Xulosa.
Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda “Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert
tizimlar” bo`limi bo`yicha elektron modul ishlab chiqdik. Ushbu elektron modulni
yaratish uchun predmet soha chuqur tahlil qilinishi va tahlil asosida ET ning mantiqiy
loyihasi yaratildi. Tahlil qilish uchun eng avvalo tahlil nima ekanligiga qisqacha
to`xtalib o`tsak:
Tahlil, tarqatish, yozish, tekshirish, surishtirish, hal qilish, ochish degan
ma`nolarni bildirsada, unga quyidagicha munosabat bildirish mumkin:
Tahlil, murakkab tafakkur operatsiyasi hisoblanib, uning yordamida predmet
va jarayonlar (hodisalar) aniq o`lchov birligiga ega bo`lgan usullar vositasida yaxlit
tarzda yoki alohida qismlarini turli belgi va xususiyatlari bo`yicha aloqadorlik
darajasini belgilab beradi.
Tahlil tushunchasi quyidagi tasniflarga ega:
1. Narsa, hodisa va shu kabilarni mohiyat, qonuniyat va boshqa jihatlardan tekshirish,
o`rganish ishi;
2. Biror narsa, ma`lumot va shu kabilarni ma`lum nuqtai nazardan o`rganish,
baholash;
3. Biror narsaning tarkibini belgilash va uning mohiyatini tadbiq etish.
Elektron modulni tayyorlash quyidagi bosqichda amalga oshirildi:
1. Elektron modul uchun kerak bo`ladigan barcha ma`lumotlarni yig`ildi,
qayta ishlandi va guruhlandi.
2. Moodle tizimini, iSpring dasturlari o`rnatilib, elektron modul ssenariysini
tayyorlandi.
3. iSpring dasturida turli test topshiriqlari tayyorlandi.
4. Qayta ishlangan va tayyorlangan ma`lumotlar Moodle tizimiga `lumotlar
joylashtirildi.
5. Tayyorlangan elektron modul «Intellektual tizimlar» fanini o`qitishda,
bundan tashqari barcha qiziquvchilar foydlanishlari mumkin.
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
Shuningdek, “Intellektual tizimlar” fani darslarida o`qitishning zamonaviy
shakl va metodlaridan foydalanish talabalarning har tomonlama bilimdon va tarbiyali
shaxs bo`lib yetishuvida katta ahamiyatga ega. Darslarda o`qitishning zamonaviy
shakl va metodlaridan foydalanish jarayonida ta`limning samaradorligini ta`minlash
uchun talabalar faolligini inobatga olish zarur. O`qituvchi talabalar bilan ishlaganda
uning shaxsi, qobiliyati, imkoniyati, qiziqishlari, aqliy va ruhiy faollik darajasini
puxta bilishi kerak. Shu sababli o`qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan
foydalanishning pedagogik va nazariy asoslarini metodik jihatdan tahlil qilib
quyidagi xulosaga keldik:
1.
Talaba nafaqat o`qitiladi, uni mustaqil o`qishga o`rgatiladi;
2.
Talabalarga bilimlar tayyor holda berilmaydi, bilimlarni asosiy manbalardan,
internetdan mustaqil ravishda ola bilish, to`plash, qayta ishlash va kundalik
faoliyatlarida foydalana olishga o`rgatilinadi;
3.
Darslik, qo`llanmalarni mustaqil mutoala qilish, ko`nikma va malakalarini
shakllantirish;
4.
Talabani o`z fikrini bildira olish, himoya qila olish, isbotlashga odatlantirish;
5.
Har bir o`qituvchi o`zi o`tayotgan mavzuga talabalarni to`laqonli darajada
qiziqtira olishlari lozim;
6.
Har bir dars uchun maqsadlar aniq belgilanib olinishi shart;
7.
Har bir dars zamonaviy pedagogik texnologiya asosida o`tilishi lozim;
8.
Har bir dars uchun alohida to`rt xil murakkablik darajasidagi nazorat
topshiriqlari tuzilishi kerak;
9.
Darsni talabalar bilimidan kelib chiqqan holda tashkil etish lozim;
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, darslarda o`qitishning zamonaviy shakl va
metodlarini qo`llash talabalarning ongli, tez, teran fikrlashlarida katta rol o`ynaydi.
Shuningdek o`qituvchilar pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, o`z faoliyatlarida
amaliyotda unumli qo`llay olsalar ta`limni, sifat va samaradorligiga erishish,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash imkoniyatiga ega bo`lamiz.
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
Dostları ilə paylaş: |