Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti


-mavzu. Kuzatuv quduqlarida zamonaviy o‘lchov usullarini joriy etish



Yüklə 234,5 Kb.
səhifə4/9
tarix05.09.2023
ölçüsü234,5 Kb.
#141535
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Na\'muna fan dastur — копия

12-mavzu. Kuzatuv quduqlarida zamonaviy o‘lchov usullarini joriy etish.
Kerakli chuqurlikga shurf kavlanadi. Shurf tagi tekislanadi. Asos 5000 sm2. Yuklaydigan qurilma tayyorlanadi. Shtampni ustiga yuk qo‘yiladi. Yuk bir necha bosqichda - 1,2,3 kg/sm2 beriladi. Deformatsiyani o‘lchaydigan indikator joylashtiriladi. Shurfni tagi suv quyish uchun tayyorlanadi. Suv quyish uchun jixozlar tayyorlanadi. Suv quyish boshlanadi. Suv quyish vaqtida suv sarfi va indikatordan kechayotgan deformatsiya ustidan kuzatuvlar olib boriladi.
13-mavzu. Kuzatuv quduqlarida zamonaviy o‘lchov usullarini joriy etish.
Deformatsiya stabillashgandan so‘ng tajriba to‘xtatiladi. Tajriba to‘xtatilgandan so‘ng yuk olib tashlanadi va shtamp ostidagi gruntni xolati fizik-mexanik xususiyati o‘rganiladi.
1.Tajribani o‘tkazish uchun kanalni tayyorlash.
2.Tajriba uchastkasini geologik tuzilishini o‘rganish.
3.Yer osti suvlarini chuqurligini, filtratsion xususiyatini, uning rejimi va kimyoviy tarkibini o‘rganish. Kuzatuv quduqlarini jixozlash.
4.Suv quyish tajribalarini o‘tkazish.
5.Suv o‘tkazmas qatlamni aniqlash. Tajriba o‘tkazilgandan so‘ng kanaldan birmuncha uzoqlikda shurf kavlash va “shtrok” bilan kanal tagiga kirish. Filtratsion jarayonni o‘rganish.
14-mavzu. Kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarini gidrorejim parametrlarini masofaviy nazorat qilishning avtomatlashgan tizimlari.
Kuzatuv qudugʻi - yer osti suvlari va sugʻoriladigan yerdarda sizot suvlar rejimi (joylashgan chuqurligi, minerallashganlik darajasi, kimyoviy tarkibi)ni oʻrganishga moʻljallangan vertikal quduq. Chuqurligi bir necha metrdan 100 m gacha va undan chuqur, diametri 25-98 mm.
15-mavzu. Suv tortib olish quduqlari mintaqalarida rejim kuzatuv quduqlaridan olingan ma’lumotlarni jamlash va qayta ishlab hisobotlar tayyorlash.
Tajriba o‘tkazish uchun asboblarni tayorlash – satx o‘lchovchi qurilma, termometr, reyka, vodosliv, sarf o‘lchagich.
III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
((Laboratoriya ishlari), (Seminar mashg‘ulotlari), (Kurs ishi), (Mustaqil ta’lim)o‘quv rejada ko‘rsatilgan turi (nomi) bo‘yicha yoziladi)
Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan kafedra tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish va boshqalar tavsiya etiladi.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:



1

Suv tortib olish quduqlari mintaqasida monitoring fanining mazmuni

2

Suv tortib olish quduqlarini qurish va ekspluatatsiya qilishdan va undan foydalanish maqsadlari.

3

Suv tortib olish quduqlarini qurish mintaqalarini aniqlash.

4

Suv tortib olish quduqlari mintaqalarida rejim kuzatuv quduqlari.

5

Suv tortib olish quduqlari mintaqalarida rejim kuzatuv quduqlari va peezometrlarni joylashtirish sxemasini ishlab chiqish.

6

Suv tortib olish quduqlari mintaqalarida rejim kuzatuv quduqlari hamda peezometrlar konstuksiyasini ishlab chiqish.

7

Suv tortib olish quduqlari mintaqalarida rejim kuzatuv quduqlari va peezometrlarni belgilangan sxema asosida qurish.

8

Suv tortib olish quduqlari mintaqalarida rejim kuzatuv quduqlari hamda peezometrlarni belgilangan sxema asosida qurish.

9

Kuzatuv quduqlarida rejim monitoringi oraliqlarini belgilash kuzatuv ishlarini tashkil qilish.

10

Kuzatuv quduqlarini filtrlar bilan jihozlash .

11 Burg‘ilash ishi, burg‘ilash nasoslarini jihozlash va uning parametrlari
12 Kuzatuv quduqlarida zamonaviy o‘lchov usullarini joriy etish.
13 Kuzatuv quduqlarida zamonaviy o‘lchov usullarini joriy etish.
14 Kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarini gidrorejim parametrlarini masofaviy nazorat qilishning avtomatlashgan tizimlari.
15 Suv tortib olish quduqlari mintaqalarida rejim kuzatuv quduqlaridan olingan ma’lumotlarni jamlash va qayta ishlab hisobotlar tayyorlash.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada bir akademik guruhga ikki o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilib, mos ravishda pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.



Yüklə 234,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin