Buxoro davlat universitetining pedagogika



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

MA’RUZA № 6 
Mavzu
: O‘g‘il bolalar kiyimlariga xarakteristika berish. 
Reja: 
1. O‘g‘il bolalar kiyimlarining xususiyatlari va uni tayyorlashga qo'yiladigan 
talablar. 
2. O‘g‘il bolalar ko‘ylagining turlari 
3. Bluska haqida ma’lumot 
Tayanch so‘zlar: 
model, furniture, konstruktor, kiyim, badiiy-estetik, orqa, bo‘lak, 
artikul, o'lcham, daraja. 


Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash vazifalariga modellar 
kolleksiyasini tanlash va muhokama etish, yangi modellarning ishlab chiqarish 
dasturini rejalashtirish, ularning konstruksiyasini loyihalash, mehnat sig‘imini, 
rentabelligini va tannarxini aniqlash kiradi. 
Texnologik tayyorlash vazifalariga muhandislik ta’minot har bir alohida 
modelni yoki modellar seriyasini materiallar va furnituraning kerakli artikullari va 
ranglar gammasi bilan komplektlash. 
Korxonada konstruktorlik tayyorlash tarkibi 4 guruh mutaxassisliklardan 
iborat bo`lgan, badiiy konstruktorlik byurosi tomonidan amalga oshiriladi: 
modellashtirish, konstruksiyalash, texnologik va normalash guruhlari. 
Modellashtirish bo`limi chiqarilayotgan mahsulotning badiiy-estetik 
darajasini aniqlaydi. Bu bo‘limda rassom-modelerlar va konfekstionerlar ishlaydilar 
va ularga bosh rassom rahbarlik qiladi. Bo`limning asosiy vazifasi sanoat 
kollekstiyasini eskizli loyihalash va zamonaviy modellashtirish, konstruksiyalash va 
taraqqiy texnologiya darajasiga javob beruvchi modellar namunasini yaratishdan 
iborat. 
Konstruktorlik bo`limini bosh konstruktor boshqaradi. Bo‘lim vazifalariga 
yangi modellarning sanoat kollekstiyalarining konstruksiyasini texnik vazifaga 
binoan ishlab chiqarish va yangi Yeng modali modellar konstruksiyasini kichik 
seriyalar bilan chiqarish kabi ishlar kiradi. Bo‘lim konstruktorlari barcha texnik 
hujjatlarni tayyorlab komplektlashadi, yangi modellarni texnologik oqimga yuborish 
uchun tayyorladilar. 
Texnologlar bo‘limining vazifalari taraqqiy mehnat va energiya tejamchi 
texnologiyalarni 
ishlab 
chiqarish, 
modellarning 
assortiment 
seriyasining 
unifikastiyalashgan texnologiyasini ishlab chiqarish, yangi strukturali materiallar 
xossalarini o`rganib, ishlab chiqarishga kerakli tavsiyalar berishdan iborat. 
Original va etalon andazalarda quyidagi joylarining o'lchash chiziqlari 
belgilanadi: “ko'krak kengligi” o‘lcham chizig‘ida old bo'lak kengligi; “orqa 
kengligi” sathida orqa bo'lak kengligi; o'miz chuqurligi sathida buyumning kengligi; 
bel, bo'ksa, etak chiziqlarida old va orqa bo'laklar kengligi. Yeng andazalarida yeng 


qiyamasining balandligi, tirsak va yeng uchi chiziqlari ko'rsatiladi. 
Original, etalon va ishchi andazalar asosiy detallarining birida buyum 
komplektini tuzuvchi barcha andazalarning ro'yxati — detallar spesifi-kasiyasi 
keltiriladi. Andazalarda quyidagi belgilar ko'rsatiladi: 
tanda ipining yo'nalishi; 
tanda ipining yo'nalishida yo'l qo'yilgan og'ish chiziqlari; 
tarmoq standartlariga binoan detallar uloqlarining yo'l qo'yilgan joyi va 
kengligi; 
detallarni biriktirishda ishlatiladigan nazorat kertiklari. 
Etalon va ishchi andazalar komplektining barcha detallari chetidan 1 mm 
masofada har 8-10 sm da tamg'alanadi. 
Kam o'zgaradigan buyumlar assortimentiga doir (masalan, maxsus kiyim va h.k.) 
ishchi andazalar ekspcrimental sexda saqlanadigan etalon andazalar va o'lchamlar 
jadvali bilan har oyda bir marta solishtirib tekshiriladi. Etalon andazalar esa 
andazalar ishchi chizmasi bilan har uch oyda bir marta solishtirib tekshiriladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin