Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 106,97 Kb.
səhifə8/9
tarix22.12.2023
ölçüsü106,97 Kb.
#190587
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Narziyev Ismat

III Xulosa.
Ko‘z soqqasining gavhari bilan to‘r parda o‘rtasidagi butun ichki yuzasi shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. To‘r parda rang va yorug‘likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda ko‘ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkadagi uchlarida tayoqcha va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari mavjuddir. Inson ko‘zini to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko‘zining to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik, ya’ni kunduzgi ranglar ko‘riladi. Tayoqchalar yorug‘likni yaxshi sezuvchan bo‘lib, xira va qorong‘u paytlarda o‘z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To‘r pardaning eng sezgir joyi – sariq dog‘ning asosan, kolbachalar bilan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq ko‘ramiz. Obektga tik qarash natijasida ko‘z muskullari unga qaratiladi va aks ettiruvchining sur’ati sariq dog‘ga tushadi. Bunday tarzdagi ko‘rish to‘g‘ri ko‘rish deyiladi. Odam ko‘zi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi to‘lqinlarning ta’sirini sezadi. Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari 1756 yilda M.V.Lomonosov tomonidan bayon qilingan bo‘lsa, 1856 yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols tomonidan uni to‘la isbotlab berilgan.[2] Boshqacha aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko`z, quloq, teri, burun kabilar), ta`sirotni eltuvchi (affe­rent), javob qaytaaivchi (efferent) nerv tolalari, analiza­torlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi. Jahon psixologiyasi fani so`nggi yutuqlari hamda atamalariga qaraganda sezgilar quyidagicha tasniflanadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko`rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga tegishlidir): 1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyat­larini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar, ya`ni eksterio-retseptiv sezgilar (retseptorlar);
2) ichki a`zolar holatlarini in`ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki a`zolarida, to`qimalarida joylashgan sezgilar, ya`ni interoretseptiv sezgilar;
3) gavdamiz va tanamizning holati hamda harakatlari haqida ma`lumot beruvchi, muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya`ni proprioretseptiv sezgilar.
Birinchi turkum sezgilarni ko`rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta`m-maza kabi turlar tashkil qiladi. Ko`rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo`lgan tovush to`lqinlaridan iboratdir. Ko`rish sezgilari bosh miya po`stlog`ining orqa bo`lagida joylashgan bo`ladi. Eshitish sezgilari bosh miya po`stlog`ining tepa burmasi qismidan joy egallagan. Teri-tuyush, harakat sezgilari bosh miya po`stlog`ini markaziy burmasi orqa qismidan o`rin olgandir.



Yüklə 106,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin