Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə132/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   169
2 5244698480563199183

13-amaliy mashg‘ulot:
Mavzu: Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlari.
Reja:
1.Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar.
2.Perinatal davrning o‘ziga xos xususiyatlari. Chaqaloqlik davri.
3.Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
1-TOPSHIRIQ: Mavzuning reja savollarini E.G‘.G‘ozievning “Ontogenez psixologiyasi” darsligi asosida konspektlashtirish.
2-TOPSHIRIQ: Proyektiv metodikalar asosida turli yoshdagi bolalarning intellektual darajalarini o‘rganing.
Psixologiya fani va amaliyotida shaxsni o‘rganishning proyektiv metodikalari alohida o‘ringa ega. Uning yuzaga kelishi va rivojlanishida shaxs, uning ichki dunyosini bilish imkoniyati haqidagi g‘oyalarga bo‘lgan psixologik qarashlar evolyutsiyasi aks etadi. Yarim asrlik rivojlanish tarixiga ega proyektiv psixologiya bugungi kunda inson haqidagi psixologik bilim sohalaridan biri bo‘lib, uni o‘zlashtirmay shaxs haqidagi yaxlit tasavvurlarni shakllantirish mumkin emas. Shaxsni tadqiq qilishning proyektiv metodi proyeksiyalarni aniqlash va tasvirlashga asoslangan.
«Proyeksiya» tushunchasi dastlab Z.Freyd tomonidan sub’ektning ongli va ongsiz tarzda ko‘chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi ob’ektlarga nisbatan holatlarning mazmunini ifodalash uchun qo‘llanilgan. Proyeksiya lotincha «proyektio» so‘zidan olingan bo‘lib, oldinga irg‘itish, tashlash ma’nosini bildiradi. Shaxsni o‘rganishning proyektiv metodi eksperiment natijalariga asosan proyeksiyalarni aniqlash va so‘ngra ularni tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Proyeksiya tushunchasini tavsiflash «Men»ning himoya mexanizmlari bilan uzviy bog‘liq. Proyeksiya sublimatsiya, ratsionalizatsiya, siqib chiqarish bilan bir qatorda himoya mexanizmlaridan biri sifatida qaraladi.
Proyektiv metodlar yordamida inson proyeksiyalarining psixologik mexanizmlari o‘rganiladi. G. S. Friman proyeksiyani:
1) Ongsizlik holati, yani insonning bu holatda boshqa kishilarning g‘oya, qarash, istak, emotsiya yoki xarakter xislatlarini o‘ziga olishi sifatida;
2) O‘z shaxsiy ehtiyojlarini boshqalarga ko‘chirish sifatida;
3) Qandaydir tajribaga asoslangan noto‘g‘ri xulosa chiqarish sifatida qaraydi.
Proyektiv metodlar tekshiriluvchini shunday holatga qo‘yadiki, bunda uning shaxsiy ehtiyojlari, uning o‘ziga xos idroki, tavsiflari va ko‘pgina xarakter xislatlari namoyon bo‘ladi. Proyeksiya so‘zli assotsiatsiyalar, tugallanmagan jumlalar, rasm va dog‘lar, tekshiriluvchining chizgan rasmlari kabi verbal hamda rasmli metodlarning barchasini qo‘llaganda kuzatiladi.
Proyeksiya voqelikni, odamlarni, namoyon qilingan stimullarni idrok etish muayyan darajada shaxsning psixik holati, ehtiyoj, motiv, ustanovkalariga asoslangan. Bunda voqelikni shaxsning psixik holati, ehtiyojlari, xususiyatlariga mos ravishda tavsiflash tendensiyasi mavjud. Proyeksiya anglanmagan psixologik mexanizm hisoblanadi, ya’ni proyeksiya elementlari ongsiz tarzda idrok qilinadi.
Proyektiv metodikalarning asosiy, o‘ziga xos xususiyati - foydalaniladigan stimullarning ko‘p ma’noli, noaniq ekanligidir. Biroq, tekshiriluvchiga tavsiya qilinadigan stimul (rasm, rang, dog‘, verbal informatsiya bo‘lishidan qat’iy nazar) noaniq, ko‘p ma’noli ekanligiga qaramay ob’ektiv xarakterga ega va sub’ekt tomonidan yaratilgan obraz yoki yuzaga kelgan vaziyatga kiritiladigan muayyan xususiyatlarga ega. Olingan natijalar tekshiriluvchi shaxsi haqidagi bilimlar, uni psixologik jihatdan chuqur o‘rganish asosida, shuningdek, psixodiagnostikaning boshqa metodlarini qo‘llagan holda tavsiflanishi zarur.
Proyektiv metodikalar tarixi 1904-1905 yillarda K.Yung tomonidan yaratilgan so‘zli assotsiatsiyalar testiga borib taqaladi. Bu metodikani yaratish bilan Yung shaxsning ongsizlik holatidagi kechinmalarini assotsiativ diagnostika qilish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Keyinchalik assotsiativ testning turli variantlari aybdorlik hissini aniqlash (yolg‘on detektori, M.Vertgaymer va L.R.Luriya), normani patologiyadan ajratish va boshqalar uchun qo‘llanildi. Tugallanmagan hikoya yoki gap testi ham Yungning assotsiativ testidan kelib chiqqan deb hisoblanadi.
Proyektiv metodikalar (lot.projectio -oldinga otish)- proyektiv diagnostik nuqtai nazar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, shaxsni o‘rganishga yo‘naltirilgan metodikalar majmuidir. Dastlab 1939 yilda L.Frank bu metodikalarni belgilash uchun proyeksiya tushunchasini kiritgan, bu tushunchani o‘zgartirishga bir necha urinish bo‘lishiga qaramasdan psixologik diagnostika fanida barcha tomonidan e’tirof etildi.
Proyektiv metodlarning muhim belgisi shundan iboratki, bunda aniq bo‘lmagan, bir xil tuzilmagan stimullardan foydalaniladi. Sinaluvchi uni qayta qurishi, rivojlantirishi, to‘ldirishi, sharhlashi zarur. Proyektiv farazga mos ravishda individumning har bir hissiyoti, uning idroki, his-tuyg‘ulari, fikrlari, harakatlarida shaxsning izini qoldiradi. Insonni faollikka undovchi stimul-vaziyatlar qanchalik kam stereotip bo‘lsa, shaxs o‘zini shunchalik yorqinroq namoyon qiladi. Proyektiv metodikalardagi stimullar nafaqat uning ob’ektiv mazmuniga ko‘ra ahamiyatga ega bo‘lmaydi, sinaluvchi uchun shaxsiy ma’nosiga ko‘ra ham ega bo‘ladi. Ana shundan proyektiv metodikalar uchun xos bo‘lgan javoblarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb baholash xos emas.
Proyeksiyani shunday tushunish uni psixoanalitik talqin qilishdan tubdan farq qiladi. Psixoanaliz proyeksiyani himoya mexanizmlaridan biri deb hisobladi. Bunda “Men” uchun hos bo‘lgan ichki impulslar va hissiyotlar tashqi ob’ektga yo‘naltiriladi, tevarak atrofni o‘zgargan holda idrok qilish sifatida ongga kirib boradi.
Stimul vaziyati bilan bog‘liq proyeksiya jarayonini dastlab G.Myurrey tavsiflagan. Myurreyning ta’kidlashicha, proyeksiya insonning o‘z qiziqishlari, ehtiyojlari ta’siri ostida harakat qilishi tabiiy holati bilan bog‘lanadi. Uning fikricha, himoya mexanizmlari proyeksiya jarayonida namoyon bo‘lishi ham, namoyon bo‘lmasligi ham mumkin.
XX asrning 40-yillarida g‘arb psixologiyasida “proyektiv harakatlar” rivojlandi. Proyektiv metodikalar psixodiagnostikada keng ommalashadi, an’anaviy psixodiagnostik testlar ikkinchi darajaga siqib chiqariladi. Hozirgi vaqtda g‘arb psixologiyasida shaxsni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda, ayniqsa klinik psixodiagnostika sohasida keng qo‘llanilmoqda. Bunga misol sifatida dunyoning ko‘p davlatlarida tashkil etilgan maxsus ilmiy institut va jamiyatlar, faqatgina proyektiv metodikalarga bag‘ishlangan davriy nashrlar, to‘plamlar va monografiyalar, doimiy ravishda o‘tkaziluvchi xalqaro konferensiyalar misol bo‘ladi. 1996 yili proyektiv metodikalarga bag‘ishlangan 15 xalqaro kongress bo‘lib o‘tgan.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin