30
shaxsda namoyon bo‘luvchilar yagonadir.
• Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya
etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish,
individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini
boshqaradi, ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
• Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya
etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish,
individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini
boshqaradi, ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
Individuum jamiyatdan, boshqa insonlardan xoli holda bo‘lmaydi, insonning
xulq-atvori sotsial determinantlar bilan aniqlangan sotsial mazmunda sodir
bo‘ladi, oqibatda insonda boshqa insonlar bilan hamkorlikda sotsial o‘zaro
munosabatlarda ishtirok etishga intilishni ifodalovchi sotsial qiziqishlar
shakllanadi.
• Nomukammallik kompleksi atamasini A.Adler fanga olib kirib, ushbu
tuyg‘uni barcha bolalar jismoniy o‘lchamlari, kam kuchligi va imkoniyatlarining
pastligi oqibatida boshdan kechiradilar.
• Kelajakda juda kuchli, kompleksga aylantirish, ijobiy o‘sish va
rivojlanishni qiyinlashtirishi mumkin. Biroq o‘rtacha darajali nomukamallik
bolada “kuchli bo‘lish yoki boshqalardan kuchli bo‘lish”ga, kamolotga,
ustunlikka, o‘zining qobiliyatlarini rivojlantirishga undash mumkin.
• Kamolotga intilish tug‘ma bo‘lib, bu hayotning bir bo‘lagi, hayotga
intilishning bo‘lmasligi ma’nosiz, deydi A.Adler.
• Mukammalik masqad ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
• Agar u ijtimoiy manfaatga va boshqalarning foydasiga yo‘naltirilgan
bo‘lsa, rivojlanish konstruktiv va sog‘lom yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu rivojlanish,
ko‘nikma va malakalarni kamol toptirish, mukammal hayot uslubiga ega bo‘lish
uchun ishlashga intilish. Biroq ayrimlar mukammallikka boshqalar ustidan
humkronlik qilish orqali erishishga urinadi. Bu hokimiyat va agressiyada
namoyon bo‘ladi.
• Har bir inson intilish va erishishiga mujassamlashuvchi o‘zining hayot
uslubini
ishlab
chiqadi.
Ularning
shakllanishi
bolalikdan
boshlanib,
nomukammallik, ishonchsizlik, kattalar olamida bo‘lishga ojizlik kompleksi
sifatida
shakllanib
boshlaydi.
Hayot
maqsadi
bundan
himoyalanish,
qondirilmagan bugungi hayot bilan yorqin, mukammal kelajak o‘rtasidagi ko‘prik
vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: