120
2018 yilda inflyatsion jarayonlarning shakllanishiga ta`sir
ko`rsatgan makroiqtisodiy sharoitlar o`tgan yillardagi sharoitlardan
keskin farqlandi.
Oldingi yillarda byudjetning ob`yektiv ahamiyatdagi xarajatlari
(faqat profitsit bilan ijro etish maqsadida) qisqartirilishi yoki zarur
darajada shakllantirilmasligi hal etilishi lozim bo`lgan
ijtimoiy-
iqtisodiy muammolar to`planib qolinishiga va bugungi kunda ularning
kechiktirmasdan echilishi zaruriyatini tug’dirmoqda.
2018 yilda byudjet defitsiti YAIMga nisbatan 1,2 foizni tashkil
etishi kutilmoqda va bu, o`z navbatida, ko`zda tutilgan barcha
xarajatlarning to`liq hajmda amalga oshirilishini anglatadi.
Bunday
sharoitda byudjet siyosati iqtisodiyotda yalpi talabni oshirish orqali
inflyatsiyaga bosimni vujudga keltiradi.
6.8.Rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari
asosida Markaziy bank hisob-kitoblari.
Mazkur yilda ichki bozorda, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari
bozorida raqobat muhitining birmuncha yaxshilanganligi ko`zga
tashlandi va bu ma`lum bir mahsulotlarning mavsumiy etishmasligi
natijasida yuzaga keladigan narxlar oshishining import hisobiga oldini
olish imkonini berdi. Bunda almashuv kursining nisbatan barqarorligi
hamda ba`zi yuqori talabga ega tovarlar
uchun import bojlarining
bekor qilinishi va respublikaning chegara oldi hududlarida savdo
faoliyati erkinlashtirilganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan,
121
2018 yilda shakar, kartoshka, o`simlik yog’i, shaxsiy gigiena va
tozalash vositalari hamda maishiy texnika kabi tovarlar narxlari o`tgan
yillarga nisbatan barqaror bo`lganligini keltirish mumkin.
SHuningdek, 2018 yilda yuqori investitsion
talab yoki qurilish
ishlari hajmi ortishi natijasida qurilish mollari narxlari keskin oshishi
kuzatildi. 2018 yilning sentyabr’ oyida qurilish mollari narxi yillik
hisobda 25,8 foizga oshgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2017 yilning shu
davrida 8,3 foizni tashkil etgan.
Bundan
tashqari,
2018
yilda
inflyatsiya
darajasining
shakllanishida yangi sharoit sifatida davlat tomonidan ma`muriy
tartibga solinadigan tovar va xizmatlar narxlarini erkinlashtirish
siyosatining boshlanishi inflyatsiyaning joriy holati va o`rta muddatli
istiqboldagi kutilmalarga tegishli ta`sirini ko`rsatdi.
Narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida ma`muriy
tarzda tartibga solinadigan tovar va xizmatlar
narxlarini ularning
ishlab chiqarish tannarxidan past bo`lmagan darajada oshirilishi talab
etiladi.
Bunda
narxlar
erkinlashtirilishi
va
raqobat
muhiti
shakllantirilishi natijasida inflyatsion bosim vaqt o`tishi bilan kamayib
boradi. Misol tariqasida 2018 yil sentyabrida amalga oshirilgan
birinchi navli bug’doy uni va undan tayyorlanadigan qolipli non
(buxanka) narxlari oshirilishini keltirish mumkin.
Markaziy bank pul-kredit siyosati bo`yicha qarorlar qabul qilishda
va o`z maqsadlarini belgilashda iste`mol narxlari indeksi bo`yicha
hisoblangan inflyatsiya darajasini tahlil va prognoz qilib boradi.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyani o`rganishda iste`mol narxlari
indeksidan tashqari yalpi ichki mahsulot (YAIM) deflyatoridan ham
keng foydalaniladi.
YAIM deflyatori
hisoblash metodologiyasi, qamrovi va
shakllanish sabablari bo`yicha iste`mol narxlari indeksidan farq qilsa-
da, iqtisodiyot tarmoqlaridagi umumiy narxlar o`zgarishini o`zida aks
ettirganligi va kelgusida mazkur omillarning iste`mol narxlari indeksi
bo`yicha hisoblanadigan inflyatsiya darajasiga ta`siri yuqoriligini
inobatga olib, Markaziy bank YAIM deflyatorini ham muntazam tahlil
qilib boradi.
2018 yilda YAIM deflyatori dinamikasida sezilarli o`sish
kuzatildi. Xususan, 2017 yilning yakuni bo`yicha YAIM deflyatori
inflyatsiya darajasiga yaqin bo`lgan bo`lsa, 2018 yilning 9 oyi yakuni
bo`yicha inflyatsiyadan 2 barobarga yuqori bo`ldi.
122
Mazkur davrda valyuta almashuv kursi deval’vatsiyasi hisobiga
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi sub`ektlarda
mahsulot
va xizmatlar nominal hajmining oshishi YAIM deflyatorining keskin
o`sishiga sabab bo`ldi. Jumladan, oldingi chorakka nisbatan tog’-kon
sanoati,
qurilish,
transport
va
aloqa
sektorlarining
YAIM
deflyatoridagi hissasi 3 barobarga ortdi (2-rasm).
6.9-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida
Markaziy bank hisob-kitoblari.
2018 yilning 3-choragiga kelib YAIM deflyatori 31,6 foizga teng
bo`ldi. Uning pasayishiga asosan deval’vatsiya effektining kamayib
borishi va almashuv kursining barqarorligi ta`sir ko`rsatdi.
Deflyatorning YAIMning xarajatlar tarkibi bo`yicha tahlili 2018
yildagi o`sish asosan yalpi qo`yilmalar deflyatori keskin oshishi
evaziga
shakllanganligini
ko`rsatmoqda,
bu,
o`z
navbatida,
iqtisodiyotga xorijiy valyutadagi investitsiyalar
hajmining ortishi va
milliy valyuta almashuv kursining deval’vatsiyasi bilan izohlanadi (2-
rasm). Tahlillarga ko`ra, deval’vatsiyaning deflyatorga ta`siri 2019 yil
birinchi choragiga qadar kuzatilishi kutilmoqda.
YAkuniy xarajatlar deflyatorlarida ham sezilarli o`zgarishlar
kuzatildi. Jumladan, 2018 yil boshidan davlat tashkilotlari xarajatlari
deflyatori tez sur`atda ortib borib, sentyabr’ oxiriga 38 foizgacha
ko`tarilishi
kuzatildi.
Bunga
byudjet
tashkilotlari
oyliklari