Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   373
innovatsion

ADABIYOTLAR: 
1. Jerry V. Krause, Don Meyer, Jerry Meyer. Basketball skills &drills” third 
edition. 2008. 
2.
 
Татарова С.Ю., Татаров В.Б. Cпециальные упражнения для совершенство-
вания технико-тактической подготовки баскетболистов. Mосква, -- 2015. 
3. Dustov B. A., Toshov M. K., Sabirova N. R., Fazliddinov F. S. Psychological 
Impact Of Football Games To The Formation Of Individuality Of The Student. 
Journal of Critical Reviews ISSN- 2394-5125 Vol 7, Issue 6, 2020.


675 
4. Sabirova N. R., Yusupov J. N. Possibilities Of Using The Tools Used In 
Teaching Short-Distance Running Techniques. Web of Scientist: International 
Scientific Research Journal. 2021/5/.
5. Исломов Э.Ю., Хамроев Б.Х., Сафаров Д.З. Управление воспитанием 
юного спортсмена во время занятий физическими упражнениями и на 
тренировке // Вопросы науки и образования, 2020. № 20 (104). 
6. Джураева.М.З. Роль физкультуры в формировании здоровых привычек у 
молодых людей. Academy. № 10. 14.10.2020 с 47-49. 
7. Джураева.М.З. Психологическая сущность воспитания спортсменов”. 
Psixologiya № 1.2021 стр 51-55. 
8. Fazliddinov F. The Basis Of Physical Education Of Schoolboys-Physical 
Education Knowledge. Web of Scientist: International Scientific Research Journal 
2 (05), 41-48. 
MILLIY SAN’AT VA MADANIYATIMIZ HAQIDA BA’ZI 
MULOHAZALAR 
Ibadullayeva Shaxnoza Ilxamovna, 
Buxoro davlat universitetining pedagogika 
instituti San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi 
Fayziyeva Xolida Zohid qizi, 
Buxoro davlat universitetining pedagogika 
instituti Tasviriy san’at va muhandislik 
grafikasi ta’lim yo‘nalishi I kurs talabasi 
Ma’lumki, O‘rta Osiyo IX—XII asrlarga kelib markazlashgan yirik 
davlatlar tarkibiga kirgan. Davr taqazosi bilan aynan shunday yiriklashish 
mamlakatning rivojlanishiga, ma’naviy turmush tarziga, ilm, fan, san’at va 
madaniyatning rivojlanishiga zamin yaratdi, Markazlashgan mamlavatning 
shakllanishi Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz, Mavr, O‘zgan kabi shaharlarda 


676 
o‘z aksini topdi. Xususan, me’morchilik o‘zgacha chiroyga ega bo‘lib, 
bunyodkorlik o‘zida, turli uslublarini mujassam eta oldi. Bu esa saroylar, masjid, 
madrasa, minora, maqbaralar, tim va karvonsaroylar bunyod qilinishida asosiy 
poydevor bo‘ldi. Tarixiy davrning ijtimoiy sharoiti, yuksalib borishi natijasida 
me’morchilik san’ati rivojlanib loy, paxsa, yog‘och — sinch qurilish materiali 
o‘rnini pishiq g‘ishtlar egallay boshladi. Bu o‘z navbatida me’morchilikda qurilish 
uslublarining o‘zgarib borishi hamda, mahobatli inshootlar tomi o‘rnini gumbazli 
binolar egallashiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib ilgari qurilgan inshootlar shaklini 
kub shakldagi inshootga bo‘shatib berdi va me’morchilikning yangi uslubini 
namoyon etdi. Shunday me’morchilik shu tarzdagi uslub Ismoil Somoniy 
maqbarasini qurilishida namoyon bo‘lganligini aytish mumkin. Bu yodgorliklar 
O‘rta Osiyoda o‘ziga xos me’morchilikning rivojlanish tarixidan ma’lumot beradi. 
Albatta bunday ulkan inshootlar mamlakatning ko‘pgina shaharlarida yuzaga
kela boshladi. Ular qurilishiga katta mablag‘ sarflanib, nafaqat shaharning
mudofaalangan ichkarisida emas, balki shaxarning so‘lim, ko‘rkam va go‘zal 
bog‘lari atrofida ham bunyod etilgan. Binolar o‘zining maxobatliligi,
serxashamligi, nafis bezaklari bilan xar qanday odamning e’tiborini o‘ziga 
jalb qila olgan. 
Me’morchilik san’ati o‘zining jimjimador naqshlari orqali naqqoshlik va 
tasviriy san’at yo‘nalishidagi muhim ko‘rinishlarni yuzaga chiqardi. Binolarda 
yog‘och o‘ymakor ustunlar, devorlardagi buyoqli ganch o‘ymakorligi bilan 
pardozlanish hususiyatlari kator obidalarning yanada mahobatli, salobatli bo‘lib 
ko‘rinishida muhim axamiyat kasb etgani fikrimiz dalilidir. Odatda tasvirlar 
odamlar va hayvonlar tasviriga ko‘ra, murakkab geometrik (girix) va 
(o‘simliksimon) islimi naqshlardan iborat bo‘lgan. Bu davr madaniyatida nafaqat 
me’morchilik, naqqoshlik san’ati bilan chegaralanib qolgan, balki xattotlik, kitob 
ko‘chirish san’ati shaklida xam rivojlanib borganligini kuzatamiz. 


677 
O‘rta Osiyoning IX —XII asrlardagi madaniy turmush tarzining 
rivojlanishida musiqa san’ati ham muhim rol o‘ynagan. Ularning o‘ta muximligi 
to‘ylar, bayram, xalq sayllarida o‘z ijrosini topgan. Davr ustalari bir qator musiqa 
asboblarini yaratishga muvaffaq bo‘lishgan: Tanbur, ud, rubob, qubuz, nay, 
surnay; qo‘shnay, karnay kabilar xalqning sevimli qo‘shiqlarini, dardlarini ifoda 
etishida qo‘l kelgan. Sevimli «Shashmaqom»ning asl poydevori ham shu davrda 
yuzaga kelgan. Buyuk siymolar Mahmud Qoshg‘ariy, Ibn Sino, Al -Farobiylar 
musiqa nazariyasini yaratishga muvofiq bo‘lgan, shoirlar esa she’riyatga alohida 
e’tibor ajratib, o‘lkaning madaniy sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. 
XIII —XV asrlarga kelib, Temur va Temuriylar O‘rta Osiyo madaniyatini 
rivojlanishida yangi taraqqiyot yo‘lini ochib beradi. Bu davrga kelib ayniqsa, 
me’morchilik, amaliy san’at, adabiyot, musiqa sohasida beqiyos darajadagi ulkan 
o‘zgarishlar yuzaga keladi. Jumladan, musiqa sanati va madaniyatiga alohida 
etibor qaratilgan. Zero, Amir Temur o‘zining har bir shonli g‘alabasida musiqa 
san’atini beqiyos ta’sirini ko‘ra bilgan, uning inson sezgisiga his-tuyg‘usini 
imkoniyatlardan o‘rinli foydalanib lashkariga katta zavq-shavq in’om etgan. Biz bu 
jihatlarni quyidagi misralardan ham bilib olishimiz mumkin; “Amr kildimki,-deb 
yozadi Amir Temur,-o‘n ikki katta amirlarning har biriga bitta bayroq va bir 
nog‘ora bersinlar. Amir ul-umaroga bayroq va nog‘ora, tuman tug‘i va chortug‘ 
taqdim etsinlar. Ming boshiga esa bir tug‘ va karnay(nafir) bersinlar.Yuzboshi va 
ming boshiga bittadan katta nog‘ora (tabol) bersinlar aymonlarning amirlariga 
bo‘lsa, bittadan bayroq, nog‘ora, chortuq va burg‘u bersinlar”. Ushbu misralardan 
shular ayonlashadiki, o‘sha davrda nog‘ora, karnay, katta nog‘ora singari 
cholg‘ularning o‘ta jarangdor tovush va usullaridan harbiy yurishlarida o‘rinli 
foydalanilgan, biror qishloq yoki shaharga hujum qilmokchi bo‘lgan Amir Temur 
lashkari dastavval o‘sha yerga yashirincha karnaychi va nog‘orachilarni kiritib 
bexosdan bu asboblarni ijro ettirgan. Natijada jarangdor va kuchli ovozli bu 
asboblar sadosi aholini dovdiratib sarosimaga solgan va lashkar ruhini g‘alaba sari 


678 
intilishga ruhlantirgan. Amir Temur davriga kelib sozanda va xonandalik musiqa 
ta’limi, hatto bastakorchilik musiqa ilmi keng rivojlana boshlagan. Ayniqsa, taniqli 
san’atkor va ijodkorlar bir maqsad sari ijod eta boshlagan. “Xonandalar mavzesi,” 
“Sozandalar mahallasi ”, “Bastakorlar ko‘chasi” kabilar joriy etilib maxsus 
musiqiy-ijodiy maktablar shakllangan. E’tiborli tomonlari shundaki, murakkab 
musiqiy ijro tizimiga kiruvchi maqom ijrochiligining cholg‘u- ashula, cholg‘u-
ansambl ijro yo‘llari harbiy marosim, saroy tadbirlari va oilaviy marosimlarda 
qo‘llanilgan. Amir Temurning shaxsan o‘zi tayinlagan karnaychi va nog‘orachilar 
turli ommaviy bayram tantanalarni qiziqarli o‘tishida hamda Ramazon oyida 
bozorlarda kechqunlari o‘tkazib turilgan yani “bozori-shab” udumlarida beminnat 
xizmat ko‘rsatgan. 
Xullas, bu davrga kelib o‘zbek xalq musiqasi bilan bir qatorga harbiy-
rasmiy musiqa, mumtoz maqom san’ati, turkiy, arabzabon , forsiyzabon 
xalqlarning folklor ijod san’ati rivojlanib borgan. Zaynulobiddin Xusaynning 
“Qonuni ilmiy va amaliy musiqaviy”, “Najmiddin Kavkabiyning risolayi 
musiqaviy”, “Risolaviy dar biyoboni duvozda maqom”, “Darveshali Changiyning 
risolayi musiqa”, Jomiyning “Risolayi musiqa”, asarlari musiqa ilmining 
rivojlanganlik darajasini nechog‘lik o‘sib borganidan dalolat beradi. Temur va 
uning izdoshlari shuningdek, ulkan inshootlar, karvon saroylar, ko‘prik, xammom, 
madrasa va maschitlar, bog‘lar barpo etishga e’tibor qaratganlar. Kitob san’ati va 
hattotlik, sifatli qog‘oz ishlab chiqarish tez sur’atda rivojlangan. «Sharq Rafaeli» 
nomi bilan mashhur bo‘lgan Kamoliddin Behzod mo‘jaz (miniatura) san’atiga asos 
solgan buyuk siymolardan biridir. Behzod yaratgan har bir chizgida davr nafasi, 
shaxs siymosi o‘z aksini topa oldi. Shunday qilib, milliy san’atimizning 
me’morchilik, xunarmandchilik, uymakorlik, naqqoshlik, amaliy san’at, adabiyot, 
musiqa bilan bir qatorda kulolchilik, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik san’at turlari keyingi 
asrlarda yanada rivojlanib el-yurt madaniyatini o‘sishga, xalqning turmush tarzini 
yaxshilashga olib keldi. Lekin sobiq ittifoq davrida milliy xunarmandchilik va 


679 
amaliy san’at rivoji e’tibordan chetda qoldi. Natijada milliy xunarmandchilikning 
60 dan ortiq turidan atigi 5 tasi saqlanib qoldi, xolos. Davlatimizning mustaqillik 
davlat sifatida faoliyat ko‘rsatgan kundan e’tiboran bu ezgu ishlarga yana e’tibor 
ko‘rsatila boshlandi. 1997-yil “Xalq hunarmandchiliklari va amaliy san’atini 
yanada rivojlantirish davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Vazirlar mahkamasining farmonidan so‘ng, tez orada 30 dan ortiq 
unitilgan hunar turlari tiklandi. Yangi sharqona hunar maktablari shakllandi. 
“Hunarmandlar markazi” tashkil etilib, uning sirasiga kulolchilik, zardo‘zlik, 
zargarlik, gilamdo‘zlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi qaytadan tiklanib, yuqori 
sifatli mahsulotlar bilan bozor rastalari to‘lib-toshdi, chet ellarga mahsulotni sotish 
imkoniyatlari yaratildi. Qadimiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan me’moriy 
obidalar yangidan ta’mirlanib, asl qiyofasini egalladi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin