Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə3/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
maruza

Mavzu №2: Nasoslarning asosiy parametrlari va tasnifi.
Reja.
1 Tehnik nasoslardan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish..

2Texnik kompressor uskunani ishlatish paytida rejali texnik xizmat ko‘rsatish


3 Ish paytida tekshirish va ta’mirlash.

Nasos stansiyasini me'yorida ishlatish uchun ular kerakli ulovchi quvurlar; berkituvchilar; teskari klapanlar; chiqarib turuv-chi moslamalar; saqlovchi va ishga tushuruvchisi bo'lgan nasoslar uchun uzatma; КИП va boshqaruv tizimi bilan ta'minlangan bo'lishlari kerak. Qoidaga ko'ra, qurilmalar KM va K. larga javob beruvchi yong'inga qarshi vositalar bilan jihozlangan bo'lishi kerak, ya'ni ventilatsiya, yoritish va isitish tizimi mavjud bo'lgan imoratlar.


Neft va neft mahsulotlarini haydovchi nasoslar joylashadigan imorat (xona) tomsiz (shiftsiz), olovga chidamligi bo'yicha I yoki II darajali bo'lishi kerak. Nasos stansiyasi xonasining poli qulay yuviladigan va neft mahsulotlarini shimmaydigan materiallar bo'lishi kerak. Xona eshigining eni eng katta qurilmaning tashqi o'lchamiga mos kelishi, ya'ni 1,2 metrdan kam bo'lmasligi, balandligi esa 2 metrdan kam bo'lmasligi kerak. Nasos stansiyasining alohida xonasida kuchlanishi 10 kVt gacha bo'lgan transformator joylashishi mumkin. Ill toifali neft omborlarining nasos stansiyasi binosida dizel generatorini joylashtirishga ruxsat etiladi. Berkituvchi moslamalar tizimini nasos xonasining ichida yoki tashqarisida joylashtirish qabul qilingan me'yor bo'yicha amalga oshiriladi. Masalan, imorat tashqarisida berk nasos devoridan bir metrdan kam bo'lmagan, eshik va deraza joyidan esa 3 metrdan kam bo'lmagan uzoqlikda joylashtiriladi. Nasos stansiyasiga kelayotgan uzatuvchi va so'ruvchi quvurlarda avariya holatida ishlatiladigan berkituv-chilarni nasos stansiyasi devoridan 10—50 metr uzoqlikda o'rnatish kerak. Quvurlar xona polida temir-beton plitalari bilan yopiladigan tarnov ichiga yotqizilgan bo'lishi kerak. Yengil alanga oluvchi va yonuvchi suyuqliklarni haydash uchun nasos stansiyalarining xonalari shamol beruvchi-suruvchi ventilatsiyalar bilan jihozlanadi. Stansiya xonalaridagi havo almashuvini me'yoriy soni jadvalda keltirilgan. Nasoslarni harakatga keltirish asosan elektrodvigatel yordamida amalga oshiriladi. Ichki yonuv dvigateli va bug' mashinalari faqat elektr manbasi o'chganda, avariya holatidagi nasos stansiyalarning agregatlarini harakatga keltirish uchun ishlatiladi.

Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin