Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti mustaqil ish Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yõnalishi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə4/27
tarix21.05.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#58928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2 GIB-21S guruh talabasi Sojida Sattorova

4. O‘zbekiston suv omborlari
Suvni to’plab, undan kelgusida foydalanishga imkon beradigan inshoot suv ombori bo’ladi. Suv omborlari umu­miy ko’rinishi, suvni to’plash shart­sharoitlari, to’g’onining qurilishi usullari bo’yicha xilma­xildir. Ana shu belgilari bo’yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:


­1. yopiq suv omborlari;


­2. ochiq suv omborlari.
Yopiq suv omborlariga suv saqlanadigan katta­kichik idishlar, rezervuarlar kiradi. Bunday suv omborlari te­mirdan, temir­betondan, tosh va boshqa materiallardan quriladi. Ular oqimni kunlar, hafta, oy, ba’zan mavsumlar bo’yicha boshqarishga mo’ljallanadi. O’lkamizda juda qadim­dan mavjud bo’lgan sardobalarni ham ana shunday suv om­borlari tipiga kiritish mumkin.


Ochiq suv omborlari ikki xil bo’ladi:
1. Dambali suv omborlari;


2. Тo’g’onli suv omborlari.
Dambali suv omborlari quyidagi ko’rinishlarda uchraydi:
a) bir tomonlama damba, nishab joyda seldan saqlash maqsadida quriladi;
b) gir aylana damba, gorizontal joyda quriladi;
v) yarim kovlangan damba, suv omborining suv sig’imini kattalashtirish maqsadida quriladi.
Suv omborlarining to’g’onlari vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi:
a) suv sathini ko’tarishga mo’ljallangan to’g’onlar. Ular energetika, suv transporti, daryo yoki kanaldan suv olish maqsadlarida quriladi;
b) suvni to’plash va daryo oqimini boshqarish maqsadida qurilgan to’g’onlar.
Hozirgi kunda yagona maqsadda to’g’on qurish kam uch­raydi. Ko’pchilik to’g’onlar majmuali­kompleks maqsadlarni ko’zlab quriladi.
Suv omborlarining asosiy ko’rsatkichlari
Suv omborlarining ko’rsatkichlari (parametrlari) ikki yo’nalishda belgilanadi:


a)­ suv omborining o’lchamlarini xarakterlaydigan para­metrlar;


b)­ suv omboridan foydalanish rejimini aniqlaydigan parametrlar;
Birinchi turdagi, ya’ni suv omborlarining o’lchamlarini xarakterlaydigan parametrlar quyidagilardan iborat:
a) me’yoriy dimlanish sathi (MDS);
b) foydasiz hajm sathi (FHS);
v) ishchi suv sathi (ISS).
Me’yoriy dimlanish sathi (MDS) shunday sathki, suv ombori shu sathgacha to’ldirilganda to’g’on unda to’plangan suvni uzoq vaqt ziyonsiz ushlab tura oladi. MDS ning tak­rorlanishi va davomliligi daryoning oqim rejimiga va uning boshqarilish darajasiga bog’liq. Daryo oqimini mav­sumiy boshqarishda MDS ga har yili, ko’p yillik boshqa­rishda esa faqat suv ko’p bo’lgan yili erishiladi.
Foydasiz hajm sathi (FHS)­suv omborida to’plangan suvning shu sathdan yuqorida joylashgan qismidan foyda­laniladi. FHS ning takrorlanishi ham daryoning oqim re­jimiga va uning boshqarilish darajasiga bog’liq. FHS daryo oqimini mavsumiy boshqarishda har yili, ko’p yillik bosh­qarishda esa kam suvli yillarda-mejenning oxirida ku­zatiladi.
Suv omborlarining suv sig’imi­hajmining quyidagi ko’rinishlari mavjud va ularning har biriga o’ziga xos vazifa yuklanadi:
a) foydali hajm yoki ishchi hajm (Vf);
b) foydasiz yoki o’lik hajm (Vo’);
v) umumiy yoki to’liq hajm (V);
g) ishchi chuqurlik (hi).
Foydali yoki ishchi hajm MDS va FHS orasida joy­lashgan bo’ladi. Daryo oqimi asosan shu hajmda boshqariladi.
Foydasiz hajm daryo oqimini boshqarishda ishtirok etmaydi, lekin suv inshootidan samarali foydalanishda u muhim ahamiyatga ega. Jumladan, loyqa oqiziqlarning cho’­kishini, GES ni zarur napor bilan ishlashini ta’minlash foydasiz hajm o’lchami bilan bog’liqdir.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin