Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə100/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   169
2 5244698480563199183

Mustaqil ta’lim topshiriqlari:
1.Yoshlik davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari, yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari?
2.Gerontologiya, keksalik psixologiyasi haqida umumiy tushuncha?
3.Gerontologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi sifatida. Psixolog olimlarning keksayish davri haqidagi falsafiy fikrlari?
4.Keksalik davrining o‘ziga xos xususiyatlari?
5.Biologik keksayish davridagi shaxs psixologiyasi?
6.Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari?
7. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Umarov B.M. Psixologiya: darslik / B.M.Umarov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. – Toshkent: Voris-nashriyoti, 2012. – 5-9 b.
2. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 3-8 b.
3. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. – 12-25 b.
4. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.82-120b
5. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 13-18 b.
6.G‘oziyev E.G‘. Ontogenez psixologiyasi.T.:2010.-220-237b.
7. G‘oziyev E.G‘.Psixologiya.T.: 1994.-198-220b.


26-Mavzu: Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor. Guruhlar muammosi.
Reja:
1.Ijtimoiy xulq-atvor xususiyatlari.
2.Xulq-atvorning gender xususiyatlari.
3.Kichik guruhlar psixologiyasi. Katta guruhlar psixologiyasi.
4.Oila psixologiyasi.
Tayanch tushunchalar: Shaxs sosializasiyasi, xulq-atvor, shaxs psixologiyasi, ijtimoiy ustanovkalar, kichik guruhlar psixologiyasi, katta guruhlar psixologiyasi, oila psixologiyasi.

Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondoshishning o‘ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o‘zaro munosabatlarning okibati sifatida qaraladi. Ya’ni Ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga buysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o‘rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri kay yusinda sodir bo`lishi Ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya muammosi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar muammosi bilan bog‘liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarni ishlab chiqish Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.


Xulosa qilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yendoshish uni ma’lum guruhlarning a’zosi, konkret sharoitda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.
Shaxs sosializasiyasi to‘g‘risida gap ketarkan uning fanda ko‘pincha "Shaxs taraqqiyoti" yoki "Tarbiyachi" tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga alohida e’tibor berish kerak. Lekin sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo`lib, aytib utilgan tushunchalardan farq qiladi. Sotsializatsiya - bu individning ijtimoiy muhitga qo‘shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borish jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo`lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni kabo‘l qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o`z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon bo`ladi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro‘y beradi, chunki individda shaxs bo`lishiga ehtiyoj hamda shaxs bo`lishiga imkoniyat va zururiyat bordir. Shuning uchun ham bola tug‘ilib, ijtimoiy muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo`lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin (masalan, chaqaloqlardagi bevosita emotsional muloqotda ehtiyojning borligi).
Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o`z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi:
1) faoliyat sohasi, ya’ni umr mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo`lib bu jarayonda fan katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarning, malaka va ko‘nikmalarining, bilimlarning borligini talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy hislatlarni paydo qiladiki, uning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo`ladi, jamiyatda o`z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) o`z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni "MEN" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo`lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra o`z-o‘zini baholash, anglash, na’zorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. Shaxs sotsializatsiyasi, yo‘qorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bola tug‘ilishi bilan boshlansa-da, sezilarli, samaradorlik nuqtai nazaridan uning bosqichlari farqlanadi. Masalan, birinchi bosqich - mehnat faoliyatigacha bo`lgan bosqich bo`lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi sotsializatsiyaning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongda singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqichga o‘tiladi. Ikkinchi bosqich - mehnat faoliyati davri - bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo`lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatida, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo`lib, aniq hayot yo‘lini tanlagan, turmush ko‘rib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo`ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir. Nihoyat, uchinchi bosqich - mehnat faoliyatidan keyingi davr bo`lib, bunga asosan, aktiv mehnat faoliyatidan so‘ng qarilik gashtini so‘rayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs sotsializatsiyasi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Sotsializatsiya jarayoni ro‘y beradigan sharoitlar, muassasalar xususida gapiriladigan bo‘lsa, turli davrlarda oila, bolalar muassalari, maktab, boshqa o`quv dargohlari, mehnat jamoalarining roli nazarda tutiladi.
Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorida bevosita ishi yoki shaxs tomonidan angl anmasligi mumkin. Shuning uchun ham motivlar anglangan namoyon bo`ladi. U yoki bu xulq-atvorining sababi uning motividir. Lekin bu motivlar anglangan yoki anglanmagan bo`lishi mumkin. Ular haqida "Umumiy psixologiya" kursida ham har taraflama keng so`z yuritilgan. Ijtimoiy psixologiya esa shaxs xulq-atvorining motivlari sifatida i j t i m o i y u s t a n o v k a la r n i o‘rganadi. Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabietdan ainan bir guruh asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi, o‘sha guruhdan yangi bir kitob kitob qo‘lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo`ladi shu manoda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosatbatlarga o‘xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o`z ifodasini topadi. Ya’ni ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy obyektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu obyektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayorgarlik holatidir.
Ijtimoiy ustanovka muammosi G‘arbda, ayniqsa, Amerika Qo‘chma Shtatlarida har taraflama chuqur o‘rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi hayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlariga bogligini o‘rganib, shaxs xulq atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. (U. Tomas, F. Znanetskiy, G. Olport, M. Smit, K. Xovland, Laper, D. Kats, N. Rokich va boshqalar) ular ijtimoiy ustanovkani bir so`z bilan - "attityud"so‘zi bilan ifodalaydilar. 1942 yildayoq M. Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra attityudda uch qism bo`lib, bo‘lar kognitiv qism, affektiv qism hamda konativ qismlardir. Kognetiv qism - bu shaxsdagi attityud obektiga nisbattan bilimlar, uning odam tomonidan anglanishidir. Bunga shaxsdagi bilimlardan tashqari goyalar, tasavurlar prinsiplar va hokazolar kiradi. Attityudning affektiv qismi - bu usha obyektni hissiy emotsional baholash bo`lib, yoqtirish yoki yoktirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qismi yoki xulq-atvor bilan bog‘liq qismiga esa obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor kiradi. Guruh — bu muayyan belgiga, masalan birgalikda faoliyat ko‘rsatishning mumkinligiga va uning harakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo‘lib, kichik va katta guruhlarga bo‘linadi - o‘z navbatida ular ham real, shartli, formal hamda noformal, rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan, ya`ni, rivojlangan va etarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga bo‘linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina odamlarni o‘z tarkibiga olgan sosial umumiylikni tashkil qiladigan real guruhlar shaklida bo‘linishi mumkin. Bu hildagi katta guruhlarga korhonalarning mehnat jamoasi yoki ko‘pgina o‘qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o‘zaro aloqada bo‘lmasalar ham, lekin ayni chog‘da yagona bitta rahbarga bo‘ysunadi. Katta guruhlar ba`zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan va -birlashtiradigan shartli guruhlar shaklida bo‘lishi ham mumkin.
Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uchrashmagan bo‘lsalar ham, lekin bu hildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo‘lgan belgilariga ko‘ra umumiy social va psixologik ta`rifga ega bo‘lishlari mumkin. Jumladan, o‘spirinlar turli shahar va qishloqlarda istiqomat qilishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda bitta katta shartli guruhga birlashtirilishi, ehtimol, ular turli halqlarning tillarida so‘zlashishlari, hech qachon bir joyga yig‘ilmagan bo‘lishlari mumkin. Ularning umumiy sosial (o‘rta maktab o‘quvchilari), yosh (12-15 yashar payti), psixologik (shakllanib kelayotgan ulg‘ayish tuyg‘usi, o‘spirinlik paytida o‘zligini namoyon etishi va hokazo) ta`riflari asosiy belgilariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Katta shartli guruhlarni o‘rganish (yosh psixologiyasida, social psixologiyada va boshqalarda) ularning umumiy xususiyatlari farqlanishi natijasida guruhlarda ish olib borishning ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Shartli guruh sifatidagi o‘spirinlar shaxsiyati rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilgan holda pedagog maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiyaviy ishni sobitqadamlik bilan va samarali tarzda olib boradi. Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadqiq qilish prinsiplari. K a t t a g u r u h l a r kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashqil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak. Ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishini afzal ko‘radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siesiy-mafko‘raviy ahamiyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek, ko‘pchilikni kamrab olishda qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki zielilar sinfi psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik. Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iklim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni qo‘yadi. Shuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o‘rganish hozircha Ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yo‘llanma bo`lib kelmoqda. Qolaversa katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xox bu sinflar bo‘lsin, xox millatlar yoki halqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi. Ijtimoiy psixologik ma’noda, hayot tarzini o‘rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo`lgan kishilar o‘rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o‘zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi.
Etnopsixologiya - bu psixologiyaning shunday tarmogiki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli halqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o‘rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi "halq" tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o‘rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu xalqlarda keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o‘rganish kerak. Shunisi diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning o‘lkamizda o‘tkazilgan bo`lib, uni psixolog A.R.Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo`lib, uni o‘tkazishdan asosiy maqsad L.S.Vigotsqiyning madaniy-tarixiy yondashuv goyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya galaba kozongan O`zbekiston sharoitida turmush tarzining o‘zgarishi bilan O‘zbek xalqi psixologiyasining ham o‘zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o‘zgarganligini isbot qilish bo‘lsa ham tadqiqotchilar o`z-o‘zini anglash va o`z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda utiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan kizlar o‘rtasidagi farq bor-yo‘qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o`z-o‘zini analiz qilish metodi yerdamida o‘tkazilgan bo`lib, ayollarga turli savollar orqali o`z shaxsiga xos xususiyatlarni, o‘zidagi yyetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baho berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo`lib chiqdi. Uyda o‘tirgan ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. Luriya shu narsaga iqror bo‘ldiki, O‘zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga bog‘liq ekanligi, tobelik psixologiyasi ko‘pchiligini aniqladi. Masalan, ayollarga o‘zidagi yomon sifatlarni aytish topshirigi berilganda, ular yomon qo‘shnilarni ko‘rsatishar va umuman o`z-o‘zini baholashdan ko‘ra boshqalarni baholash, ularga sifat harakteristikalari berish ancha yengil tuyuladi.
Kichik guruhlar - hamisha bog‘langan umumiylik bo‘lib, unga kiruvchi shaxslarning o‘zaro birgalikdagi real harakati va ular o‘rtasidagi real o‘zaro munosabatlar bilan bog‘langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo‘lishi, ya`ni yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o‘rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo‘yilgan rahbarlikka ega bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitlarida bu guruhlar sosial jihatdan taqozo etilgan faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘langandir.
Kichik guruhlar muammosi Ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan obyektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida o‘tkazilgan ko‘plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo`lib, ularda olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishla ydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo`lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo`lganligi faktining (koatsiya) ta’siri o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo`lgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar amerikalik N. Triplett, nemis olimi A. Mayers, rus olimi V. M. Bexterev, yana bir nemis olimi V. Mede va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo`lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo`lib, bu ta’sir avvalo, sensor kuchayishlar hamda ish harakatlarning, fikrlashlarning tezligi namoyon bo`ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatiladi, ya’ni boshqalar ta’sirida individ reaksiyalariga tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari; bu narsa fanda individsiya nomini oldi. Lekin olgan faktlarning qandayligidan kat’iy nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi.
Birinchidan, kichik guruhlarning xajmi, uni tashqil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki, kichik guruh "diada" ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb kabo‘l qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda, avvalo oila - yangi shakllangan oila ko‘prok nazarda tutiladi, lekin samarali o‘zaro ta’sir nazarda tutilganda 7-2 kishi nazarda tutiladi. Bunday guruh turli ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar uchun ham, sotsial-psixologik treninglar o‘tkazish uchun ham qo‘lay hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning ulchami qanchalik katta bo‘lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun kadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. Ya’ni, shaxsning ko‘pchilikdan iborat guruhdan o‘zini tortish va uning normalarini bo‘zishga moyilligi ortib boradi.
Uchinchidan, guruhning xajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o‘zaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas’uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari uning o‘rtasidagi aloqalarga doim aniqlik bo`lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar ochik holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
To‘rtinchidan, agar guruh a’zolarining soni tok bo‘lsa, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juft bo`lgan holdagidan ancha yaxshi bo`ladi. Shundan bo‘lsa kerak, boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi.
Beshinchidan, shaxsning guruh tazyiqiga berilishi va bo‘ysunishi ham guruh a’zolarining soniga bog‘liq. Guruh soni 4-5 kishi bo‘lgunga qadar, uning ta’siri kuchaya boradi, lekin undan ortib ketgach ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, ko‘chada sodir bo`lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yerdam berishga intilish, mas’uliyat hissi pasayib boradi.
Bu qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha yengillashtiradi.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin