YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)
UMUMIY XULOSALAR O`zbek adabiyotida esse janri o`zining taraqqiyot yo`lini bosib o`tmoqda. O`tgan yillar davomida uning turli shakllari, ko`rinishlari yaratildi. SHuni e`tirof etish zarurki, o`zbek adabiyotida essenavislik taraqqiyotida ilmiy, badiiy-publitsistik, falsafiy esse namunalari ham yaratilganini ko`rish mumkin. Jumladan, P.Qodirov, A.Muxtor. Zulfiya, Mirtemir, e.Vohidov, I.G’ofurov singari ijodkorlarimiz adabiy o`ylari ham esse janriga mansub. SH.Xolmirzaev esse-xotiralaridai farqli ravishda P.Qodirov, I.G’afurov esse va badialarida yozuvchi fikri bosh qahramon sifatida zuhurlanadi (P.Qodirov "O`ylar", I.G’afurov "Dil erkinligi"). Ularda shaxslar emas, masala, mulohaza bosh qahramon sifatida ko`rinish beradi. Bular ilmiy, badiiy-publitsistik esse namunalari bo`la oladi.
1. SH.Xolmirzaev esa ta`kidlaganimizdek, asosan esse-xotira janrini yuksak cho`kqiga ko`tardi. SH.Xolmirzaev 60-yillardan boshlab, o`zbek memuar adabiyotini o`zining 20 dan ziyod esse-xotiralari bilan boyitdi.
SH.Xolmirzaevning barcha esselari mavzu jihatdan quyidagicha tasnif qilinib, tahlilga tortildi:
1) San`at ahli haqidagi esselar.
2) Jamoat arboblari haqidagi esselar.
3) Tarixiy-ijtimoiy mavzudagi esselar.
4). Publitsistik esselar.
2. O`zbek esse-xotiralarida mashhur shaxslarning hayoti, dunyoqarashi, fe`l-atvori, madaniy saviyasi, xarakteri yozuvchi nuqtai nazari bilan ochiladi. SH.Xolmirzaev "Binafsha hidlang, amaki", "Ay, SHuxrat akam-a...", "Yo`llar ayro tushdi, ammo...", "Bir oqshom suhbati yoki do`stim Ro`zi CHoriev", "Odil aka haqida o`ylasam...", "U kishim - ustoz, men - shogird", "Abdulla Qahhorni eslab..." singari esselarida buyuk san`atkorlar qiyofasini namoyon eta oldiAdib O`.Umarbekov, U.Nazarov, O`.Hoshimov, A.Oripov ("Binafsha hidlang, amaki"), O.YOqubov ("Odil aka hakida o`ylasam..."), SHuxrat ("Ay, SHuxrat akam-a"), A.Oripov ("Yo`llar ayro tushdi, ammo..."), Usmon Azim ("Kashf etmoq zavqi"), rassom R.CHoriev ("Bir oqshom suhbati yoki do`stim Ro`zi CHoriev"), aktyor SHukur Burhon ("Takdir bashorati"), jurnalist Rahimjon ("SHaydolik"), jurnalist va yozuvchi Z.Mamajonov ("SHimol yog’dusi"), arxeolog Mengziyo Safarov ("Oldi ortingga kara") sipgari san`at axllari hakida betakror esse-xotiralar yaratdi.
3.Adib tasvirlanayotgan voqea-hodisa haqida fikr yuritar ekan, o`z ko`nglida tug’ilgan his-hayajoni, shaxsiy mulohazalarini bemalol bayon etish yo`lidan boradi. essening kitobxonni qiziqtiruvchi yana bir tomoni bor: unda nafaqat ustoz portreti (M.Qo`shjonov) yaratiladi, balki yozuvchi o`zining ham avtoportretini chiza boradi. Ba`zi fasllarda yozuvchining shoir tabiat, erkinlikka intiluvchi fe`li ochila boradi. Bu sahifalarni o`qib, ko`z oldingizda sevimli adibning qalbingizga yaqin asarlari kabi samimiy qiyofasi gavdalanadi. Bu orqali kitobxon ijodkorga yanada yaqin bo`lib qoladi.
4. esselarda chegara bilmas samimiy tasvirlar, essega xos erkinlik, ilmiy va badiiy tafakkurning uyg’unlashuvi, muallifning “men”i ayniqsa, bo`rtib ko`rinadi. Biroq ba`zida adibning xayollari haddan ziyod cho`zilib ketadi. esseda adib do`stlari - ijodkorlarning xarakteriga xos chizgilar beradiki, bu kitobxon bilan yozuvchi, munaqqidlar orasidagi masofani yaqinlashtirishga yordam beradi. Asar qahramonlarining deyarli barchasi adibga tanish, yuragiga yaqin odamlar, shuning uchun bo`lsa kerak, uning samimiy xotiralarida bu kishilarning butun hayoti ko`z oldimizda yaqqol gavdalanadi.
5. esse yirik hajmli, o`ziga xos janr bo`lib, uning alohida belgisi – muallif “men”ining erkin mulohazalariga asoslanishi, turli-tuman dalillarning keltirilishi, tanqidchining badiiy xayolotga va fantaziyaga boy qarashlari asosida yaratilishidir. esse-roman esseistikani rivojlantirish bilan birga yozuvchi, shoir ijodini chuqur va har tomonlama o`rganishi jihatidan alohida ahamiyatga ega. SHu bilan birga ularda ulug’ insonlarning shaxsi, hayoti tavsiflanadigan asarlarga muhim o`rin ajratish, adabiyot yoshlarni noma`lum o`tmish bilan tanishtirib, jiddiy madaniy-tarbiyaviy rol’ o`ynashiga e`tibor qaratish imkoniyati katta.Shu jihatdan qaraganda, adib esselari katta ilmiy-ma`rifiy ahamiyat kasb etadi.
6. Keng ko`lamli va yirik janrlardan sanalgan esseda muallifning his-tuyg’ulari jo`shib, satrlarga sochiladi, shuning uchun u ko`proq erkin mulohazalarga asoslanadi. Unda falsafiy, badiiy, publitsistik, ilmiy uslublar sintezlashtiriladi. Tahlil etganimiz, Sh.Xolmirzaevning esselari ilmiy va obrazli tafakkur namunalari bo`lib, ko`pincha biror bir ijodkorning obrazini yaratishga xizmat qiladi.
7. Shukur Xolmirzaev esselari insonda mehr-muhabbat, hurmat-izzat, o`zlik, mustahkam e’tiqod, hayotga teran nigoh bilan qarash, qadr-qimmatni anglash kabi insoniy tuyg’ularni uyg’otishga qodir. Shu bilan birga bu esselar adabiyotni chin dildan his etishga, adabiyot ahlini yana-da e’zozda tutishga, ularning ma’naviy dunyosini yaqindan tushunishga o`rgatadi. Zero, real hayotning badiiy tasvirlanishi hech bir adabiyot ixlosmandining nazaridan chetda qolmaydi, aksincha, haqiqiy hayot tajribasidan aniq xulosalar chiqarishga ko`maklashadi.
Kelajakda Sh.Xolmirzaev hakida biografik esse, ilmiy-adabiy portret yaratishda ko`l keladigan adibning bolalik, talabalik yillari, ijodiy yo`li haqidagi muhim ma`lumotlarni uning esse-xotiralaridan bemalol olib foydalanish mumkin.
Sh.Xolmirzaev asarlari, shu bilan birga esselari ma`naviy qadriyatlarimizning zamonaviy shakli sifatida xalq ma`naviy dunyosini boyitib, madaniyat taraqqiyotiga xizmat qila oladi.