208
Tovar (mol) garovi ostidagi lombard krediti
. Lombard krediti
uchun garov ko`rinishida faqatgina nisbatan baholi tovarlar, qaysiki
ularning savdosi birjada yuritilishi, tovar partiyasini miqdori va
sifatini belgilash bilan bir vaqtda bahosini ham aniqlash imkonini
berishi shartidir.
Qimmatbaho metall garovi ostidagi kredit
. Bu lombard
kreditining eski usullaridan bo`lib, hozirda u juda kam ishlatiladi.
Garovni baholashdagi qiymati bu asosan oltin tangalar, slitkalar,
kumush, platina va boshqalar qariyb 95% foiz qimmatbaho metall
narxiga mos keladi.
Lombard krediti
-
kreditlashning bu usuli asosan likvid mol
mulk hisoblangan tillo taqinchoqlar garov asosida kredit berishga
asoslanadi. Bu kredit kredit muassasi uchun deyarli risk darajasi past
xisoblanadi. CHunki tillo buyumlar eskitdan yuqorilikvidli tovar
sifatida tarixga ega. Biz kreditlashning bu usuli orqali pul
mablag’lariga muxtoj bo`lgan ishlab chiqarish va savdo majmualarini
moliyaviy qo`llab quvvatlnib boriladi.
SHu tarzda Markaziy banklar bozorlarning o`rtacha foiz
stavkalarini belgilaydi.Bu mazkur sharoitda barcha bozorlar xususan
kredit va kapital bozorlari uchun bazaviy foiz stavkalari qabo`l
qilinadi.
Bank kredit siyosati bank resurslari, ularning joylashtirilish
bilan chambarchas bog’liq. Bank resurslarining asosiy qismini jalb
qilingan mablag’lar, jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning
depozitlaridan tashkil topadi. SHuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan
resurslar ichida banklararo kredit xam alohida o`rin egallaydi.
Depozitlar bo`yicha belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa
bankdan olingan kredit uchun foiz stavkalari bank tomonidan
beriladigan kreditning foiz stavkalari bilan bog’liq bo`ladi. Kredit
siyosatining aniq va mukammal tayyorlanish va izohlanish xar bir
bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy tashkil etish uchun asos
bo`ladi. Bank tomonidan to`plangan resurslarni to`g’ri va oqilona
joylashtirish bankning kredit siyosatining sifatiga bog’liq bo`ladi.
Kredit siyosati sifatiga va xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini
to`g’ri joylashtirish va oldindan ko`zlangan daromad olish imkoniyati
yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: