5.Mysiqiy badiiy didning darajasi
Shunday kilib, badiiy-musiqaviy did quyidagi jarayonda shakllanadi:
Musiqa asarini to’laligicha idrok etish.
Uning ma’nosini tushunib olish.
Agar o’rinli bo’lsa, bajarish. Amaliyotda u namoyon bo’ladi:
Agar bahosida.
Badiiy talablarga javob beradigan asarlarni qabul qilishga intilish.
Asar tanlashda idrokda badiiylikni boshdan kechirish va asarlarni ijro etish.
3-Мавзу: Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy faoliyati mazmuni
4 soat
1.Musiqa tinglash.
2.Vokal kuyi.
3.Cholg’u kuyi.
4.Musiqa savodi.
5.Bolalar ijodi.
Tayanch so’z va iboralar: ajdodlar,Barkamol, shaxs, tarbiya,inson, aql-zakovat,musiqa, ilm. Musiqa,ajdod, avlod, tarbiya, estetik, demokratik, san’at, botiniy, tug‘yonini, munosib, jamiyat, bola, qalb, ma’naviy.
1.Musiqa tinglash. Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi.
Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi. MTMda amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg’ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi. Ammo mashg’ulotning musiqa tinglash qismi oldida o’ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko’ra tinglash imkoniyati ancha keng bo’ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg’u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e’tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka, ko’nikmalari katta rol o’ynaydi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Mashg’ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi: Mashg’ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi:
-bolalarni o’z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari bilan tanishtirib borish;
-bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish;
Musiqa haqida boshlang’ich ma’lumotlar berishni o’rgatadigan asarlar nomlarini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqiga borishga hamda tinglagan asarlariga ma’lum miqdorda badiiy baho bera olishga o’rgatish.
Kichik guruh bolalarning diqqati uncha barqaror bo’lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok etishga qobil bo’ladilar. Ular ayniqsa, kichik qo’shiqlarni yaxshi idrok etadilar. Chunki, so’z va ohang birligi musiqa mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Xususan, tarbiyachi ashula aytganda uning tanish ovozi va ifodalash intonatsiya mimikasi va ishoralari bolalarni maftun etadi. Shu vaqtda bolalarda hosil bo’ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish holatlarini kuzatish mumkin. Ammo bu holatlar tez uyg’onib, tez so’nadi.
— 5 yoshli bolalarda diqqat e’tiborning bir muncha emotsional turg’unligi vujudga keladi. Ular raqs tipidagi kuylarni jonli, ba’zan jo’shqin holatda idrok etadilar. yengil, kuychan musiqalarni birmuncha xotirjam idrok etadilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqa mazmuni va xarakterini bilishga ayniqsa, unda nima haqida hikoya etilishini bilishga qiziqish paydo bo’ladi. Shuning uchun ularda musiqa xotirasi ancha faol rivojlana borib, tinglagan
— 6 yoshli bolalarda esa erkin, ixtiyoriy tarzdagi diqqat e’tibor shakllanib, musiqani diqqatni yig’ib tinglash, uning ayrim detallarini anglab olish qobilyati rivojlangan bo’ladi. Ularda musiqaga qiziqish ko’proq sevimli asarlarni takror-takror tinglash jarayonini yaxshi rivojlanadi. Ular musiqadagi umumiy kayfiyatni yaxshi sezib, asarda badiiy obrazning rivojlanib borishini kuzatishni o’rganib boradilar. Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishga tarbiyachining qisqa va qiziqarli tushuntiruv so’zi katta rol o’ynaydi. Cholg’u kuylari xarakteri va badiiy mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular asarni yaxshi idrok etadilar. musiqa haqida o’z taassurotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo’ladi. Asarni 2 — 3 mashg’ulot davomida takroran tinglash shart. Chunki, har bir tinglashda bola uchun asarning yangi yangi qirralari namoyon bo’ladi va asarga nisbatan ularning muhabbati oshib boradi. Bog’chaning tayyorlov guruhlarida bola o’z yoshiga muvofiq musiqa asarini to’la idrok etishga qodir bo’ladi. Bog’chada olingan bilim zahirasida malaka va ko’nikmasi, musiqa turlari va uning xarakteri farqiga borishga yordam beradi
Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiy vazifalari: 1.Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg’ularini rivojlantirish.
2.Boshlang’ich musiqa tinglash tushunchalarini rivojlantirish.
3.Musiqa tinglash alohida metodlar orqali o’tkaziladi.
