Buxoro davlat universiteti fizika -matematika fakulteti "fizika " kafedrasi


Invers bandlik va kogerent nurlanish hosil qilish



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə13/15
tarix10.02.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#52389
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
kurs ishi

2.2. Invers bandlik va kogerent nurlanish hosil qilish.




Sof yarimo’tkazgichli erkin elektronlarni va kovaklarni isssiqlik ta’siridan tashqi katta energiyali (tezlikdagi) elektronlar, radioaktiv nurlanish yokifotonlar oqimidan hosil qilish mumkin.Ushbu usulning sxematik chizmasi 25 rasmda tasvirlangan.

Plastinkaning olti tomonidan ikki qarama qarshi tomoni 25 rasmdagidek silliqlangan va ular optic ko’zgu vazifasini bajaradilar. Qolgan tomonlari g’adir budur qilib ishlov berilgan

Energiyasi 50 va 100 keV oraliqdagi elektronlar oqimi yassi plastinka ichiga kirib boradi va undagi bog’langan elektronlar bilan to’qnashib, ularni uzib valent sohadan o’tkazuvchanlik sohasiga o’tkazadilar

Bu zarrachalar o’tkazuvchanlik sohasining tubida to’planadi. Valent sohada bog’lanishda uzilgan elektrolar o’rnida esa kovaklar paydo bo’ladi.va ular valent sohaning yuqori qismida to’planadi.

Bu sohada o’tkazuvchanlik sohadagi erkin elektronlar oqimi termodinamik muvozanat holatdagi yarimo’tkazgichning o’tkazuvchanlik sohadagi erkin elektronlaridan ko’p.

Bo’ladi va o’z navbatida valent sohadagi kovaklar soni termodinamik muvozanatdagi yarimo’tkazgichning valent sohadagi kovaklar sonidan ortiq bo’ladi. Sof yarimo’tkazgichning ushbu holati invers bandlik holati deyiladi.

Sof yarimo’tkazgich hajmining biror nuqtasidagi zarralarning issiqlik ta’siridan tartibsiz harakati natijasida erkin elektronlar va kovaklar uchrashib, rekombinatsiya natijasida nurlanish beradi.Bu nurlanish barcha yo’nalishlarda tarqaladi va sirti ko’zgu bo’lgan tomonlardan ko’proq aks etadi. Bu nurlanish invers bandlik hosil bo’lgan yarimo’tkazgichdan o’tishi natijasida kovaklar va elektronlar bilan ta’sirlashib ularni majburlab rekombinatsiyalashtirishi natijasida parametrlari bo’yicha o’ziga aynan o’xshagan hamda tarqalish yo’nalishi bilan mos tushgan majburiy nurlanishlarni hosil qiladi. UUshbu yo’nalishda tarqalayotgan nurlanishlar yarimo’tkazgichning ko’zguli sirtidan ko’p martalab aks etib yarimo’tkazgich ichidan ko’p marta o’tishi natijasida electron va koval;arning majburiy rekombinatsiyalarini tashkil etadi va majburiy nurlanishlar miqdori ortib boradi. Bu jarayonda nurlanish yarimo’tkazgichning ko’zguli sirt tomonlaridan chiqib turadi.Albatta bu jarayon uzluksiz davom etishi uchun yarimo’tkazgich plastinkaga tashqaridan uzluksiz ravishda elektronlar kiritilib turishi kerak. Tajribadan ko’rsatilishicha bu usuldagi damlash jarayonida yarimo’tkazgich plastinka tez qizib ketadi.

Shuning uchun majburiy ravishda sovutilib turishi zarur.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin