Buyrug‘i idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning turlari va amal qilish muddatlari



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/52
tarix06.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#125786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning turlari va amal qilish muddatlari
6. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur Qoidalarning 
1 — 12-ilovalariga 
muvofiq buyruq va qarorlar tarzida qabul qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
7. Buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan
qabul qilinadi.


5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
3/34
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
8. Qarorlar davlat qo‘mitalari va idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat qo‘mitalari
yoki idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Ikki yoki undan ortiq vazirlik va idoralarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari qarorlar tarzida qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
9. Buyruq va qarorlar boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
10. Buyruqlar va qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 
1 — 5-ilovalariga 
muvofiq ushbu buyruq yoki qarorning tarkibiy qismi bo‘lgan
nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bitta buyruq yoki qaror bilan bir nechta nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar yoki boshqa hujjatlar tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
11. Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan o‘zaro tizimli
bog‘langan qoidalarni belgilashni nazarda tutadi.
12. Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida huquqiy normalarni belgilashni nazarda tutadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
13. Yo‘riqnomalarning asosiy mazmuni qonunchilik hujjatlari qoidalarini qo‘llash tartibini belgilashni nazarda tutadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
14. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar muayyan muddatga (vaqtinchalik) yoki nomuayyan muddatga qabul qilinishi mumkin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin.
15. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilish muddati:
a) aniq sana bilan;
b) muayyan hodisaning yuz berishi yoxud idoraviy normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi bilan
chegaralanishi mumkin.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin