EMOTSIONAL HOLATLAR VA STRESS METODIKASI
Ushbu metodika insondagi stress darajasini aniqlash uchun mo`ljallangan.
Yo`riqnoma: Sizga 12 ta savol taqdim etiladi. Savollarga quyidagicha ball qo`yishingiz so`raladi:
Juda tez-tez – 6 ball
Tez-tez – 5 ball
Bazan – 4 ball
Juda kamdan-kam – 2ball
Hech qachon – 1 ball
Yomon uxlaysiz;
Doimo charchab yurasiz;
Chekish, ichish, ortiqcha ovqatdan o’zingizni tiya olmaysiz;
Sevgi, ishqiy yaqinlikka qiziqishingiz qolamagan;
Tez-tez terlab turasiz;
Jahldor, jizzaki bo’lib qolgansiz;
So’ngi paytlarda besabab yig’lab yuboradigan odat chiqargansiz;
Nafas siqishidan qiynalasiz;
Doimo, bezovta yurasiz;
10)Ishtahangiz bazan zo’r, bazan yo’q bo’ladi;
11)Tez-tez oshqozoningiz faoliyati buzilib turadi;
12)Goh u yeringiz, goh bu yeringiz og’rib turadi;
Juda tez-tez – 6 ball
Tez-tez – 5 ball
Bazan – 4 ball
Juda kamdan-kam – 2ball
Hech qachon – 1 ball
1. Agar 40 balldan kam ball jamg’argan bo’lsangiz siz bazan past stress holatiga tushib qolasiz. Lekin shunda ham o’zingizni boshqara olasiz;
2. 40-48 ball, vaqti-vaqti bilan stress holatiga tushib qolasiz. Siz o’rtacha stress holatidasiz;
3. 48 balldan yuqori bo’lsa hayot tarzingizni qayta ko’rib chiqing. Sizda yuqori darajadgi stress kuzatilmoqda. Stressdan chiqish uchun psixolog konsultatntga murojat qiling.
Ushbu testni Qo’qon shaxar 18-maktab 8-a sinf o’quvchilarida sinov tariqasida o’tkazib ko’rdim.
Sinfda jami 25ta o’quvchi bo’lib 12ta qiz bola va 13ta o’g’il bola. Ularga EMOTSIONAL HOLATLAR VA STRESS METODIKASI taqdim etildi va natijalar olinib tahlil qilindi
Jadval holatidagi tahlili
TO’PLANGAN BALLAR
|
O’QUVCHILAR SONI
|
STRESS HOLATI
|
48 balldan yuqori
|
3ta
|
Yuqori
|
40-48 ball
|
18ta
|
O’rtacha
|
40 balldan kam
|
4ta
|
Past
|
Dostları ilə paylaş: |