11
12
Savollar:
1. Korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag’lar
qanday manba.
2. Faoliyat yuritayotgan korxonani ______________ qo’shimcha ishlab
chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida
qurish yoki asosiy, qo’shimcha, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab
chiqarishning amaldagi stexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi.
3. Asosiy fondlarni qayta tiklash va o’stirish uchun sarflanuvchi moddiy,
mehnat va pul resurslari.
4. Korxonalar va xalq xo’jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari
yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg’or texnika va
texnologiyalarn io’zlashtirish, mahsulot
ishlab chiqarish va foyda
(daromad) olishni ko’paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar
kiritilishi.
5. Moliyaviy-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo’lib, korxonalarning
qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki maxsus
tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olish.
6. Kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish quvvati va boshqa sifat
ko’rsatkichlarini kuchaytirish maqsadida rivojlantirish va kengaytirishga
kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar
majmuasi.
7. _____________investistiyalar
qimmatbaho
qog’ozlar,
akstiya
va
obligastiyalar sotib olish, pul mablag’larini banklarga foizolish
maqsadida deposit hisob raqamlariga qo’yish bilan ifodalanadi.
8. Davlat va turli xil fondler tomonidan qaytarib berish
sharti bilan beriluvchi
kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar qaysi manba.
9. Eski sexlar o’rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi
10.
Qaysi investistiyalar korxona, tarmoq va butun xalq xo’jaligining kuch-
quvvatini belgilab beradi.
11.
Yangi ___________ga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan
loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansub
12.
Texnik
………… qurollantirish ishlab chiqarish intensivligini
kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan.
Mavzu: KORXONANING IQTISODIY XAVFSIZLIGI VA TIJORAT SIRI
Xavfsizlik bu murakkab va serqirra kategoriyadir. U asosan va ko‘pincha
ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi
nuqtai nazaridan
baholanadi va ko‘rib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi,
piyoda xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi yoki zararsizligi kabi tushunchalarni
uchratsakda, korxona xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo‘q.
Korxona xavfsizligini ta'minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan
iborat:
korxona va uning barcha bo‘linmalari, mehnat jamoasining davlat tuzilmasi,
xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda
qonuniy huquqlarini
himoya qilish;
korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish;
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
ichki
va
tashqi
bozordagi
raqobatbardoshligini oshirish;
tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar
yetkazib beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram bo‘lishga
yo‘l qo‘ymaslik;
barcha tuzilmaviy bo‘g‘inlardagi xodimlar orasida mehnat intizomini
mustahkamlash;
mehnat unumdorligini oshirish uchun moddiy va ma'naviy manfaatdorligini
ta'minlash;
ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish,
samarali axborot
bazasini rivojlantirish;
korxona obro‘sini oshirish.
Xavfsizlik tamoyillari - xavfsizlikni ta'minlash taktika va strategiyasiga
bo‘lgan asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifalarini hal qilishning to‘g‘ri
yo‘llarin tanlashdir. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
qonuniylik tamoyillari;
mustaqillik va mas'uliyat;
iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik;
maqsadli-dasturiy rejalashtirish;
o‘zaro aloqalar va muvofiqlashtirish;
mehnatni ilmiy tashkil qilish;
oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg‘unligi;
Ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka.
Korxonaning tijorat sirlari ishlab chiqarish, texnologik ma'lumotlar,
boshqaruv, moliya va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni oshkor qilish korxona
manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlardir.
Mavjud nuqtai nazarlarga ko‘ra, korxonaning tijorat
sirlari umumiy holda
o‘z ichiga quyidagi ma'lumotlarni qamrab oladi:
korxonaning savdo aloqalari haqida;
kapital hajmi va tuzilmasi, investitsiya rejalari haqida;
ta'minotchi va iste'molchilar, tuzilgan shartnomalar haqida;
ishlab chiqarish hajmi, aylanma mablag‘lar va foyda hajmi haqida;
bahoni shakllantirish siyosati va tovarlar bahosining shakllanishi haqida;
bank opretsiyalar haqida va hokazolar.
Korxonalarning maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga
keluvchi yo‘qotishlari umumiy ko‘rinishda quyidagalarga olib keladi:
ilmiy tadqiqotlarga litsenziya sotish imkoniyatlari pasayadi, fan-texnika
taraqqiyoti sohasida erishilgan ustunliklar yo‘qotiladi, ilmiy-tadqiqot
bo‘linmalarining yo‘nalishni o‘zgartirishlari uchun xarajatlari o‘sadi;
ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo‘lga
xom ashyo, texnologiya va
hokazolarni sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga keladi (yoki raqobatchilar
tomonidan sun'iy ravishda yaratiladi);
korxonaning tadbirkorlikdagi sheriklar bilan hamkorligi cheklanadi, foydali
shartnomlarni imzolash imkoniyatlari kamayadi, shartnoma majburiyatlarini
bajarishda muammolar vujudga keladi;
korxonaning yangi
bozor strategiyasini yaratish, marketing tadqiqotlari
tuzilmasini o‘zgartirish va hokazolarga sarflanuvchi xarajatlari o‘sadi;
Dostları ilə paylaş: