Mashg‘ulot   vaqti-3 soat
 
Talabalar soni 9 
 
Nafar
 
Mashg‘ulot shakli
 
Amaliy mashg‘ulot
 
Mashg‘ulot rejasi
 
1. Kasalliklar klassifikatsiyasi
 
2. Kasallik etiologiyasi
 
3. Kasallik klinikasi
 
4. Kasallikni tashxislash usullari
 
5. Kasalliklarni davolash choralari
 
O‘quv mashg‘ulotning 
 
maqsadi
 
Talabalarga 4 kurs taqvimiy reja asosida mavzularni 
tushuntirish. 
 
Ta`lim berish usullari
 
Mul‘timediya 
 
Interfaol usullar ―Akvarium‖, ―Qor parchasi‖
 


Ta`lim berish shaqllari
 
Jamoaviy
 
Ta`lim berish vositalari
 
O‘quv  uslubiy ishlanma , elektron darsliklar, 
kompyuter
 
Ta`lim berish sharoiti
 
Metodik jixatdan jixozlangan auditoriya
 
Monitoring va jixozlash.
 
 
 
 
Tish va jag  inervatsiyasi 
Ogiz  bo`shlig‘i  organlarini    harakatlantiruvchi,  sezuvchi,  vegetativ,  (simpatik  va  parasimpatik)  nervlar 
innervasiya qiladi.   YUz terisini, mshoq  to`qimalari  va ogiz bo`shlig‘i  organlari, jaglarni, uch shoxli nerv, til-
halqum,  adashgan  nerv  va  boyindan  kelayotgan  (katta    quloq  nervlar  va  kichik    ensa  nervlar)  shoxlari 
inervatsiya  qiladi.        YUz    sohasida,    uch  shoxli  nervning    joylashishi  bo`yicha      5  ta  vegetativ    tugun  
joylashgan. 
 
Kiprik  tuguni (Gangl ciliare) 
qanotsimon tanglay tuguni (Gangl pterigopalatinum) 
quloq  tuguni (Gangl oticum) 
Pastki jag osti tuguni (Gangl submandibulare) 
Til osti tuguni (Gangl sublingularis) 
Uch  shoxli    nervning    1-chi  shoxi    kiprik  nervi  bilan  bogliq,  2-chisi  qanotsimon  tanglay  nervi  bilan,  3-chisi 
quloq, pastki jag osti,   nerv tugunlari kiradi. Simpatik nervlar, to`qima va yuz organlariga .kori  boyin simpatik 
tugunlaridan  boradi. 
 
  Uch shoxli  nerv (N/ Trigeminus) 
Aralash.  Uning  tarkibi    harakatlantiruvchi,  sezuvchi  va  parasimpatik  sekretor  nerv    tolalaridan    iborat.  Sezish 
inervatsiyasi uch shoxli  nervdan  olinadi. (rasm 1) . Uch shoxli  nervdan  3ta  shox ajraladi: 
Ko`znervi, 
YUkori jag nervi, 
Pastki jag nervlari. 
Ko`z nervi ( N. Ophtalmicus) 
Sezuvchi nerv, jag va ogiz bo`shlig‘i to`qimasi inervatsiyasiga katnashmaydi. 
YUkori jag  nervi (N. Maxillaris) 
Sezuvchi kala suyagining  aylana teshigidan chiqadi (foramen rotundum)  qanot  tanglay  chuqurchasiga  
tushadi (fossa peterigopalatina)  va ko`p shoxlarga  tarkaladi.  (rasm 1). 
Ko`z  osti  nervi  (N.  Infraorbitalis)yukori    jag  nervining  davomi    hisoblanadi,  yonoq  va  tanglay  nervidan 
ketgandan keyin shu nomni  oladi. 
Qanot  tanglay  chuqurchasidan,  pastki  ko`z  yorigi  orqali  ko`z  kosasiga    va  ko`z    osti    egatiga    yotadi 
(sulkus    infraorbitalis).    Ko`z  osti  teshigi  orqali    (foramen  infraorbitalis)  ko`z  kosasidan  chiqib,    bir  necha 
shoxlarga bolinadi  va kichik g‘oz panjasi   hosil qiladi.  ( Pes anserius minor) oxirgisining  joylashishi  teri va 
lab shilliq qavatini , pastki qovoq, ko`z osti sohasi, burun qanoti va burun chegarasining  terisidir. 
Qanot  tanglay  chuqurchasiga    ko`z  osti  nervidan    orqa  yukori    alveolyar  nerv    (Rami  alv.  Superioris 
posterioris)  4-8  ta    bolib,  bularning  kichik  qismi    suyak  to`qimasiga    kirmaydi  va  pastga  qarab  dumbostning 
tashqi   yuzasida  alveolyar o`siq tomonga  qarab joylashadi, yukori jagning  suyak ustiga tugaydi, lunj shilliq 
qavati  va milkning  vestibulyar  tomonidan katta va kichik  ildizli  tishlar sohasidan o`tadi. Katta qismi  orqa 
yukori  alveolyar shoxlarni hosil qiladi.  (Foramina  alv.  posterior). 
Orqa  yukori  alveolyar  tarmoqlari  yukoridagi  tish  chigalining  orqa  bo`limini  hosil  qilishda  ishtirok  etadi. 
qanotsimon – tanglay chuqurchasi, ba‘zan ko`z osti egatining orqa bo`limi orasida ko`z osti nervidan orta yukori 
alveolyar tarmoq (ramis alveoiares superior medius) ajraladi. U yukori jagning oldingi devori tarkibiga o`tadi va  
alveolyar    o`simtada  tarmoqlanib  ketadi.  Bu  tarmoq  yukorigi  tish  chigalining  orta  bo`limini  hosil  qilishda 
ishtirok etadi, oldingi va orqa yukorigi alveolyar tarmoqlar bilan anastamozlar hosil qiladi, kichik ildizli tishlar, 
alveolyar o`simta shilliq qavati va shu tishlar sohasidagi shilliqlarning daxliz qismini innervasiyalaydi. 
 
Ko`z  osti  kanalining  oldingi  bo`limida  ko`z  osti  nervidan  1-3  ta  stvol  korinishda  oldigi  yukorigi 
alveolyar  tarmoqlar  chiqadi,  lekin  bu  alveolyar  tarmoqlar  ko`z  osti  nervidan  ko`z  osti  kanali  yoki  egatining 
butun uzunligi boylab, ko`z osti teshigidan chiqqan qismidan xam ajralishi mumkin. Oldingi alveolyar nervning 
tarmoqchalari  ko`z  kosasi  osti  nervi  bilan  bitta  kanalda  (ko`z  osti  kanali)  yoki  suyakdan  hosil  bolgan  aloxida 


kanalda joylashishi mumkin. Oldingi alveolyar tarmoqlar yukori jag oldingi devori tarkibida, yukorigi alveolyar 
tarmoqga  nisbatan  medial  holatda  otgan  xolda  yukoriga  tish  chigalining  oldingi  bo`limini    tashkil  qilishda 
ishtirok  etadi.  Ular  kesuvchi  va  qoziq  tishlarini,  alveolyar  o`simtaning  shilliq  kavti  va  suyak  usti  pardasini  va 
mazkur  tishlar  sohasidagi  milklarning  daxliz  qismini  innervasiya  qiladi.  Oldingi  yukorigi      alveolyar 
tarmoqlardan burun tarmogi chiqadi, xamda burun tubining oldingi bo`limi shilliq qavatini innervasiyalaydi va 
burun - tanglay nervi bilan anastamozlar hosil qiladi. 
Orqa, orta va oldingi yukorigi alveolyar tarmoqlar qorigi jag devori tarkibida otgan xolda bir – biri bilan 
anastamozlar  hosil  qiladi  va  yukori  tish  chigali  –plexusdentalissuperior  ni  hosil  qiladi.    CHigal  yukorigi  jag 
alveolyar  o`simtasi  tarkibida,  uning  butun  uzunligi  boylab  tishlarning  ildizlari  cho`qqilari  ustida  shuningdek 
alveolyar  o`simtaning  yukorigi  qismlarida,  yukori  jag  bo`shlig‘i  shilliq  qavatida  bevosita  yaqin  holatda 
joylashadi. 
YUkorigi tish chigalidan quyidagi bir qancha tarmoqlar chiqadi: 
A) Tish tarmoqlari (rami dentalis)  tishlarning pulpasiga boradi. 
B)  Periodontal  va  milk  tarmoqlari  (rami  periodontales  et  rami  gungivales)  -    tishlar  periodonti  va  milk 
to`qimalarini innervasiyalaydi. 
V)      Alveolyararo  tarmoqchalar  -  alveolyararo  to`siqlarga    boradi,  undan  tishlar  periodokti  va  jag  suyak  usti 
pardasiga boradi. 
G) YUkorigi jagning suyak devori va shilliq qavatiga boruvchi tarmoqlar. 
Tish  chigalining  orqa  bo`limidan  chikuvchi  tarmoqlar  va  ildiz  tishlar  sohasida,  orta  bo`limdan  chiquvchi 
tarmoqchalar – kichik ildizli mishlar sohasida, oldingi bo`limdan chiquvchi tarmoqlar – kesuvchi vaqoziq tishlar 
sohasida tarmoqlanib ketadi. 
Ko`z kosasi osti nervidan ko`z kosasi osti tishidan chiqqandan so`ng quyidagi tarmoqlar chiqadi. 
 
Pastki qovoq tarmoqlar (rami palpebrales infiniores) – pastki qovoq terisini innervasiya qiladi. 
Tashqi burun tarmoqlari (rami nasals externi) 
Ichki burun tarmoqlari  (rami nasals interni) – burun daxlizi shilliq qavatini innervasiyalaydi. 
YUkorigi  lab  tarmoqlari  (rami  labials  supperiores)  –  YUkorigi  labning  terisi  va  shilliq  qavatining  ogiz 
burchagigacha bolgan qismini innervasiya qiladi. 
 
Oxirgi 4 gurux tarmoqlar   yuz nervi tarmoqlari bilan anastamozlar hosil qiladi. 
Qanotsimon  tanglay  chuqurchasidaYUkorigi  jag  nervidan  yonoq  nervi    (n.  zygomaticus),  u  ko`z 
kosasiga, pastki ko`z kosasi yorigiga kirib, u yerda 2 tatarmoqqa – yonoq –   yuz (ramus zygomaticofacialis)  va 
yonoq-chakka  (ramus  zygaticoorbitales)    tarmoqlariga  bolinadi.  Bu  tarmoqlar  yonoq  suyagiga    foramen 
zygomaticoorbitale, orqali kirib, sungraxuddi shu nomdagi teshikdan  chiqib, yonoq suyagi terisi, 
lunj yukori qismi bo`limi, ko`z tirkishi tashqi burchagi, chakka soxaga oldingi bo`limi va peshona sohasi orqa 
bo`limi teriga tarkatiladi. YOnoq nervi   yuz va ko`z yosh nervi bilan anastamozlar hosil qiladi. 
qanotsimon  –  tanglay  chuqurchasi  sohasidaYUkori  jag  nervining  pastki      yuzasidan  qanotsimon  –  tanglay 
nervlari  (nn  ptergopulatini)  chikadi.  Ular  qanotsimon  tuguniga  boradi  va  uning  sezuvchi  tarmoqlaridan 
boshlanuvchi nervi beradi. 
Tolaning  asosiy  qismi  tugunning  tashki  tarafdan  o`tadi,  tola  bormasdan  o`tadi.  qanot  tanglay  tuguni 
(gangl. Pterigopalatinum) – vegetativ nerv hosilasi (2 rasm). 
Parasimpatik  tolalarni  u  katta  toshsimon  nerv  (n.  petrosus  major)  sifatida  yuz  nervining  tizzasimon 
tuguni  (gangl.  geniculi)  dan  oladi.  Simpatik  tolalar  esa  chuqur  toshsimon  nerv  (petrosus  profundus)  sifatida 
ichki  uyqu  arteriyasining  simpatik  chigalidan  oladi.  qanotsimon  kanalga  kirib  katta  va  chuqur  toshsimon  nerv 
qoshiladi  va  qatonsimon  kanal  ichida  shu  nomli  nervni  hosil  qiladi.  Tugundagi  sekretor  (simpatik  va 
parasimpatik) va sezuvchi nervlar chiqadi: ko`z (rami nasales  pasteriores superiores rami nasales  pasteriores 
inferiores) tanglay nervi  (n.n. palatini). Ko`z tarmoqlar – orqa kovaksimon labirint va ponasimon bushlik shilliq 
qavatiga  tarmoqlanadi.  Orqa  yukori  burun  tolalari  (rami  nasales    pasteriores  superiores)  burun  bo`shlig‘iga 
qanot – tanglay chuquridan foramen Sphenopalatinum orqali kiradi va 2 guruxga bolinadi. Lateral va medial. 
Lateral  tolalar  (rami  laterales)  yukori  vao`rta  butun  yo`llarini  va  bugunning  umumiy  yo`li  shilliq 
qavatiga  govasimon  bushlikning  orqa  katakchalariga,  burun  xoanasining  yukori      yuzasi  va  eshituv  noyining 
yutkin  teshigiga  tolalar  beradi.  Medial  tolalar  (rami  mediles)    burun  tusigining  yukori  bo`limi  shilliq  qavatigi 
tolalar    beradi.  Undan  bir  kancha  tolalar  burun  tanglay  nervi  (n/  nasopalatinus)  burun  iusigining  suyak  usti 
pardasi  va  shilliq  qavati  orasidan  vaoldinga  kurak  tishlar  kanaliga  boradi  va  shu  nomli  nervning  boshka 
qismilari bilan anastamoz hosil qiladi va kurak tishlar  teshigi orqali qattiq tanglayga chikadi. 
Kurak  tishlar  teshigidan  uta  turib  ba‘zan  unga  kirgunicha  yukori  tishlar  chigalini  oldingi  qismi  bilan 
anastamoz hosil qiladi. 


