Sinov savollar 1. Nasos stansiyasining o‘rtacha soatlik sarfini hisoblash.
2. Hisbiy naporni aniqlash usuli.
3. Napor zahirasini aniqlash.
Tayanch iboralar: Nasos stansiyalarining hisobiy ish rejimi, nasos stansiyasining o‘rtacha soatlik sarfi, suv quvurlarining xususiy sarfi, hisobiy napor, napor zahirasi.
Mavzu :17 Nasos stansiyasining uskunalarini tamirlash.
Reja. 1. Nasos stansiyasi uskunasining ishlash parametrlarini vizual va eshitish orqali tekshirish.
2. Nuqson qaydnomalarni rasmiylashtirish qoidalari.
GHA ishga tushirish jarayoni K3his (yuklanmagan holatda ishga tushirishda) jo'mragi berkitilgandan keyin yoki ITN to'xtatilgandan keyin (yuklangan holatda ishga tushirish) КЗ jo'mragini berkitish bilan tugalianadi. Agar KZ jo'mragi 120 soniya vaqt davomida berkitilmasa, u holda «tugallanmagan ishga tushirish» signali beriladi. Bu holda ishga tushirishni bekor qiluvchi buyruq berilmaydi, chunki GHA da ishga tushirish bo'yicha deyarli barcha operatsiyalar bajarilgan bo'ladi. КЗ jo'mragi avtomatik tarzda qo'shilmagani uchun uni masofadan yoki qo'l bilan berkitish mumkin. GHA ishga tushirish КЗ jo'mragi bilan tugalianadi.
GHA to'xtatish. Avtomatik operatsiyalarning ikkita algoritmi GHA to'xtatish paytida ko'zda tutiladi: normal va halokat yuz berganda to'xtatish. Normal holatda to'xtatishda operatsiyalarning ketma-ket bajarilishi taxmin qilinadi, bunda bosim beruvchi moslamaning noto'g'ri ish rejimi bilan ishlashi ishisno qilinadi, chunki buning oqibatida qismlarning echilishi va tuzilishiga olib keladi. Shuning uchun КЗ jo'mragini ochish faqat К6 jo'mragining bosim beruvchi moslamalarini shuntlovchi guruhi ochilgandan keyin ko'zda tutiladi, natijada qolganlari GHA guruhida ishlashga noqulay holatga tushib qolmaydi. Kl va K2 jo'mraklarining berkitilishi esa faqat elektrodvigatelni o'chirgandan keyin va КЗjo'mragini ochgandan keyin amalga oshiriladi, oqibatda GHA ni to'xtatish yengillashadi.
Halokat yuz berganida to'xtatish GHA ishlash jarayonidan maksimal tezlikda chiqarishni maqsad qilib qo'yiladi: bosim beruvchi moslama aylanishini zudlik bilan to'xtatish va uning bo'shlig'ini gazlardan tozalash shular jumlasiga kiradi. Shuning uchun GHA halokat yuz berganda to'xtatishga buyruq berilganda elektrodviga-tel darrov tarmoqdan uziladi va hamma jo'mraklar bosim beruvchi moslamaning ulama joyida qo'shiladi. Normal to'xtatish bilan taqqoslanganda gazning bosim beruvchi moslamaga kelish vaqtini 3—4 marta kamaytirishga imkon beradi, bu esa bosim beruvchi moslama buzilganda yong'in va portlashlar yuz berish ehtimolligini pasaytiradi. Elektrodvigatelni zudlik bilan o'chirish elektr nosozliklarni lokalizatsiya (chegaralash) qilish va boshqa GHA ishlashini saqlash uchun uning releli himoyasi ishlab ketgan paytda hamda halokat yuz berganda to'xtatiladigan GHA mumkin bo'lgan mexanik buzilishlari ko'lamini kamaytirish uchun texnologik himoya vositasi ishlab ketganda zarur bo'ladi.
Normal va harakat yuz bergan holatdagi to'xtatishlar bo'yicha qolgan operatsiyaler bir xiJ bajariladi. Elektrodvigatelni tarmoqdan uzgandan keyin ITN ishga tushiriladi, K5 jo'mragi ochilgandan keyin va bosim beruvchi moslama bo'shlig'idagi gaz bosimi pasayganidan keyin ZN (zichlashtiruvchi nasos) to'xtatiladi. GHA to'xtatish 480 soniya o'tgandan keyin ITN (ishga tushirish nasosi) to'xtatishi bilan tugallanadi, bunday vaqt davomida ishlab turish zarurati shu bilan izohlanadiki, GHA hali ishlash maromini yo'qotmagan va uning podshipniklari ham sovishga ulgurmagan bo'ladi.
Agar bosim beruvchi moslamaning ulama joyida КЗ jo'mragi o'rniga teskari klapan o'rnatilsa, sxemalarda КЗ jo'mragi bilan mos keladigan operatsiyalar bajarilishi o'tkazib yuboriladi. Masalan, GHA normal to'xtatish holatida elektrodvigatellar K6 jo'mragi ochilgandan keyin o'chiriladi.
Elektr yuritmali GHA avtomatlashtirish sxemasi. GHA ishga tutashirish va to'xtatish jarayonlarini avtomatlashtirish 1 bo'limda bayon qilingan prinsiplar bo'yicha relekontaktli elementlar asosida qurilgan. Elektr yuritmali GHA avtomatlashtirish tizimining xususiyati - yuritmali elektrodvigatellarni boshqarish va uni himoyalashdir.
Bosim beruvchi moslamaning yuritmali elektrodvigatelini boshqarish — bu eng awal uning yuqori voltli ulash-uzish kalitini boshqarish hisoblanadi (reaktorli ishga tushirishda ikkita ulab-ajratkichni boshqarish), sinxron elektrodvigatel uchun uning g'alayonlashtiruvchi qurilmasini boshqarish ko'zda tutiladi. Bu elementlarni birgalikda, o'zaro bog'lanishda boshqarish elektrodvigatelni yondirishni va har xil tashqi ta'sirlardan keyin uning ish rejimini avtomatik tarzda qayta tiklanishini, shuningdek, texnologik himoya va elektrodvigatelning releli himoya vositasi ishlab ket-ganda GHA to'xtatilishini ta'minlaydi.
Elektrodvigatelni ishga tushirish uning ulab-ajratkichini ulash orqali va asinxron rejimdan sixron tezlikkacha erishishdan boshlanadi, undan keyin g'alayonlantirish avtomatik tarzda uzatilib, elektrodvigatelning sinxron holda ishlashiga imkoniyat yaratiladi. Reaktorli ishga tushirishda elektrodvigatel sinxron tezlikkacha erishish uchun g'alayonlantirish uzatilishidan oldin reaktorni shuntlaydigan ikkinchi ulab-ajratish tizimiga ulanadi.