Buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti sport kafedrasi


  TEZ YURAR SPORTCHILARGA QO’YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#39814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
sportcha yurishni rivojlanishi va maxsus mashqlari

1.7.  TEZ YURAR SPORTCHILARGA QO’YILADIGAN TALABLAR 

          Yurish  mexanikasi  nuqtai  nazaridan,  baland  bo’yli  va  uzun  qadam 

tashlaydigan sportchilar sportcha yurish uchun yaxshi imkoniyatga egadirlar. 

         Biroq,  sport  amaliyoti  ko’rsatishicha,  tashqi  belgilar  tanlov  uchun  ishonchli 

mezon  bo’la  olmaydi.  Ma’lumki,  yaxshi  natijalarga  nafaqat  baland  bo’yli 

sportchilar  (E.Lyungin,  R.Laerd)  balki  o’rtacha  bo’ydan  past  bo’lgan  sportchilar 

(E.Maskijkov, 

V.Svechnikov, 

K.Xyoj) 

ham 


erishganlar. 

Eng 


muhimi 

sportchilarning  markaziy  va  vegetativ  asab  tizimlari  faoliyatiga  bog’liq  bo’lgan 

o’rtacha quvvatdagi davomli ishga moslashganligidir. 

         Natijalarni  o’sib  borishi  odatda,  4-6  yil  davomida,  ba’zan  esa  undan  ham 

ko’proq  vaqt  davomida  amalga  oshadi.  Sportcha  yurishda  yuksak  natijalarga 

erishish uchun ko’p yillar davomida maqsadni ko’zlab astoydil mashq qilish lozim.  

         Tez  yuruvchi  sportchilar  o’z  jismoniy  tayyorgarliklarini  ko’p  yillar 

mobaynida saqlab qolishlari mumkin. Masalan, Vladimir Golubnichiy 19 yoshida 

jaxon bo’yicha yaxshi natijani ko’rsatdi (1:30,02,). So’ngra 21 yil davomida yirik 

sport  anjumanlarida  qatnashib,  ikki  martda  (1960  va  1968  yilda)  olimpiya 

chempioni  bo’lgan.  1976  yilda  40  yoshida  u  mamlakatimiz  birinchiligi  uchun 

Kievda  o’tkazilgan  musobaqalarda  20  kmni  1:23,55  da  bosib  o’tib,  shaxsiy 

rekordga  erishdi.  G.Atapov,  A.Vediakov,  E.Lyukstin,  S.Grigorev,  S.Bondorenko, 

V.Vavilov  kabi  sportchilar  ham  ko’p  yillar  davomida  yuqori  natijalarni 

ko’rsatganlar.  

    Necha yoshda yuksak natijalarga erishish mumkin? 

         Bir necha yil muqaddam, 24-32 yosh eng muvofiq deb xisoblanar edi. Biroq, 

sport  amaliyoti  bunga  o’zgartirishlar  kiritdi.  Chunonchi,  1953  yilda  tug’ilgan 

nemis  sportchisi  Shtadmyuller  1972  yilda  50  kmli  masofoda  2  soatli  yurishda 

jaxon rekordiga erishdi. 1973 yilda yana bir nemis sportchisi Vaydner 40 yoshida 

50  km  va  30  milga  yurish  bo’yicha  jaxon  rekordiga  erishdi.  Aniqlanishicha,  50 

kmli  masofaga  ixtisoslashgan  sportchilar  20  kmli  masofaga  ixtisoslashgan 

sportchilardan katta bo’lishlari mumkin. 



         Sportcha yurishda mashq qilishning asosiy tarkibiy qismi  – sportchining har 

tomonlama  va  maxsus  rivojlanishi  hamda  takomillashuviga  yordam  beruvchi 

jismoniy tayyorgarlik xisoblanadi. Shunga ko’ra, jismoniy tayyorgarlik umumiy va 

maxsus tayyorgarlikka bo’linadi.  

         Umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  tanlangan  sport  turida  eng  samarali 

mukamallashishni  ta’minlovchi  sportchining uyg’un  rivojlanishini nazarda  tutadi. 

Maxsus  jismoniy  tayyorgarlik vegetativ va  harakat  funkstiyalarini  rivojlantirishga 

qaratilgandir.  Maxsus  jismoniy  tayyorgarlik  uchun  organizmga  tanlab  ta’sir 

etuvchi,  qat’iy  yo’naltirilgan  mashqlar  xosdir.  Tabiiyki,  maxsus  jismoniy 

tayyorgarlikda  yurishning  o’zi  (sportcha  yurish  va  odatdagi  yurish)  tez  yuruvchi 

sportchining  maxsus  mashqlari,  shuningdek  yurish  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lgan 

mashqlar eng yaxshi mashqlar bo’lib hisoblanadi. 

         Sport  natijasiga  umumiy  va  maxsus  jismoniy  tayyorgarliklar  ta’sir  etadi. 

Tayyorgarlikning  bu  ikki  turi  ularga  ajratilgan  vaqt  bo’yicha  o’zaro  farqlanadi. 

Maxsus  jismoniy  tayyorgarlikka  ajratilgan  vaqt  umumiy  jismoniy  tayyorgarlikka 

ajratilgan vaqtdan ko’p martda ortiq. Yuksak sport natijalariga erishish uchun tez 

yuruvchi sportchi kuchli mushaklarga va a’lo darajadagi chidamlilikka ega bo’lib 

harakatlarni tezda uyg’un ravishda bajara olishi lozim. 




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin