35
Xulosa.
Jamiyatimizning barcha jabhalarida qayta qurish bo„lgani kabi ta‟lim-tarbiya
sohasida ham qayta qurish, yangilanish zarurligi namoyon bo„lib bormoqda.
Mustaqillik va ta‟lim sohasidagi islohotlar ta‟lim jarayoni uchun tavsiya etiladigan
didaktik materillarni zamon talablari asosida tubdan qayta ko„rib chiqish va
zamonaviy shakllarini yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy didaktik materiallar qanday bo„lishi kerak ekanligi borasida qator
didakt olimlar izlanishlar olib borishmoqda. Ushbu paragrafda zamonaviy darslik,
o„quv qo„llanmalar va ikkilamchi didaktik materiallarga quyiladigan talablarni
tahlil qilamiz.
Bugungi kunda boshlang„ich ta‟limning sifati, samaradorligi butkul o„qituvchi
zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o„z mas‟uliyatini qay darajada xis
etishiga bog„liq bo„lib qoldi. Har bir boshlang„ich sinf o„qituvchisi o„zi
o„qitayotgan sinf o„quvchilari o„quv yili yakunida fanlardan egallashlari lozim
bo„lgan bilim, malaka, ko„nikmalar mezoni talablari darajasida bilim, malaka va
ko„nikmalariga ega bo„lishiga erishishi kerak. Shunday ekan darslarni qanday usul
bilan olib borish masalasini o„qituvchi ehtiyoriga berish ma‟qul, deb bilamiz.
Lekin o„qituvchi aniq maqsad bilan faol va fidokorona mehnat qilishi, darsning har
bir bosqichiga mas‟uliyat bilan yondoshmog„i lozim.
Demak dars jarayonida o„quvchini faollashtirish, mustaqil faoliyat ko„rsata
oladigan qilib etishtirish lozim. Hozirgi kunda o„qituvchilardan talab etilayotgan
narsa, o„quvchilarni faolligini kuchaytirish, chunki faollik bor joyda onglilik
bo„ladi.
Darslarni zamonaviy usulda tashkil etish uchun bir qator metodik va pedagogik
talablarga qattiy rioya qilish lozim. Birinchi navbatda o„qituvchi nazariy va
metodik tomondan yaxshi qurollangan va o„z kasbining jon kuyar fidoiysi
bo„lmog„i kerak. Ikkinchidan esa, estetik did bilan ma‟lum bir tizimda ishlangan
ko„rgazmali qurollar va tarqatma didaktik materiallarga ega bo„lishi kerak.
Shuningdek, o„zi o„qitayotgan sinf o„quvchilarini o„z farzandi mehri bilan sevishi
va o„z oldigan yosh avlodni kelajakning etuk hamda barkamol avlodi etib
36
tarbiyalashdek murakkab va mas‟uliyatli vazifa turganini unutmasligi kerak.
Ma‟lumki bola maktabga kelganga qadar asosan o„yin bilan mashg„ul bo„lgan.
Ularda chaqqonlik, ziyraklik, hozirjavoblik, sinchkovlik, epchillik kabi ijobiy
xislatlar kurtak ota boshlagan, lekin hali etilmagan bo„ladi. Muttasil o„yin bilan
mashg„ul bo„lgan bolaning faoliyati endilikda o„zgaradi. Kechagi o„yin bilan
mashg„ul bo„lgan bola endilikda 40-45 daqiqa davomida diqqatini bir yerga
to„plab, talabga rioya qilgan holda o„qituvchi bilan faoliyatda bo„ladi, bilim oladi,
mushohada qiladi. Bu bola uchun juda murakkab jarayondir. O„qituvchi yana
shunday vaqtda o„quvchilarni o„quv mashg„ulotlariga qiziqtirish yo„llarini topishi
o„z ishiga ijodiy yondashuvi lozim. O„quvchilarning darsga bo„lgan qiziqishini
oshirish, tafakkurini rivoj lantirishda noan‟anaviy dars turlarini qo„llash, ta‟limiy
o„yinlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunday darslarning oddiy darslardan
farqi shundaki, o„qituvchi darsni o„yin tariqasida tashkil etadi va bolalarni xayolan
turli olamga, ertaklar olamiga, kosmas va hatto marsga ham olib chiqishi mumkin.
Masalan, o„yin, munozara (savol-javob), mushohada bellashuv sahnalashtirilgan
uyg„unlashgan, test-sinov kabi dars shakllari noan‟anaviy darslar jumlasiga kiradi.
Bunday dars darslikda berilgan katta bo„lim materiallari o„rganib bo„lingach,
chorak (yil) oxirlarida egallangan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash maqsadida
o„tkazilishi ham mumkin. Bunday noan‟anaviy darslar, albatta, qiziqarli o„tadi.
Uquvchilarning diqqati tarbiyalanadi. O„yin faoliyati tobora jiddiy tus olib,
mashg„ulot (dars) bilan almashinadi, ya‟ni topshiriqlar, suhbatlar, savshl-javoblar
asta-sekin murakkablashib boradi. Bazan darsda o„quvchilarni mustaqillikka,
ijodkorlikka yo„naltirish maqsadida juda ko„p ish turlaridan foydalangan holda
darslar tashkil etiladi. Bunday hollarda dars strukturasi buziladi. Ana shu dars
strukturasining buzilishi noan‟anaviy dars demakdir.
|