Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93
korxona iqtisodiyoti

Ta'sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki 
hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, 
tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to‘ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi. 
Ta'sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni 
qatnashchilar o‘rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) 
tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo‘yiladi. 
Korxonani ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilanadi: 
1. Korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza. 
2. Ta'sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror. 
3. Korxona Nizomi. 
4. Ta'sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorda 
ko‘rsatilgan Nizom jamg‘armasining kamida 50% miqdoridagi qismi 
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar. 
5. Davlat bojini to‘laganlik haqida guvohnoma. 
6. Monopoliyaga qarshi muassasaning korxonani tashkil qilishga roziligini 
tasdiqlovchi hujjat. 
7. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvatlash qo‘mitasi 
yoki uning quyi idoralari roziligi haqidagi hujjat. 
Korxonani qayta tashkil qilish – bu, uning birlashib ketishi, qo‘shilishi, 
bo‘linishi, ajralib chiqish va shaklini o‘zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil 
qilish ta'sischi (ta'sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga muvofiq amalga 
oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, 
moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat 
qilishi lozim.
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo‘lib, ishlab chiqarish va xo‘jalik 
yuritish faoliyatining to‘xtatilishini anglatadi. Korxona tugatilganda u davlat 
ro‘yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, 
shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Korxonani tugatishda 
tugatish komissiyasi tuzilib, unga kreditorlarga korxona tugatilganini xabar qilish, 
kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini undirish choralarini ko‘rish, 
shuningdek, korxonaning tugatilishi sababli ishsiz qolgan xodimlar ish bilan 
ta'minlanishiga yordamlashish vazifasi yuklanadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin