Buxoro davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 183,44 Kb.
səhifə11/12
tarix27.12.2023
ölçüsü183,44 Kb.
#199619
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
klass

Новая таблица - Javob fayli Google Sheetsda yaratiladi. Существующая таблица Javoblar mavjud faylda saqlanadi. Создать yoki Выбрать bosiladi.
Eslatma: Javob fayli Google Sheets (ilovada va web-versiyada) va Google Driveda paydo bo'ladi.




    • Javoblar varaqasini chop etish




    • Barcha javoblarni o’chirish



XULOSA


Ushbu qo’llanma yordamida hozirgi sharoitda eng dolzarb masalalardan biri hisoblangan onlayn ta’lim olishni Google Classroom platformasi yordamida tashkillashtirishning eng muhim jihatlari ko’rsatib o’tildi. Qisqacha uslubiy qo’llanmada Google Classroom ilovasining barcha imkoniyatlarini to’liq yoritib berish juda mushkul. Shuning uchun, mazkur qo’llanmada uning eng asosiy funksiyalari, kurs yaratish, kursga ma’ruza materiallarini joylashtirish, mavzu yuzasida test hamda topshiriqlarni joylashtirish, shuningdek ularni qabul qilish va baholash kabi funksiyalariga urg’u berildi.
Google Classroom keng imkoniyatli platforma bo’lishiga qaramay, u bir qator kamchiliklardan xoli emas:

  • Google Classroomda talaba (o’quvchi)lar bilan vebinarlar tashkil qilish imkoniyati mavjud emas. O’qituvchi o’quvchilar bilan olnayn uchrashuvlar o’tkazishga imkon beradigan YouTube yoki Google Hangouts xususiyatlaridan foydalanishi mumkin;

  • Google Classroom xizmatining ochiq versiyasida elektron jurnal mavjud emas. Ushbu imkoniyat Google Classroomning korporativ foydalanuvchilari uchun mavjud;

  • Shaxsiy akkauntlari bo’lgan kurs mualliflari uchun cheklovlar mavjud: kursda qatnashuvchilaр soni 250 tadan oshmaslagi va bir kunda 100 tagacha ishtirokchi qo’shilishi mumkin.

Yuqorida e’tirof etilgan kamchiliklarga qaramay, Google Classroomning o’ziga xos afzalliklari ham mavjudki, bu onlayn platformadan o’rta ta’lim maktablarida, qolaversa, oliy ta’lim muassasalarida ham to’laqonli foydalanish mumkin.
Kelgusida mazkur qo’llanma doirasida Googlening boshqa xizmatlarini ta’lim jarayoniga qo’llash yuzasidan hamda Classroom funksiyalarini budan-da kengroq yoritib beruvchi o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlash rejalashtirildi.
Xulosa qilib aytganda, Google classroom juda keng imkoniyatli, foydalanish uchun murakkab bo’lmagan qulay ilova bo’lib, uni boshqa ommaviy ochiq onlayn kurslarning muqobili sifatida e’tirof etish o’rinli.
“Google Classroom platformasida ishlash bo’yicha metodik tavsiyalar” deb nomlanuvchi qo’llanma o’qituvchilar, talabalar hamda mustaqil o’rganuvchilarga foydali manba sifatida xizmat qiladi degan umiddamiz.



Yüklə 183,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin