FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
I. BOB. NAZARIY QISM
1.1 O`qitishning zamonaviy usullari.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturida» ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni joriy qilish zarurligi ko‘p karra takrorlanadi.
Pedagogik texnologiyalarning o‘zi nima va u an’anaviy ta’limdan nimasi bilan farq
qiladi ?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar,
rasmiy hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg‘or pedagogik texnologiya»,
«Progressiv pedagogik texnologiya» «Zamonaviy ta’lim texnologiyasi» iboralari
keng qo‘llanilmoqda.
Ammo «Zamonavi pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga
tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yo‘q, uning mazmunini yagona
talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi
ko‘pgina tariflari mavjud.
Respublikamizning pedagogika sohasidagi olim va amaliyotchilari ilmiy
asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim
texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga
intilmoqdalar. Xo‘sh, nega yangi pedagogik texnologiyalar zarur bo‘lib qoldi?
Birinchidan, jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi
uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or
pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;
Dostları ilə paylaş: