Buxoro viloyati Romitan tumani



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/5
tarix23.02.2020
ölçüsü0,57 Mb.
#30516
1   2   3   4   5
Ahmad Yassaviy REFERAT

Biografiyasi


Yasaviy tug’ilgach, ko’p o’tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yasaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg’ul bo’ladi. Yasaviy opasi bilan Yassiga ko’chib borgach, ustozi Arslon bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi ("Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim..."). Yasaviy Yasida botin ilmi sirlarini mukammal o’zlashtirgan. O’sha zamonlarda ilm-maʼrifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo’lgan BuxorodaTurkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yig’ilishgan. Arslon bob ko’rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tilibilan bir qatorda fors tilini ham chuqur o’rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy, Abdulloh BarqiyXoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslak bo’lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o’rin oladi.

Alisher Navoiy Yasaviy to’g’risida "Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g’oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish", — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. Yasaviy turkiy xalqlarni islomgayanada kengroq jalb qilish va tasavvuf g’oyalarini omma ko’ngliga chuqur singdirish maqsadida sheʼriyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning taʼkidlashicha, Yasaviyning "adabiyotda tutgan yo’li sodda xalq shoirlarimizning tutg’on yo’lidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan sheʼrlar bilan barobar".

Ijodlari


Yasaviy nuqtai nazarida hikmat — "ilmi laduniy", yaʼni ilmi g’aybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega. Yasaviyning o’zi "Devoni hikmat" nomi bilan biron bir kitob yaratmagan. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan. Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yasaviyga aloqasi yo’q, degan daʼvoni ilgari surishga asos bermaydi. So’fi Olloyor Yassaviy haqida fikr bildirib, yana shunday degan: Shariatda edi ul oftobe, Qolibdur bizga ul erdin kitobe.

"Devoni hikmat"da ilohiy ishq va oshiqlik, maʼrifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy va taʼsirli ohanglarda yoritib berilgan. "Devoni hikmat"dagi barcha sheʼrlar ham Yasaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida maʼlum o’zgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning o’nlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan g’oyaviy, axloqiy, maʼnaviymaʼrifiy va mafkuraviy yo’nalishni o’zgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan o’nlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning "Javohir ulabror min amvojil bihor" asari ham to’la tasdiqlaydi.

Yassaviyning faqat ijodiyoti emas, qancha umr ko’rib, qachon vafot etganligi ham bahsli. U hikmatlaridan birida "Yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim", deydiki, bu so’zlar tarixiy haqiqatdan ko’ra, manoqibiy mazmunga ega. Bundan tashqari, 125 yillik uzoq bir umrning yarmidan ko’pini "yer osti"da ("Oltmish uchda yer ostiga kirdim mano", deydi Yassaviy) o’tkazish aql bovar etmas hodisadir. Lekin ko’pchilik tadqiqotchilar uning vafot tarixini 1166—67 yil deb qayd etishgan.

Uzoq vaqt mobaynida Yasаviy hayoti va ijodiyotini ilmiy jihatdan tadqiq etishga imkon berilmadi. Asarlarini nashr qilishga yo’l qo’yilmadi. O’tgan asrning 70-yillarida Yasaviyning milliy madaniyat, til va adabiyot tarixidagi xizmatlarini to’g’ri baholash yo’lidagi urinishlar esa qoralandi. Mustaqillik arafasida, xususan, O’zbekiston istiqlolga erishgandan keyin yassaviyshunoslikda yangi davr boshlandi. Dastlab turli gazeta va jurnallarda "Devoni hikmat"dan namunalar eʼlon qilingan bo’lsa, 1990—92 yillarda uning 2 mustaqil nashri kitobxonlar qo’liga yetkazildi. Ushbu nashrlar nafaqat O’zbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda ham bu buyuk mutasavvifning hayoti, adabiymaʼrifiy faoliyati, izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirdi. 1993-yil O’zbekistonda Yasaviyga bag’ishlab ilmiy anjumanlar o’tkazilib, maʼruzalar matni alohida majmua shaklida chop etildi. Matbuotda Yasaviyning shaxsiyati, tariqati, sheʼriyatidan bahs yuritilgan maqolalar bosilib chiqdi. O’zbekistondagi bir qancha ko’cha va mahalla Yasaviy nomi bilan ataladi. Yasaviylik tariqatining soslari «Faqrnoma»(ayrimlar Yasaviyga nisbat beradilar), «Maslakul-orifin»«Lamaʼot»«Samaratul-mashoyix»«Javohirul-abror» kabi manqaba va risolalarda aks etgan. «Devoni hikmat» kitob shogirdlari tomonidan tartib berilgan. Unda ilohiy ishq g’oyasi va maʼrifiy mazmun yetakchilik qiladi. Hikmatlar maʼno va mohiyat eʼtibori bilan Qurʼoni karim va Muhammad alayhissalom hadislariga chuqur bog’langan. «Devoni hikmat»ning 20dan ortiq nusxalari O’R FA ShI jamg’armasida saqlanadi. Asar qo’lyozmalaridan eng qadimgisi 17 asrga tegishli.

Yasaviy merosi va tariqati xorijda L. Massignon, A. Arberri, M. Smitt, X. Kisling, F. Mayer, A. Shimmel, R. Xartman, F.Ko’prulu, J. Trimingem, K. EraslonIdris ShoxDevin Di UisRossiyada A. Krimskiy, I. Petrushevskiy, E. Bertels;O’zbekistonda Fitrat, A. Saʼdiy, E. Rustamov, B. Qosimov, I. Haqqulov, N. Hasanov tomonidan o’rganilgan.

Qabri Qozog’istonning Turkiston shahrida, 14 asrda Amir Temur tomonidan taʼmirlangan. Turkistonda Ahmad Yasaviy nomidagi turk-qozoq universiteti mavjud.

Badiiy ijodda ham Yassaviy obrazini yaratish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda. Yozuvchi Saʼdulla Siyoyev "Yasaviyning so’nggi safari" romanining 1-kitobini (1994) chop ettirdi.

She’rlar


Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg‘on,

Har kim topsa, rozi bo‘lib, bo‘yi sung‘on

Yaxshilarga xizmat qilib duo olg‘on,

Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo‘q.

Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg‘on,

Bu gumrohdin so‘rmang savol, yo‘lda qolgan,

Haqni topgan o‘zi pinhon, so‘zi pinhon

Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga.

Banda bo‘lsang mehnat tortg‘il g‘ofil odam,

Oqil ersang g‘animatdur senga shul dam

Omonatdir aziz joning yurma beg‘am,

Eshitib o‘qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad.



Buxoro viloyati

Romitan tumani

7-umumta’lim maktabining

7-“A” sinf o’quvchisi

NASULLAYEV AZIZning

O’zbekiston tarixi fanidan


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin