14
Buxoro davlat universitetida bakalavr ta’lim dasturlari 3 yil yoki 4 yil, magistratura dasturlari 2
yilni tashkil etadi. Buxoro davlart universiteti 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab kredit-modul tizimida
oʻqishni tashkil qilib kelmoqda. Oʻquv jarayonida turli xil xato va kamchiliklarni oldini olish
maqsadida talabalardan kredit-modul tizimi toʻgʻrisida bir qator ma’lumotlar bilan tanishib chiqishalari
shart.
Kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 25 — 30 akademik soatlik oʻquv yuklamasiga teng.
Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun ma’lum miqdordagi oʻquv
yuklamasini oʻzlashtirishi zarur. Oʻquv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 —
60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga
(malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) boʻlinadi.
Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir semestrda
30 kredit, bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan
oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan kreditlar hajmi oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov fanlarini
oʻz ichiga oladi. Talaba oʻzining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun
30 kredit hajmidagi fanlarni oʻzlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy oʻquv rejasidagi
majburiy fanlar boʻlishi shart.
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan
talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli
kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan,
shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻquv yili davomiyligi 36 haftagacha boʻlib, shundan 30 haftasi akademik davrga, 2 haftasi
fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtishga, 4 haftasi attestatsiyalarga ajratiladi.
Ta’lim oluvchini kursdan kursga oʻtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga
oshiriladi. BuxDUda talabalarni kursdan kursga oʻtkazishda GPA koʻrsatkichini 2.8 etib belgilangan.
GPA oʻtish ballini toʻplay olmagan talaba qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va
oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar oʻqishdan
chetlashtirilmaydi. Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor boʻlgan fanlarni oʻzlashtirib ularga
mos ravishda shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni
chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga oʻqishga qabul qilinganidan
soʻng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 4 yilgacha deb
belgilangan.
Dostları ilə paylaş: