Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


-MODUL. PULNING PAYDO BO`LISHI, ZARURLIGI



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

1-MODUL. PULNING PAYDO BO`LISHI, ZARURLIGI 
VA FUNKTSIYALAR 
 
1.
 
Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish 
sabablari.
2.
 
Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. Pulning 
mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari.
3.
 
Pulning funksiyalari. Qiymat shakllarining evolyutsiyasi. 
Qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli.
4.
 
Kredit pullari va ularning turlari 
 
1.1. Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish 
sabablari 
 
Fanning maqsadi – talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul 
nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar 
va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil 
qilish bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat. 
Fanning vazifasi - pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning 
mohiyati va pul muomalasi qonunlari, pul aylanmasi va pul tizimi, 
kreditning mohiyati va printsiplari, kreditning shakllari va turlari, 
bank tizimining mohiyati, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil 
qilish va tartibga solish asoslari xususidagi nazariy va amaliy 
bilimlarni o`rgatishdan iborat. 
Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli 
vaqt, miqdor va sifatda ma`lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish 
va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda. 
Fanning predmeti, pulning paydo bo`lish sabablari, pul shakllari 
va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo`lish 
shakllari, 
funktsiyalari, 
Qiymat 
shakllarining 
evolyutsiyasi, 
Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib 
turuvchi o`ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning 
turlarini chuqurroq o`rgatadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin