Mustaqil ta’lim topshiriqlari: 1.Psixologiya va ilmiy texnik taraqqiyot deganda nimani tushunasiz?
2.Umumiy psixologiyaning tarmoqlari nimadan iborat?
3.Umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlarini aytib bering?
4. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi nimadan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Umarov B.M. Psixologiya: darslik / B.M.Umarov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. – Toshkent: Voris-nashriyoti, 2012. – 6-23 b.
2. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 7-49 b.
3. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. O‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. – 5-28 b.
4. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002y.5-12b
5. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 5-25b
3-Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Reja: 1.Faoliyat haqida tushuncha.
2.Inson faoliyatining tuzilishi. Faoliyat turlari.
3.Faoliyatning o‘zlashtirilishi va malakalarni egallash.
4.Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari.
Tayanch tushunchalar: Shaxs, faoliyat, motiv, istak, harakat, ehtiyoj, motivatsiya, o‘yin, o‘qish, mehnat faoliyati, malaka, ko‘nikma.
Faollik (lotincha “actus” - harakat, “activus” - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Faollik negizida paydo bo‘luvchi o‘zgacha sifatni, o‘ziga hoslikni egallagan hatti – harakatni yuksak ko‘rinishi, faqat insongagina taalluqligi orqali u psixologiya fanida faoliyat deb nomlana boshlandi. Faoliyat faollikning shaxsga xos turi sifatida vujudga kelib, o‘ o‘zining psixologik alomatlari bilan xatti – harakatdan tafovutlanadi.
Birinichidan, faoliyatning mazmuni to‘la – to‘kis uni yuzaga keltirgan tabiy, biologik va ma’naviy ehtiyoj bilan sharptlanmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizga qurilishi mumkin. Mabodo ehtiyoj motiv (lotincha mjtiv turtki, harakatga keltiruvchi degan ma’noni anglatadi) sifatida faoliyatga ichki turtki berib, uni jadallashtirishga, faollashtirishga erishsa, u vaziyatda faoliyatning mazmuni, shakllari ijtimoiy: shart-sharoit, talablar, zaruriyat, tajriba kabilar bilan belgilanadi. Shuni alohiida ta’kidlash joizki, insonni mehnat qilishga undagi motiv moddiy ovqatga nisbatan ehtiyoj vujudga kelishi tufayli tug‘ilishi hodisasi muayyan darajada uchrab turadi. Aksariyat hollarda ishchi dastgohni ochlikning oldini olish uchun emas, balki jamiyat tomonidan ma’sul ijtimoiy vazifa sifatida belgilanganligi sababli boshqarishga qaror qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ishchining mehnat faoliyati mazmuni moddiy ehtiyoj bilan emas, balki maqsad bilan belgilanadi, bu o‘z navbatida maqsadning ijtimoiy negizida yotuvchi tayyorlash ma’sulligi bilan uyg‘unlashib ketadi. Modomiki shunday ekan, odam nima uchun bunday yo‘sinda xatti – harakat amalga oshirgani, uning nimani ko‘zlab ish qilayotgani mos kelmaydi, chunki uni faolikka undovchi turtki, xohish – istak bilan faoliyatni yo‘naltiruvchi aniq maqsad o‘zaro mutanosib emas. Binobarin, faoliyat faollik manbai hisoblanmish ehtiyoj sifatiga yuzaga kelgan tarzda faollikning yo‘naltiruvchisi tariqasidagi anglanilgan maqsad bilan idora qilinadi.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixika narsa va hodisalarning xususiy obyektiv xossalarini aks ettirishi, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berishi joiz.
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ro‘yobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni yordamga muhtojligi yo‘q faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalashi lozim. Shuning uchun faoliyat bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshishi amri mahol, chunki u har ikkala omil bilan uzviy aloqaga kirishishganidagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi, xolos.
Inson faoliyati malum aniq motivlar asosida yuzaga keladi. Faoliyatni yuzaga keltiruvchi motivlar odamning turli-tuman ehtiyojlari, qiziqishlari va maqsadlaridir. Lekin ehtiyojlar hama vaqt ham faoliyatning motivi bulla olmaydi. Inson faoliyati ko‘pchilik hollarda anglangan maqsad, ijtimoiy burch, ijtimoiy talablar takazosi bilan yuzaga keladi. Odam ko‘pchilik hollarda jamiyat talablarini o‘z oldidagi ijtimoiy burchini bajarish maqsadida biron faoliyat bilan shug‘ullanadi, faollik ko‘rsatadi va mehnat qiladi.
Faoliyat – anglangan maqsad bilan boshqariladigan insonning ichki psixik va tashqi jismoniy faolligidir.
Odamning xulq-atvori, faoliyati esa tamomila boshqacha xarakterlidir. Inson hayvonlar xatti-harakatlaridan farq qilib, avvalo, ijtimoiy xarakterga egadir. Inson faoliyatiga xos bo‘lgan xususiyatlardan yana biri u bilish jarayonlari va iroda bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, ularga tayanadi, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yo‘z berishi mumkin emas.