Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Agrobanbank ATB-ning shakllanish tarixi va umumiy ma’lumotlar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/8
tarix11.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#128433
1   2   3   4   5   6   7   8
amaliyoti hisoboti Agrobank

Agrobanbank ATB-ning shakllanish tarixi va umumiy ma’lumotlar:

  • 1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.

  • 1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.

  • 1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi.

  • 1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi.

  • 1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.

  • 1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi.

  • 1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi.

  • 1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi .

  • 2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish bo'yicha bitm imzoladi.

  • 2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.

  • 2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.

  • 2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetas va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi.

  • 2007 yil - "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi.

  • 2008 yil - Axolining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklar aro tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin soxibi bo'ldi hamda "Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomabili bilan taqdirlandi.

  • 2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.

  • 2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.

2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shrtnoma imzolandi.
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan. «VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi. Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan. Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir. Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 178 ta tuman (shahar) filiali, 248 ta minibanki, 102 ta maxsus kassasi, 231 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.  Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.
2022-yil 14-fevral kuni poytaxtdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “Agrobank” ATB boshqaruvining 2021-yil yakunlari va 2022-yil rejalariga bag‘ishlangan ochiq hisoboti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda “Agrobank” ATBning kengash a’zolari, yirik aksiyadorlar, korporativ mijozlar, bosh ofis rahbar va xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi. So‘nggi 5 yilda bankning kapitallashuv bazasi keskin oshirildi, mahalliy va xorijiy resurslarni jalb qilish, iqtisodiyot tarmoqlarini faol kreditlash imkoniyatlari kengaydi. O‘tgan 2021-yilda bank tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirish, tadbirkorlik harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 25,4 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi va bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 3,5 trillion so‘mga yoki 116 foizga oshdi. Shundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 125 mingta mijozga 3,2 trillion so‘m, hududlarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 1266 ta 4,2 trillion so‘mlik loyihalar moliyalashtirildi. 2021-yilda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan 126 ta loyihalarga 311 million dollar miqdorida kredit mablag‘i ajratildi. Paxta to‘qimachilik klasterlarning 18 ta 404,3 million dollarlik loyihalari moliyalashtirildi.
2021-yilda aktivlar 39,9 trillion so‘mni, kredit qo‘yilmalar 32,3 trillion so‘m tashkil qilib, avvalgi yilga nisbatan mos ravishda 129 foizdan va 128 foizga oshdi. 2022-yilda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun jami 32 trillion so‘m kredit ajratish va o‘tgan yilga nisbatan o‘sishni 7 trillion so‘m yoki 126 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shundan oilaviy tadbirkorlikni yo‘nalishida 3,9 trillion so‘m kreditlar ajratiladi. Hududlarda jami 807 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 4,9 trillion so‘mlik kredit mablag‘ini yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda paxta va g‘alla hosilini yetishtirish uchun 2021-yilda jami 8,0 trillion so‘mlik imtiyozli kreditlar, shuningdek, 3 974 ta qishloq xo‘jalik korxonalariga 130 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun qariyb 3 trillion so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. “Agrobank” ATB transformatsiyasini amalga oshirish maqsadida OTB va KPMG kompaniyalari jalb qilinib, bank rivojlantirish strategiyasi va bank biznes modeli ishlab chiqildi.
Bank strategiyasidan kelib chiqib, yetakchi marketologlar bilan hamkorlikda yangi brend joylashuvi amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilimlarni joriy qilish maqsadida, yurtimizning bir qator oliy o‘quv yurtlari bilan birga 5 ta hududda fermerlar maktabi tashkil qilindi. Maktablarda qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, o‘simliklar himoyasi, biznes, moliya va huquqiy savodxonlik bo‘yicha darslar berilmoqda. 2021-yil noyabrdan respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin fermer xo‘jaliklari rahbar va ishchilari o‘qitildi. 2022-yil yakuniga qadar yana 65 mingta fermerlar o‘qishlarga jalb qilinadi. 2021-yilda fermerlar va tomorqa yer egalari uchun “Qishloq xo‘jaligida 100 ta kitob” to‘plam loyihasi ham amalga oshirildi. Ushbu to‘plamdan 10 mingta chop etib tarqatildi. Elektron shaklda agrobank.uz sayti, Telegram boti orqali foydalanish imkoniyati yaratildi. O‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishida 40 turdagi o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha kitoblar to‘plami tayyorlandi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlarini sotib olish va sotishga ixtisoslashgan “AgroZamin” platformasi yaratildi. 2022-yilda aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha agroxizmatlar markazlari tashkil qilinyapti.
Tumanlarda Agrolab — o‘simliklarni himoya qilish faoliyati xizmati tashkil etiladi. Bu shoxobcha orqali ko‘chma va karantin laboratoriyasi, tadqiqot uchun issiqxona va yer dalasi, umumiy amaliyot xonasi, tayyor mahsulotlarni sotish do‘koni, yuk avtomobillari hamda agregatlar bazasi tashkil etiladi. “Agrobank” ATB tomonidan kichik va o‘rta biznes, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mijozlar uchun 30 ga yaqin yangi xizmatlar joriy qilinib, ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar hajmi oshirildi. Xususan, yuridik va jismoniy shaxslar uchun mobil ilova orqali onlayn kreditlar joriy qilindi. Bu yo‘nalishda Rossiya (Transkapitalbank), Janubiy Koreya (Hana bank) banklari bilan birgalikda joriy qilingan onlayn xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil yanvar oyidan xorijda mehnat faoliyati olib borayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolari uchun “Madad” mobil ilova orqali onlayn mikroqarz joriy qilindi. Endi xalqaro pul o‘tkazmasini amalga oshirgan mijozga 10 million so‘mgacha masofadan kredit ajratiladi. Shuningdek, bank 2021-yilda “Chakana.uz” marketpleysi ishga tushirildi. Bu platforma orqali mijozlar maishiy texnika va jihozlarni bankka kelmasdan, masofadan kreditga sotib olishlari mumkin.
Bank respublikamizda birinchilardan bo‘lib kartomat qurilmasini tatbiq qildi. Bu qurilma orqali mijoz bank kartasini olish uchun Face-ID tizimi orqali identifikatsiya qilinadi va karta avtomat tarzda rasmiylashtirilib beriladi. Bugungi kunda bankning hududiy filiallarida 44 ta kartomat qurilma o‘rnatildi. 2022-yil davomida esa barcha filiallarga (jami 170 ta) bunday qurilmalar o‘rnatilishi reja qilingan.
Bank transformatsiyasi jarayonida IT texnologiyalarni yangi pog‘onaga olib chiqish uchun xorij banklari (Rossiya Sberbank va Turkiya Ziraatbank) o‘rganildi. Bunda ushbu yo‘nalishda bank tomonidan joriy yilda amalga oshiradigan loyihalar aniqlab olindi va axborot tizimini rivojlantirish bo‘yicha dunyoda yetakchi konsalting kompaniyalari bilan birgalikda, bankning IT strategiyasi ishlab chiqildi. 2022-yilda ham bu boradagi ishlar jadallashtirilib, yangi “Smart ofis” loyihasi amalga oshiriladi. Aholi gavjum joylarda tashkil qiladigan ushbu ofislar orqali mijozlar bank xodimi ishtirokisiz bank amaliyotlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu ofislar 24/7 rejimida ishlaydi. Shuningdek, bankning xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida, yangi raqamli Fresh filiali faoliyati rivojlantiriladi.
Bankni transformatsiya jarayonida xorijiy nufuzli kompaniyalar bilan birgalikda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi, skoring modelining dastlabki bosqichi yo‘lga qo‘yildi. Xorijiy ekspert tavsiyalari asosida stress test ssenariylari o‘tkazilishi takomillashtirildi. Bankning operatsion risklarini oldini olish bo‘yicha indikatorlar ishlab chiqildi. Jumladan, likvidlilik va bozor risklarini boshqarishda likvidlilik ko‘rsatkichlarini, bankning depozit bazasi va majburiyatlarining konsentratsiyasi, GEP tahlil, VaR hisoboti, foiz stavkalari o‘zgarishining bank foydasiga ta’siri va valyuta pozitsiyasini aniqlash hamda baholash, monitoring qilish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, xorijiy ekspertlar bilan birgalikda kreditlash jarayonini anderrayting tizimi orqali ajratish yo‘lga qo‘yildi. Kredit hujjatlarining to‘liqligi, ta’minotning to‘g‘ri rasmiylashtirilgani hamda belgilangan me’yorlar bajarilishini tekshirish, monitoringni yuritish bo‘yicha kreditlarni boshqarish bo‘yicha bosh ofisda yangi tarkibiy tuzilma tashkil etildi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin