O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus Ta’lim vazirligi.
Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti.
Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili yo’nalishi
6-6.UZB.21 guruh talabasi tomonidan tayyorlagan .
Fan: Hozirgi o’zbek adabiy tili
Bajardi: Boltayeva Maftuna.
Tekshirdi: Abuzalova Mexriniso.
1- topshiriq. Folklor namunalarida, badiiy matnlarda, asarlarda qo’llangan kasallik nomlari.
Qizamiq- Asosan bolalarda ayrim a’zolarining yallig’lanishi, badanga qizil toshma toshishi va isitma bilan kechadigan yuqumli kasallik.
1.Bolaligimda ko’p kasal bo’lardim: qizamiq, ko’kyo’tal, bezgak …
Shuning uchun oshxonadagi mixda ko’k qarg’aning patidan tortib, gultojixo’rozgacha ilig’lik turardi…
( O’tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”.18-bet)
2. O’sma- Organizmdagi o’zgargan va o’zining odatdagi shakli hamda vazifasini yo’qotgan hujayralardan iborat to’qimalarning zo’r berib o’sib ketishi. Masalan: jigar o’smasi, miya o’smasi.
Xotininm xomiladorlikning oltinchi oyida bachadonidagi o’smani jarroxlik yo’li bilan olib tashlatib ancha aziyat chekdi. O’sma xomila bilan birga o’sib xomilani siqayotganligi bois, ilojsiz operatsiya qildirgandi.
(In xi kyong. “Baxtli inson soatga qaramaydi”. 57-bet)
3. Tutqanoq- davriy ravishda to’satdan tutib qoladigan, kishi hushian ketib, akashak bo’lib qoladigan, bedavo asab kasalligi;quyonchiq, epilepsiya.
Sharofatning yig’isi dahshatli, ko’proq tutqanoqqa o’xshar edi, nafasi qisib, yuzlari oqardi.
(Asqad Muxtor “chinor” romani.
4. Tutqanoq tutib qoldi shekilli. Ko’zlari ilgari meni hech ko’rmagan darajada olayib ketdi. Yuzlaridan sharillab ter quyila boshladi.
(Xudoyberdi To’xtaboyev “Mungli ko’zlar”)
5. Bola kunda tutadigan quyonchiq kasalim bor edi. Shul vaqt tutib qoldi – dedi
(Alpomish dostoni. Sharq nashriyoti Toshkent-1998.107-bet)
6. Bezgak- Vaqti- vaqti bilan isitma chiqarib, qaltiratadigan yuqumli kasallik.
Sholikor joylardagi quruvchilarga axrokni ichiryapmiz. Baribir bezgak kuchni so’rib qo’yadi. Undan tashqari kuni bilan yer qazigan kanalchilar kechasi chivin chaqqanidan azobidan qashinib uxlolmayaptilar.
(Said Ahmad “ufq” trilogiyasi. 89- bet.
7. Bu orada Tillaevning eski bod kasali tutib, yotib qoldi. Avvaliga Qurbonboy kelib, uning holidan xabar olib turdi. Doktorlar endi bo‘lmaydi, pensiyaga chiqing, deb maslahat berishgandan keyin Tillaev ministrlikka ariza yozib, ishdan bo‘shatishlarini so‘radi.
(Said Ahmad “Qoplon” hikoyasi.
8.Bod- bo’g’in va mushaklarning yallig’lanishi ( radikulit revmatizm va shu kabilar.)
Shunaqa deyishga dedi-yu, yomg’irda uch kun kalish kiyib kartoshka qazigan edi, eski dardi qo’zib belining bodi tutib qoldi.
(O’tkir Hoshimov “ikki eshik orasi” “SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT- 2012.)
9. Vabo – Organizmning suvsizlanishi bilan kechadigan o’tkir yuqumli kasallik; o’ta xavfli ichak kasalliklaridan biri.
Ochlik orqasidan vabo keldi. Och, bir burda nonga muhtoj, qip- yalang’och bo’lib qolgan xalq bittalab,o’ntalab emas, yuztalab, qishloqlab o’la boshladi.
(Sadriddin Ayniy “qullar” )
10. Terlama – Kuchli isitma chiqarish, qaltiratish bilan xarakterlanadigan og;ir yuqumli kasallik; tifning bir turi.
O’sha yillari Sobirjon terlama kasali bilan og’rib to’satdan vafot etdi.
(Mirmuhsin “Umid”)
2- topshiriq. Raqamlarda ekstralingvistik ma’nolar.
1. 7 raqami.
7 raqami bilan bog’liq faktlardan biri dunyodagi yeti xazina hisoblanadi
Xalqimiz yeti xazina deganda, sigir,tovuq, asalari,ipak qurti, objuvoz(moyjuvoz) tegirmon va o’rmonni nazarda tutadi. Bu bejiz emas.
Ko‘pchilik 7 raqamining "shaydosi”. Yangi avtomobil xarid qilgan kishidan "Qaysi raqamni olgan bo‘lardingiz?”, deb so‘rasangiz ko‘pchiligi uchta yettiga ega bo‘lishni xohlaydi. Mashhur futbolchilarning ko‘pchiligi shu raqamda maydonda to‘p suradi. Ko‘pgina xalqlarda 7 soni xosiyatli raqam hisoblanadi. Xullas, hayotda shu raqam bilan bog‘liq bir qancha ajoyibotlar mavjud. 7 kun, 7 moʻjiza, 7 xazina, 7 avlod, 7 iqlim, 7 rang, 7 sayyora, 7 dengiz, 7 farz va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |