60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
UNIVERSITET XIZMATLARI
10
Buxoro Davlat universitetida 7 ta talabalar turar
joyi binolari mavjud boʻlib, ularda jami 2048 ta oʻrin
talabalar yashashi uchun moʻljallangan. 1-6- binolar
sig`imi 275 oʻrindan boʻlib, jami 1650 oʻrindan, 7-bino
sig`imi 398 oʻrindan iborat. Nogiron talabalar uchun
alohida har bir binoda 3 oʻrinli xona ajratilgan.
TTJ binolarida jami 64 ta oshxona mavjud
boʻlib, 128 dona elektr plita va har bir oshxonada 1
donadan jami 64 dona muzlatgich oʻrnatilgan. 8 ta
kir yuvish xonasida 13 dona zamonaviy kir yuvish
mashinalari oʻrnatilgan. 12 ta dazmollash xonasida
72 dona dazmol mavjud. Binolarning har bir
qavatida hojatxona va yuvinish xonasi (dush)
tashkil etilgan va faoliyat olib bormoqda.
Talabalar turar joyi foyesida 10 ta zamonaviy kompyuter qoʻyilgan va internet
tarmog`iga ulangan. Binolarning har bir qavatida bittadan hamda fayelarda jami 30 ta televizor
qoʻyilgan. TTJ binolarining har bir qavatida ma`naviyat xonalari tashkil etilgan.
Qulayliklar:
Kompyuter xonalari;
Dars xonalari;
Internet;
Umumiy oshxona;
Umumiy yuvinish xonasi;
Umumiy hojatxona;
Dam olish xonasi.
Talabalar turar joyiga onlayn ariza berish: http://uniwork.buxdu.uz/yotoqxona.asp