Buyrug‘i idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/52
tarix06.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#125786
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Kelishilgan:
O‘zbekiston Respublikasi
Xususiylashtirish, monopoliyadan
chiqarish va raqobatni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi raisi
2014-yil 10-yanvar
(imzo)
X. Xxxxxxxx
Rais
(imzo)
X. Xxxxxxxx
Toshkent sh.,
2014-yil 22-mart,
133-son


5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
29/34
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh
direktorining 2014-yil 22-yanvardagi 318-son buyrug‘iga
ILOVA
“Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa
kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Buyruq muqaddimasidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish
markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar
bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) 1-bandning o‘n ikkinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va
nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi”
degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “telefon” degan so‘z “telefon raqami, elektron pochta manzili, emitentning rasmiy
veb-sayti (ular mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 7-bandda:
ikkinchi xatboshi “shuningdek” degan so‘zdan keyin “telefon raqami, elektron pochta manzili,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi “, shuningdek telefon raqami va elektron pochta manzili (ular mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
g) 16-band “, mazkur Nizomda belgilangan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
d) 19 va 24-bandlardan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
e) 25-bandda:
ikkinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Markaziy depozitariy boshqa sabablarga asosan reyestrni shakllantirishni rad etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.”;
j) 26-banddagi “ikki ish” degan so‘zlar “besh” degan so‘z bilan almashtirilsin;
z) 28-bandda:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
i) 36-banddagi “qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi” degan so‘zlar “Markaziy depozitariy” degan
so‘zlar bilan almashtirilsin;
k) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Markaziy depozitariy tomonidan reyestrni shakllantirish faqatgina emitentning barcha nominal saqlovchilaridan mazkur emitent
qimmatli qog‘ozlari egalarining ro‘yxatlari qabul qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi.”;
l) 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va korporativ obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarni to‘lash uchun reyestr reyestrni
shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomadan kelib chiqqan holda mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq elektron yoki qog‘oz hujjat
ko‘rinishida tegishlicha shakllantiriladi.”;
m) 54-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
n) 58-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘zining joylashgan eri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili, emitent rasmiy veb-sayti, shuningdek mazkur Nizomning
6-bandida keltirilgan boshqa ma’lumotlarning o‘zgarganligi to‘g‘risida yozma ravishda axborot berishi shart.”;
o) 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun shakllantirilgan reyestr vakolatli shaxsga berilgandan so‘ng yigirma kun davomida
Markaziy depozitariy reyestrning qog‘oz shaklidagi bir nusxasini, shakllantirilgan reyestrga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bunday holatlar
to‘g‘risidagi axborotni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga taqdim etadi.”;
p) 69-banddagi “taqdim etmasligi” degan so‘zlar “taqdim etishni asossiz rad etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 28-iyundagi 16-mh-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-12, 28.06.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/2565-12/0580-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish 
qoidalariga
11-ILOVA
NAMUNA

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin