Sinov savollari
1. Nasoslar deb nimaga aytiladi.
2. Hajmiy nasoslarga qanday nasoslar kiradi.
3. Nasoslar klasifikatsisini tushuntiring.
Tayanch iboralar:
Nasolar, parrakli nasoslar, oqimchali nasoslar, nasoslar klasifikatsiyasi
Mavzu nomi №23:
Nasoslarni konstruktiv tuzilishga karab ajratish.
Reja.
Nasoslar turlari.
Bosim ko‘rsatkichlari.
Magistral quvurli kompressor stansiyalarida elektr energiya, suv, moy, havoning turg'un sarfisiz hamda ishlab chiqarish va xo'jalik uzatish yo'llarining to'plovchi hamda yo'naltiruvchi tizimisiz texnologik uskunalarning ishlashi va texnologik jarayonlarning borishi mumkin emas. Ishlab chiqarish maydonlarida asosiy texnologik obyektlar bilan birgalikda turli maqsadga xizmat qiluvchi bir toifadagi yordamchi obyektlar ham quriladi. Yordamchi obyektlarni avtomatlashtirish, qoida bo'yicha ularning ishlashini doimiy ishlovchi kishisiz ta'minlay oladigan hajmda hosil qilinadi.
Avtomatlashtirish yositalari va apparatlari bevosita obyektga joylashtiriladi. Kompressor va nasos stansiyalari yoki neft bazaning operator yoki markaziy boshqaruv punktiga umumiy avariyaviy hamda qurilmaning ishdan chiqishi to'g'risidagi ogohlantiruvchi signallar chiqariladi. Yordamchi obyektlarni avtomatlashtirish tizimlari obyektlarning ko'rinishiga qarab bo’linadi.
Elektr ta 'minotini avtomatlashtirish tizimi transformator oststansiyalari, suyuq yoki gazsimon yoqilg'ida ishlovchi elektr stansiyalari, o'zgaruvchan yokifo'zgarmas tokning zaxira manbalari (akkumulyator batareyalari) ni qamrab oladi.
Suv ta'minotini avtomatlashtirish tizimi suv nasosi stansiyasi, ishlab chiqarish, xo'jalik va yong'inga qarshi maqsadlarda suv to'plash hajmlar, texnologik agregatlar va apparaturalar orqali o'tuvchi suvni sovitish qurilmasiga kiradi.
Yong'inni o'chirishni avtomatlashtirish tizimi mashina zallaridagi va tortish stansiyalari, rezervuar parklari maydonidagi yong'inning tarqalishini oldini olishga mo'ljallangan.
Issiqlik ta'minotini avtomatlashtirish tizimi asosiy ko'rinishda qozonxona qurilmalarida quriladi. Bu qurilmalar texnologik maqsadlarda qaynoq suv yoki bug' uzatish hamda ishlab chiqarish va maishiy xonalarni isitishga xizmat qiladi.
Moy ta'minotini avtomatlashtirish tizimi ko'p sexli kompressor stansiyalari kabi yirik iste'molchilar uchun bo'lib, tortuvchi nasos qurilmasiga ega bo'igan, moy saqlashga mo'ljallangan rezervuar parklari hamda qayta ishlangan moyni tozalash qurilmalarining nazorati va boshqarishni hosil qiladi. Bu tizimlar neftbaza rezervuar parklarni avtomatlashtirish tizimlaridan prinsipial farqlarga ega emas.
Kanalizatsiya inshootlarini avtomatlashtirish tizimlari sanoat maydonlaridan chuqurliklarda to'planganlarni ishlab chiqarish va xo'jalik yo'llari orqali davriy avtomatik tarzda chiqarib tashlashni ta'minlaydi.
Havo kompressorli qurilmalarini avtomatlashtirish tizimlari gazomotorli kompressorlarga, pnevmoavtomatik tizim va nazorat o'lchov asboblari (NO'A) ning ishlashini ta'miniovchi, dizil yoki gazsimon yoqilg'ida ishlovchi motorgeneratorga ishga tushiruvchi havo uzatkichga xizmat qiladi.
Ventelyatsiya qurilmalarini avtomatlashtirish tizimlari kompressor sexlari xonalarini portlovchi gaz konsentratsiyalaridan tozalash va havo ventelyatorlarini yoqishga xizmat qiladi.
Gaz yoqilg'isini uzatishni avtomatlashtirish tizimi gazni tozalash, quritish va belgilangan o'zgarmas bosimda gaz turbinasiga, gazomotokompressorga va yordamchi qurilma KS ga uzatishni ta'minlaydi.
Shamollatish qurilmalarini avtomatlashtirish 4.2- da keltirilgan prinsip bo'yicha amalga oshiriladi.
KS da havo ta'minotini avtomatlashtirish
Bu qurilmalarni avtomatlashtirish resiver R (sig'imlar) da havo bosimini berilgan holda ushlab turishni ko'zda tutadi (30- rasm). Odatda iste'molchini havo bilan ishonchli ta'minlash uchun ikkita kompressor o'rnatiladi: biri — ishchi, boshqasi zaxira kompressori.
Ikkitalik kompressor qurilmalarini boshqarish sxemasida elektrodvigatel Ml va M2 lar iste'molchiga uzatiladigan yeridan resiver R ga siqilgan havo (gaz) beruvchi kompressor Kl va K2 ning yuritmalarini ta'minlaydi. Tizimdagi bosim ikki elektrokontaktli manometr EKM1 va EKM2 lar bilan nazorat qilinadi. EKMlmax va EKM2max kontaktlar qisqa tutashuvi sodir bo'lganda bosimning yuqori chegarali bir xil bo'lishi mumkin. EKM1 va EKM2 kontaktlarda o'rnatilgan bosimlar har xil bo'ladi.
Sxemada shunday ko'zda tutilganki, resiverda bosim pasayishi bilan boshida avtomatik tarzda bitta kompressor ishga tushadi, agar bosim pasayishda davom etsa, ikkinchisi ham ulanadi. Universal qayta ulagich UP1 ning mos holatga o'rnatilishiga qarab ish rejimi (qo'lda yoki avtomatik)ni aniqlaydi. Avtomatik boshqarishda (UP1 o'ngga burilgan) relelar RP1 va RP3 lar yeyilishi bilan chiziqli kontaktlar KL1 va KL2 lar ulanadi. Bular elektrokontaktli manometrlar bilan bevosita (EKMlmin) yoki oraliq relelari RP3 va RP4 lar bilan boshqariladi (EKM2JJ EKMlmilx, EKM2min). Uni versal qayta ulagich UP2 kompressorlarning ish rejimini aniqlaydi (biri — ishchi, boshqasi — zaxira).
Dostları ilə paylaş: |