Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
Nazorat uchun savollar 
 
1. 
Pul 
aylanmasi” 
tushunchasining 
mazmuni 
va 
pul 
aylanmasining tarkibiy tuzilishini yoritib bering?.
2. Naqd pul aylanmasi, uni tashkil qilish printsiplari va naqd 
pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olish tartibini yoritib 
bering?.


66 
3. Naqdsiz pul aylanmasi, uni tashkil qilish printsiplari, hamda 
naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va uning elementlarini tushuntirib 
bering?.
4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllarini va ularga tavsif bering?
5.“Umumiy to`lov aylanmasi” tushunchasi va uning tarkibi 
hamda to`lov aylanmasining tarkibini yoritib bering?
 
 
 
 
4- MODUL. PUL MUOMALASINI TASHKIL QILISH 
VA PUL MASSASI 
1.
 
Pul muomalasini tashkil qilish asoslari.
2.
 
Pul muomalasi qonunlari va ulardan kelib chiqadigan 
talablar. Pul massasi va uni tavsiflovchi ko`rsatkichlar. 
3.
 
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash 
uslublari. I.Fisherning “almashuv tenglamasi”.
4.1. Pul muomalasini tashkil qilish asoslari. 
Pul muomlasini tashkil etishni amalga oshiruvchi, tartibga 
soluvchi va nazorat qiluvchi yagona organ, davlatning zaxira va 
emission muassasasi - O`zbekistan Respublikasi Markaziy banki 
tashkil etildi, xalqaro standartlar talablariga to`liq javob beradigan 
O`zbekistan Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda «O`zbekistan 
Respublikasining Markaziy banki to`g’risida»gi Qonuni qabul qilindi. 
Shundan 
so`ng, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
1994 
yil 
18 
martdagi 
«Bank 
tizimini 
takomillashtirish, pul- kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-
tadbirlari to`g’risida»gi 146-sonli Qarorining ijrosini ta`minlash 
maqsadida, 
Markaziy 
bankning 
oltin-valyuta 
zaxiralarini 
shakllantirish 
va 
undan 
foydalanish 
bilan 
bog’liq bo`lgan 
operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi. 
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1994 yilning 16 
iyundagi «O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga 
kiritish to`g’risida»gi Farmoni asosida 1994 yil 1 iyulidan boshlab o`z 
milliy valyutamiz «so`m» muomalaga kiritilishi O`zbekiston iqtisodiy 


67 
rivojlanishida sifat jihatdan yangi davr - mustaqil pul-kredit siyosati 
yuritilish, xususan, pul maomlasini tashkil etish va muvofiqlashtirish
davrining boshlanishi edi. 
Shuningdek, pul muomlasini samarali tashkil etish va 
muvofiqlashtirishda hozirgi kun amaliyotida O`zbekiston Respublikasi 
birinchi Prezidenti va hukumat rahbarlarini diqqat e`tiborida bo`lgan. 
Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1992 yil 
24 iyuldagi №346 sonli “Respublikada kassa muomalalarini tartibga 
solishning kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlari to`g’risida”gi 
qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2002 yil 5 
avgustdagi №280 sonli “Pul mablag’larining bankdan tashqari 
muomalasini yanada qisqartirish chora tadbirlari to`g’risida”gi qarori 
shular jumlasidandir. 
Shuning bilan birga, tovarlarni nakd pulsiz tartibda sotish ustidan 
monitoringni tashkil etishda savdo tarmoqlari orqali tovarlarni sotish, 
pul birligini xarid quvvatini oshirish maqsadida O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-
son qarori bilan tasdiqlangan ulgurji va chakana savdo faoliyatini 
amalga oshirish tartibi to`g’risidagi nizom bilan tartibga solina 
boshlandi. Chakana savdo tashkilotlari tomonidan tovarlarni naqd 
pulsiz xisob-kitoblar bo`yicha sotish o`tgan oydagi oylik tovar 
aylanmasi umumiy xajmining 10 foizi doirasida amalga oshirila 
boshlash mexanizmi joriy eildi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 
2005 yil 15 apreldagi №57 sonli “Naqd pul muomalasini 
takomillashtirish va bankdan tashqari aylamani qisqartirish borasidagi 
qo`shimcha chora tadbirlar to`g’risida”gi qarori talablaridan 
ko`rishimiz mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi 
«Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari 
to`g’risida»gi 56-sonli qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan 
«2005-2007 yillarda bank tizimiin isloh qilish va rivojlantirish 
Dasturi»da asosan pul muomlasini tashkil etish va muvofiqlashtirishni 
muhim xuquqiy asoslarini yaratishda o`z aksini topdi. Shuning bilan 
birga, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 
2005 yil 5 avgustdagi №147 sonli “Banklardagi depozit hisob 
varaqlardan naqd pul to`lovlarini uzluksiz ta`minlash kafolatlari 
to`g’risida”gi qarorlar chiqarildi.


68 
Yuqoridagi O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. 
Karimovning №147 sonli qaroriga asosan O`zbeiston Respublikasi 
Markaziy banki zimmasiga kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar 
ishlab chiqish vazifasi yuklatildi va 2005 yil 29 avgustda O`zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining №18/1 sonli va adliya Vazirligini 
№1518 son “O`zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul 
muomlasiga doir ishlarni tashkil etish to`g’risida”gi Nizom ishlab 
chiqildi. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006 
yil 14 iyuldagi 16/7 sonli “Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga 
limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi
to`g’risida”gi Nizomi va 2008 yil 10 martdagi №300-V sonli “Naqd 
pul tushumi kelib tushishini xranometrajini o`tkazish tartibi 
to`g’risida”gi Nizomlar ishlab chiqildi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozni yuzaga kelishi, mustaqil 
mamlakatlarda pul birliklarini moliyaviy barqarorligini mustahkamash 
uchun davlatlar zimmasiga qo`shimcha chora-tadbirlar ishlab 
chiqishni majbur qildi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi birinchi 
Prezidenti I. A. Karimov 2008 yil 27 martda №822 sonli “Naqd pul 
mablag’larini jalb qilish va unga bo`lgan extiyojni ta`minlash 
borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlari to`g’risida”gi qarorini ishlab 
chiqdi. 
Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qaroriga asosan 
“O`zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to`g’risidagi” 
Nizomlar ishlab chiqilib, mamlakatimizda naqd pulsiz hisob kitob 
tizimini takomillashtirish mexanizmlari ishlab chiqildi.
1994 yil 1 yanvardan boshlab Hukumatimizning 1993 yil 30 
dekabrdagi «Naqd pul muomalasini mustahkamlash chora-tadbirlari 
to`g’risida» 613-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining «Pul muomalasini mustahkamlash va so`m-
kuponning xarid quvvatini oshirish bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan 
chora-tadbirlar to`g’risida»gi qaroriga muvofiq chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2001 yil 22 
iyundagi №264 sonli “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va 
tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo`shimcha chora-
tadbirlar to`g’risdi”gi qaroriga asosan Markaziy bank pul muomlasini 


69 
tashkil etish va samarali mexanizmlarini keng joriy etish orqali bu 
jarayonni muvofiqlashtirib borish mustahkamlandi. Chunki tijorat 
banklari zimmasiga nizom talablarini bajarmagan tijorat banklari
mas’ul shaxslarga nisbatan ma`muriy javobgarlik xattoki ishdan ozod 
etishgacha javobgarlik belgilandi.
Pul muomalasi barqarorligini ta`minlash va ijtimoiy ahamiyatga 
ega bo`lgan to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishni samarali tashkil 
etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 iyuldagi 
«Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar 
to`g’risida» 356-sonli Qaroriga ko`ra Markaziy bank va tijorat 
banklari tomonidan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, 
mulkchilik shakllaridan qat`i nazar, naqd pullarni ish haqi va unga 
tenglashtirilgan to`lovlar, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni 
to`lashga, shuningdek, xizmat safari xarajatlari uchungina berilishi 
belgilandi hamda 1994 yilning 1 avgustidan mehnatga haq to`lash 
uchun ajratiladigan mablag’lar davlat yo`li bilan tartibga solinishi 
joriy etildi. 
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan dastlabki oylardan boshlab 
respublikada naqd pul emissiyasini qisqartirish va uning muomalada 
bo`lishini tezlashtirish asosida pul muomalasini mustahkamlashga 
alohida e`tibor qaratildi. Shu maqsadda qabul qilingan Vazirlar 
Mahkamasining «Naqd pul muomalasini tezlashtirish chora-tadbirlar 
to`g’risida» 1994 yil 28 oktyabrdagi 526-sonli Qarorida ushbu 
vazifalarga oid dasturiy chora-tadbirlar belgilanib amalga oshirildi. 
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Naqd pul mablag’lari 
emissiyasini qisqartirish chora-tadbirlari to`g’risida» 1996 yil 2 
iyuldagi 230-sonli Qarori respublikada naqd pul emissiyasi darajasini 
pasaytirish, respublika mintaqalarida pul muomalasini yaxshilash 
uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish 
maqsadida qabul qilindi. Ushbu qaror bilan «Respublika mintaqalarida 
pul mablag’lari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa 
rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning 
javobgarligini oshirish va ularni rag’batlantirish tartibi to`g’risida 
Nizom» tasdiqlandi.
2004 yil 24 sentyabrda 445-son bilan qabul qilingan O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Plastik kartochkalar asosida 
hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to`g’risida”gi qarori doirasida yagona umumrespublika prosessing 


70 
markazi tashkil etildi. U savdo tashkiloti yoki xizmatlar sohasiga 
yoxud plastik kartochka egasiga qaysi bank orqali xizmat 
ko`rsatilayotganidan qat`iy nazar, bank operatsiyalarini barcha savdo 
shoxobchalarida yagona rejimda olib borish imkonini beradi. Ayni 
paytda, Yagona umumrespublika prosessing markazi so`m plastik 
kartochkalarini muomalaga chiqaruvchi 25 ta tijorat bankni 
birlashtiradi. Markazda “UZKART” so`m plastik kartochkalari 
bo`yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar banklararo to`lov tizimi tashkil 
etilgan. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin