Mavzuning dolzarbligi: Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga davlat siyosati miqyosida e’tibor qaratilishi, ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil qilish to’g’risida”gi Farmoni (2002) va shu Farmonni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo’yicha hukumat tomonidan qabul qilingan Qaror (2002) bolalar sportiga tamomila yangicha yondashish, ilmiy asoslangan texnologiyalar asosida iste’dodli sport zahiralarini tayyorlash maktablarini yaratish masalalarini o’rtaga tashlamoqda.
13-14 yoshli sportchilarda musobaqaoldi tayyorgarligi davri muhim ahamiyatga ega. Shu davrda bajariladigan maxsus vositalarning shiddati va miqdori ularning musobaqa davrida ko’rsatadigan natijalari bilan chambar – chas bog’liq. Shuning uchun musobaqaoldi tayyorgarligi davri sportchi tayyorgaligining muhim bosqichidir.
Boboyeva Maftuna Zarif qizi tomonidan tayyorlangan “Qisqa masofaga yugurishda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish (boshlang’ich tayyorgarlik davrida)” nomli bitiruv malakaviy ishda ushbu muammoning yechimlari keltirilgan.