Shunday qilib, dasturda ko’zda tutilgan va bolaning musiqa madaniyati rivojlanishida kelajakda asosiy rol o’ynaydigan uch faktor amalga oshadi.
1.Musiqaga qiziqish musiqa asarlarini ishtiyoq bilan tinglash va ularni eslash, olingan taassurotlarni o’ylash.
2.Musiqa tinglashga turg’un diqqat-e’tiborni va tinglash madaniyati boshlang’ich elementlarining shakllanishi.
3.Musiqiy didining shakllanishi, musiqa asarlariga badiiy baho bera olish.
Maktabgacha yoshidagi bolalarga musiqa tinglashi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Bolalarga ular uchun tushunarli bo’lgan,Ayniqsa,milliy musiqalardan ko’proq eshittirish qobiliyatini, musiqiy obrazni farqlay olishni,asardagi his-tuyg’ularni sezishni rivojlantiradi.MYoB ga musiqa madaniyatining elementar asosini singdirishda bolalarning yoshini alohida nazarda tutish kerak.
Musiqa savodi
Musiqa savodining ahamiyati va vazifalari maktabgacha ta’lim muassasasida va oilada olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar, bu oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda Maktabgacha yoshidan boshlab shakllantirishga bog’liq. Darhaqiqat, musiqa savodini o’rganish Maktabgacha yoshidan boshlanadi. Ko’pgina bolalar maktabgacha tarbiya davrida MTMga qatnab, u yerdagi musiqa mashg’ulotlarida dastlabki musiqaviy malakalarni hosil qiladilar. Ko’pgina qo’shiqlar va o’yinlarni o’rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo’ladilar.
Darhaqiqat, musiqa savodini o’rganish Maktabgacha yoshidan boshlanadi. Ko’pgina
bolalar maktabgacha tarbiya davrida MTMga qatnab, u yerdagi musiqa mashg’ulotlarida dastlabki musiqaviy malakalarni hosil qiladilar. Ko’pgina qo’shiqlar va o’yinlarni o’rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo’ladilar.
Uyda tarbiyalangan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo’ladilar: radio va televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari ularga tanish bo’ladi. Garchi ana shu bilimlar sistemaga solinmagan bo’lsa-da, tarbiyachi bolalarda musiqadan nazariy tushunchalar hosil qilishda o’sha bilimlarga ma’lum darajada suyanib ish ko’rishi mumkin. Bolalar muassasalarida musiqa ta’limiga asos solinadi, shuning uchun tarbiyachi musiqa o’qitish metodikasini yaxshi bilishi, maktabgacha yoshdagi kichik bolalarning yosh va ivdividual xususi-yatlarini, ularning musiqa va qo’shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur. Musiqa ta’limini shartli ravishda ikki bosqichga bo’lish mumkin. Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bundan ko’zlanadigan asosiy maqsad,
bolalarning musiqa uquvini o’stirishdir. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho’zimi kabi o’ziga xos xusussiyatlarni ajrata bilishga o’rganishlari va nota yozuvini o’rganishga tayyorlanishlari kerak. Ikkinchi bosqichda nota savodi, ya’ni bevosita musiqa tovushlarining grafik usulda ifodalanishi - nota yozuvini o’rganishga kirishiladi.
Musiqa mashg’ulotlari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. MTM sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog’langan holda amalga oshiriladi. MTMda olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
MTMda olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin: 1.Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga o’rgatish.
Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg’ularini hosil etish yo’li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitib borish.
Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilan tanishtirish, musiqa tinglash, ashula aytish, musiqa bilan harakat qilish, raqsga tushish va bolalarning oddiy musiqa asboblarida kuy chalish ko’nikmalarini shakllantirish va ijodiy qobilyatini o’stirib borish.
Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, ashula aytishning dastlabki ko’nikmalarini hosil etish, qo’shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o’rgatish.
Musiqa asaralaridan ta’sirlanish, shu asosda bolalarda musiqaviy did va badiiy muhokama yuritish malakalarini rivojlantirish.
Turli musiqa mashg’ulotlari jarayonida improvizatsiya qilish musiqadagi badiiy obrazni o’yin va xor ovozlar vositasida ifoda etish, ma’lum musiqaviy mavzuga yangi o’yin o’ylab topish.
Musiqaviy tarbiya mashg’ulotlarini MTM hayoti bilan bog’lash, MTMda o’tkaziladigan turli mashg’ulotlarda va marosimlarda o’rganilgan kuy va qo’shiqlardan keng foydalanish, turli ertaliklar, konsertlar uyishtirish vositasida musiqa kundalik hayotimizning ajralmas yo’ldoshi ekanligi haqida bolalarda tushuncha hosil qilish.
Musiqa savodi.
Musiqa savodi faoliyatida musiqiy tafakkur, tasavvur va musiqiy dunyoqarash shakllanadi. Bu faoliyat turida bolalar musiqaning yaratilish tarixi, musiqaning ifoda vositalari – ritm, metr, registr, o’lchov, lad, temp, nota yo’li va yozuvi, tovushlar uzunligi va balandligi, musiqa ijodkorlari, ijrochilari haqida bilimga ega bo’lish bilan birga, ularning musiqiy tafakkurlari shakllana boradi. Bu o’z navbatida bolalarni musiqa olamiga olib kiradi va musiqiy dunyoqarashlirini shakllantiradi.
Musiqa tinglash faoliyatida musiqiy idrok, musiqiy dunyoqarash shakllanadi. Bu faoliyatda bolalar musiqa tinglab, uni bevosita idrok eta boshlaydilar. Bu esa ularning musiqiy tafakkurlarini shakllantiradi, shuningdek, ularda musiqiy dunyoqarash ham shakllanib boradi. Tinglangan musiqiy asar haqida mulohaza yurita boshlaydilar.
Musiqa ostida ritmik harakat bajarish faoliyatida musiqiy dunyoqarash, musiqiy
did, musiqiy tafakkur, musiqiy idrok, musiqiy ritm hissi va musiqiy xotira shakllanadi. Bu faoliyat turida bolalarda deyarli barcha musiqiy psixologik xususiyatlar shakllanadi. Chunki bu faoliyatda ular o’zlari bevosita musiqiy asarga jo’r bo’ladilar.
Avval ular musiqiy asarni tinglab ko’radilar ( musiqiy idrok), bu esa musiqaning ritmik ko’rinishini eslab qolishni ( musiqiy xotira), qaysi asbobda jo’r bo’lsa yaxshiroq jaranglashini (musiqiy did) tanlashni taqozo etadi. Tarbiyalanuvchi bu faoliyatda mustaqil fikrlashni ( musiqiy tafakkur), natijada uning musiqiy dunyoqarashi shakllanib boradi.
Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish faoliyatida musiqiy dunyoqarash, musiqiy did, musiqiy tafakkur, musiqiy idrok, musiqiy ritm hissi va musiqiy xotira shakllanadi. Ayni vaqtda shuni aytish joizki, musiqaning qanday faoliyat turi bo’lmasin, u shaxsning barcha psixologik jihatlari shakllanishiga yordam beradi.
Shuni ta’kidlashimiz kerakki, musiqiy faoliyatlarning har biri barcha sanab o’tilgan psixologik xususiyatlarni shakllanishiga qisman bo’lsa ham o’z ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi. Jumladan, musiqiy his – tuyg’ular, musiqiy dunyoqarash, musiqiy idrok, musiqiy tafakkur, musiqiy tasavvur va musiqiy qobiliyatni shakllantiradi. Demak, ular bolalarning umumiy musiqiy madaniyati, estetik dunyoqarashining shakllanishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
3.Vokal kuyi.
Vokal musiqasi –Qo’shiq aytish uchun mo’ljallangan uchta asosiy tur bo’lib, bular yakka ijrochi,ansambl, duet,trio, xor bo’lib ijro etish uchun bir ovozda yoki ko’p ovozda musiqa asbobi jo’rligidagi yoki jo’rligisiz ijro etiladigan musiqiy asarlarni ifodalaydi.Vokal san’ati-Qo’shiq aytish mahorati.
Vokal musiqasi –Qo’shiq aytish uchun mo’ljallangan uchta asosiy tur bo’lib, bular yakka ijrochi,ansambl, duet,trio, xor bo’lib ijro etish uchun bir ovozda yoki ko’p ovozda musiqa asbobi jo’rligidagi yoki jo’rligisiz ijro etiladigan musiqiy asarlarni ifodalaydi.Vokal san’ati-Qo’shiq aytish mahorati.
Bu nafas olish bilan birga talaffuz, tovush xosil kilishning o’zaro bir-biri bilan bog’lanishi tushuniladi. Nafas olish tez va chuqur bo’lishi hamda shovqinsiz bo’lishi, nafas chiqarish esa sekin bo’lishi so’zlari anik, tushunarli bulishi kerak. Bu borada tilning, labning holati to’g’ri bo’lishi va pastki jag’ning erkin xarakat qilishi nazorat qilib borilishi lozim.
Vokal va xor malakalari.
Vokal malakalari.
Tovush xosil kilish.
Nafas olish.
Diktsiya (talaffuz) suzlarni anik talaffuz kilysh.
Xor malakalari (soz, tiniklik)
Vokal va xor malakalari (intonatsiya, ansambl). Yoshiga qarab guruhlar.
Kichik guruhda. Tabiiy ovoz bilan zo’rikmasdan qo’shiq kuylash. So’zlarni tiniq va
to’g’ri talaffuz qildirish.
O’rta guruhda. Tabiiy ovoz bilan zo’riqmasdan mayin qo’shik kuylash. Qisqa musiqiy frazalar orasida nafas olish. Qo’shiqni birga boshlab birga tugatish
Katta guruhda. Tabiiy ovoz bilan zo’riqmasdan mayin qo’shiq kuylash. Qisqa musiqiy frazalar orasida nafas olish. Qo’shiqni birga boshlab birga tugatish.
Tayyorlov guruhda. Jarangdor tovush bilan mazmundor va mayin qilib qo’shik ijro etish. Qo’shiq aytishni boshlashdan oldin nafas olish, yelkalarni ko’tarmasdan iafasni
oxirigacha sarflashga xarakat qilish. Unli tovushlarni to’g’ri
talaffuz qilish va so’zlarni to’g’ri aytishp xarakat kilish. Unli tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish bilan so’zlarni to’g’ri aytishga xarakat qilish.
So’z oxirida unli tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish. Hamma birgalikda mustaqil ravishda kuylash, qo’shiqni goh tezlatib, goh sekinlatib kuylashga xarakat kilish.
Vokal-xor malakalari qo’shik aytish jarayonida egallanadi.Qo’shik aytish yullari musikiy
asarlarning murakkablashgani sayin qo’shik aytish malakalari xam murakkablashib boradi. Bu jarayon yuqorida keltirilgan jadvalda o’z aksini topgan. Bu javdalda dasturning umumiy xajmi berilgan bulib, bir muncha guruhlararo murakkablashib boradi. U ayrim notali misollar qo’shik aytish malakalarini oshirishda ishlatiladi. Bolalar yilning oxiriga borib quyidagilarni bilishlari kerak.
Kichik guruh. Pedagogning yordami bilan eng sodda qo’shiklarni musiqiy asboblar yordamida kuylash.
O’rta guruh. Musikiy asboblar yordamida va asboblarsiz eng oson qo’shiklarni kuylash. Katta guruh. Tarbiyachining yordami bilan musikiy asboblarning jo’rligi va jo’rsiz
tarzda, mustakil ravishda qo’shik kuylashni bilishi, o’rganilgan qo’shiklarni eslashlari, to’g’ri yoki noto’g’ri ijro etilayotganligini sezishi. tovushlarning past-balandligini va chuzilmalarini sezishi, to’g’ri talaffuz qilishni o’rganishlari kerak. Maktabga tayyorlov guruhi. Kushikni jurli va jursiz, mazmundor kilib aytishlari, urganilgan kushiklarni eslashlari, jamoa va yakka xolda kushik aytishlari, uzlarini eshitib, xatolarini tuzatishlari, kuyning xarakatini aniklab farklashlari, notalarning nomlarini bilishlari, tovushlarning nota chizishning kaeriga joylashishini, pastdagi notalarning kayorga joylashishini bilishlari xamda ayrim tovush uxshatmalari kilishni bilishlari kerak. Pedagog bir yilda bolalarga nimalar urgatganligini, kaysi bolalarning musikiy kobiliyati rivojlanganliklarini va x k. aniklab borishi va kilingan pedagogik ishlarni xisobga olib borishi kerak.
Shunday kilib, kushik urgatish jarayonida kuyidagi vazifalar amalgA oshiriladi: -Rang-barang qo’shiqlar bilan tanishtirish.
Bu qo’shiqlar bolalarnii ma’naviy dunyosini boyitadigan, yaxshi xislatlarga undaydigan, estetik zavq bag’ishlaydigan hamda bolalarning musiqiy ilhomini ko’taradigan bo’lish kerak;
Maktabgacha yoshidagi bolalarga mos qo‘shiqlar va raqslar estetik tarbiya omili
sifatida
Qo’shiq aytgan yetar murodga, to’lar kuchga, quvvatga!
Dostları ilə paylaş: |