Pastki orqa yon  burun tarmoqlari (rami nasalis pasteriopes inferiors laterals )   canalis palatinus major 
kiradi  va  undan  mayda  teshik  orqali  chikadi.  Ular  burun  bushliligiga  kiradi,  pastki  butun  bo`shlig‘i  shilliq 
qavatini  vao`rta  brun  yo`llari  shilliq  qavatini  va  yukori  jag  bo`shlig‘i  shilliq  qavatini  innervasiya  qiladi. 
Harakatlantiruvchi  tolalar  (facialis)  dan      n.  petrasus  major  orqali  boradi.  Tanglay  nervi  (n.n.palatini)  qanot 
tanglay  tugunida  canalis  palatinus  major  orqali chiqib  3  gruppa  nervlarini  hosil  qiladi. Katta tanglay  nervi  (n. 
petrosus major) eng katta tarmoqlar, qattiq tanglay foramen palatinus major  orqali chiqadi va qattiq tanglayning 
orqa  va  o`rta  qismi  shilliq  qavatini  to  qoziq  tisharigacha,  kichik  sulak  bezlarini  milk  shilliq  qavatini  tanglay 
tarafdan  va  qisman  yumshoq  tanglay  shilliq  qavatini  innervasiya  qiladi.  Kichik  tanglay  nervlari  (n.n.palatini 
minores)  kichik  tanglay  tishidan  chikadi.yumshoq  tangoay  shilliq  qavatini  va  bodomcha  bezlarini  innervasiya 
qiladi.  Bundan  tashkari  ular  umshok  tanglay  kutaruvchi  muskul  tilcha  muskuli  (m.  Levator  veli  palatini  m. 
uvulae) ni innervasiya qiladi. Uch shoxli nervning uchinchi shoxi pastki jag nervi (n. mandibularis) aralash nerv 
(1-rasm)  sezuvchi  va  harakatlantiruvchi  tolalardan  iborat.  Kallaasosidan  avvalsimon  teshik  orqali  chikadi  va 
chakkaosti chuqurrida ichki qanotsimon nerv va quloq, chakka nervi  – quloq tuguni (gangl oticum), til nervi –
pastki  jag  (gangl  submandibulare)  tuguni  bilan  kushiluvchi  kator  tarmoqlarni  beradi.  Til  osti  nerv  (n. 
sublingualis) bilan til osti tuguni (gangl sublingualis) qoshiladi. 
 
Bu  tugunlar  sulak  bezi  va  tam  surgichlarga    postganglionlar  parasimpatik  tolalar  beradi.  Pastki  jagnin 
nervining ko`p qismi sezuvchi nervlar tashkil etadi. Uch shoxli nervning 3 – shoxdan harakatlantiruvchi tarmoq 
pastki jagni kutaruvchi muskul (chaynov muskul) ga boradi. 
CHaynov nervi (n. massetericus) – harakatlantiruvchi nerv. 
Ko`pchilik  xollarda  u  chaynov  muskulning  boshka  nervlari  bilan  boshlanadi.  Asosiy  stvoldan  lateral 
qanotsimon  muskul  YUkori  boshining  ostki  qismidan  tashkarigi  chiqib,  keyin  tashki      yuzasi  buylab  ketadi. 
Pastki jag uyigi orqali chaynov muskuliga keradi va uning oldingi burgagiga yunaladi. Asosiy stvoldan muskul 
tutamiga tolalar beradi. CHaynov nervi muskuliga kirishdan oldin chakka pastki jag bugimiga ingichka sezuvchi 
tola beradi. 
Oldingi chuqur chakka nervi (n.temporalis profundus anterior) lunj nervi bilan ajralib lateral qanotsimon 
muskulning  yukori  kirasidan  utadi.  CHakka  osti  kirrasidan  utib  chakka  suyaknig  tashki      yuzasiga  utadi. 
CHaynov  muskulning  oldingi  sohasida  tarmoqlanadi.  Uning  ichki  qismida  kiradi.  O`rta  chuqur  chakka  nervi 
(ntemporalis profundusmed) – doimiy bulmagan oldingi chuqur chakka nevrining orqa sohasidan ajrilib chakka 
musuklining ichki   yuzasining pastki chakka kirasi orqali va muskulning o`rta qismiga tarkaladi. 
Orqa  chuqur  chakka  nervi  (n.temporalis  protundus)    o`rtaoldingi  chuqur  chakka  nervining  orqasidan 
chikadi. 
Pastki  chakkaosti  kirasi  buylab  tashki  qanotsimon  muskul  ostidan  chakka  muskulning  orqa  ichki 
qismiga  kiradi  va  innervasiya  qiladi.    Hamma  chuqur  chakka  nervlari  pastki  jag  nervining  tashqi      yuzasidan 
chikadi. 
Lateral  qanotsimon  nerv  (n.pteridoideus  lateralis)  odatda  u  lunj  bilan  birga  chikadi.  Bazan  pastki 
nervining tashki   YUzasidan yaloxida bulib chikadi va lateral katonsimon muskulni yukori va ichki   yuzasiga 
kiradi. 
Medial  qanotsimon  nerv(n.  Pterygoideus  medialis)  harakatlan-tiruvchi  nerv.  Pastki  nervning  ichki   
yuzasidan boshlanadi vaoldingi pastga yo`nalib medial qanotsimon muskulning ichki   yuzasiga boradi. Uning 
yukori  kirasi  yonidan  kiradi.  Medial  qanotsimon  nervning  (n.  Pterygoideus  medialis)  muskuliga  yumshlk 
tanglayni tortuvchi (m. Tensorisvelli polat) muskulga, nogora pardasini taranlovchi muskulga boradi. 
Jag til osti nerv (n. mylohyoideus) pastki alveolar nervdan chikadi (for. mandibula) kirishdan oldin jag 
nervdan  kuyidagi  sezuvchi  nervlar  chikadi.  I.  Lunj  nervi  (n.  bussalis)  dan  chiqib  lunjga  tarmoq  beradi.  (m. 
pterygoid lat). Lateral qanotsimon  muskulning 2 ta boshidan utib chakka muskulining ichki   yuzasida boradi. 
Sung  tojsimon  usigining  oldingi  kirrasidan  utib  lunj  muskulining  tashki      yuzasidan  to  ogiz  burchagigacha 
tarkaladi.  Teridan  lunj  shilik  qavatigaogiz  burchagining  terisiga  tarmoqlanadi.  Pastki  jagning  milk  shilliq 
qavatiga tarmoq beradi (2 – premolyar tishdan to 2 – molyar tishgacha). 
YUz nervi va quloq tuguni bilan anastamozi bor. Lunj nervi 2 xil tarmoqlanadi. 
Tarkok  Magiqral 
Burun  qanot  qismdan  pastki  labning  o`rta  qismini  innervasiya  qiladi.    Iyak  osti  va  ko`z  osti  nervi 
innervasiyalangan zonaga lunj nervi tarkaladi. Bu nerv hammavaqtalveolyar o`siqni shilliq qavatini innervasiya 
kilmaydi.  (vestibulyar  tomondan)  lunj  nervi  til  pastki  alveolyar  osik  bilan  pastki  jag  valik  (plica  alveola 
mandibula) sohasida o`tadi. Torusal anesteziya kilganda hamma vaqt xam lunj nerviga tasir qilmaydi. 
Quloq  chakka  nervi  (n.  auriculotemporalis)  sezuvchi  va  parasimpatik  sekretor  tolalari  bor.  Avval 
teshigidan ajralib, orqa va ichki tashki lateral qanotsimon muskuldan utib keyinchalik oldinga kayrilib pastki jag 


orqa  buyin  orqali  bogim  o`siqchasiga  boradi.  YUkori  qismiga  borib  quloq  oldi  solak  bezidan  otib  chakka 
sohasining terisigi kelib oxirgi shoxlarigacha tarqaladi. 
Til  nervi  (n.  lingualis)  -avval  teshigi  yonidan  pastki  alveolyar  nervdan  boshlanadi.  qanotsimon 
mushaklar  orqasidan    oldingi  qismida  joylashadi.  Oldingi  kirrasining  medial  qanotsimon  muskul  til  nerviga 
nogoraparda (chorda tympani) qoshiladi. Uning tarkibiga (til osti, jag osti tugun)  kiradi. 
Pastki  alveolyar  nerv  (n.  alveolaris  inferior)  aralashdir.  Bu  pastki  jag  nervining  bir  kancha  tolalari. 
Uning  stvoli  tashki  qanotsimon  muskulning  ichki      yuzasida  til  nervining  orqa  tashki  tarafida  joylashan.  U 
tashkaridan tashki qanotsimon  va ichki qanotsimon muskuldan hosil bulgan oralik klechatka kiradi. Pastki jag 
teshigi (foramen mandibulae) orqali pastki jag kanali (canalis mandibulae)ga kiradi. Kanal ichida alveolyar nerv 
uzaro anastamoz hosil kiluvchi tolalarni beradi va pastki tishlar chigali (plexus dentalis inferior) ni hosil qiladi 
yoki  ayrim  xollarda  pastki  tish  va  milk  tarmoqlarini  beradi.  Pastki  tishlar  chigali  asosiy  stvoldan  ozgina 
yukorida  joylashgan.  Undan  rami  dentalis  et  gingivales  inferiors  tishlariga  vestibulyar  o`siq  shilliq  qavat  va 
milklarga boradi. 
Mayda ozik tishlar sohasida pastki alveolyar nervlardan bir kancha tolalar bulib iyak nervi (n. mentales) 
chikadi, kaysiki, iyak teshigidan chiqib pastki jag terisi va shilliq qavatini, iyak terisini innervasiya qiladi. Pastki 
alveolyar  nervining  bir  qismi  kurak  va  qoziq  tishlar  sohasida  qalin  suyakda  joylashib  iyak  nervini  bergandan 
so`ng  pastki  alveolyar  kurak  tolalari  (ramis  incisuvus  nervi  aiveolaris  inferiors)  deb  ataladi.  Kurak  va  qoziq 
tishlar  va  shu  tishlar  sohasidagi  alveolyar  o`siq  va  milkni  vestibulyar  tarafdan  innervasiya  qiladi.  Pastki 
alveolyar  nerv  pastki jag  kanaliga  kirishdan  oldin,  harakatlanuvchi tola jag-til  osti  (n.  mylochyoideus)  nervini 
beradi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin