Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
 
21.2. Mintaqaviy rivojlanish banklari.
Bankning resurslari shakllanishining manbasi bo`lib, Amerika 
bozorlarida obligatsiya qarzlarini chiqarish va ularni sotishdan olingan 
mablag’lar hisoblanadi. XTTB kreditlarni, odatda 20 yil muddatga 
a`zo mamlakatda ishlab chiqarish ob`ektlarini kengaytirish uchun 
xukumat kafolati ostida beradi. SHuningdek XTTB boshqa 
banklarning uzoq muddatli kreditlari bo`yicha kafolat ham beradi. U 
ham XVF singari, qarzdor mamlakatning moliyaviy holati
kreditlanuvchi ob`ektlar va ushbu ob`ekt bo`yicha bank missiyasi 
tomonidan o`rganilgan axborotlarni talab qiladi.
 
XTTB quyidagi dasturlar doirasida faoliyat yuritadi:
 
- iqtisodiy boshqaruv va kambag’allik bilan kurashish;
 
- ekologiya va ijtimoiy rivojlanish;
 
1
www.mfino.ru маълумотлар асосида муаллиф томонидан келтирилган.


346 
- infratuzilma, xususiy sektor va moliya;
 
- inson salohiyatini rivojlantirish.
 
Keyingi yillarda XTTB rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi 
qarzlarini tartibga solish bilan shug’ullanmoqda: kredilarining 1/3 
qismini qo`shma moliyalashtirish deb ataladigan shaklda beradi. Bank 
to`lov 
balansi 
holatini 
yaxshilashga 
shuningdek
iqtisodiyot 
tuzilmalarini tartibga solishga strukturali kreditlarni ajratadi.
 
Hozirgi paytda XTTB faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`lib 
quyidagilar hisoblanadi:
 

turli xildagi investitsiya loyihalarini uzoq va o`rta muddatli 
kreditlash;
 

loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy va texnik asoslarini 
tayyorlash;
 

rivojlanayotgan mamlakatlarda tuzilmaviy qayta qurish 
dasturlarini moliyalashtirish.
 
XTTBning asosiy mablag’lari hozirgi kunda o`rta va uzoq 
muddatli qarz majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya 
bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan shakllanadi. XTTB qimmatli 
qog’ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo`lib, dunyoning 100 
dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz 
oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya`ni xalqaro 
darajada to`lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi.
 
XTTBning eng yirik qarzdorlari bo`lib, Indoneziya, Braziliya, 
Ruminiya, Meksika, Xitoy, Turkiya, Qozog’iston, Pol’sha, Fillipin 
hamda Morokko mamlakatlari hisoblanadi.
Keyingi yillarda XTTB jahon moliya bozorida yirik qarzdor 
rolida chiqmoqda. Bank tomonidan chiqarilayotgan obligatsiya 
qarzlari summasi davlatlararo investitsiya banklari o`rtasida eng katta 
solishtirma og’irlikka egadir. 
 
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) – Jahon banki guruhiga 
kiruvchi xalqaro tashkilot bo`lib, u 1960 yilda tashkil etilgan. XRA 
Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq, uning maqsadi 
iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantirish, samaradorlikni oshirish va 
shuning asosida, sust rivojlangan a`zo mamlakatlarda aholi turmush 
tarzini oshirish, shuningdek, ana`naviy kreditlarga nisbatan og’ir 
bo`lmagan 
qulay 
shartlarda 
moliyaviy 
ko`mak 
berish 
hisoblanadi.Mazkur qarzdorlar ichida eng yiriklari Indoneziya va 
Braziliya hisoblanadi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin