BOYSUN TUMANI 39-SONLI MAKTABINING BOSHLANG`ICH TA`LIMI O`QITUVCHISI Norxidirova Risolatning ONA TILI FANIDAN 3-SINFLARGA “BUYRUQ GAPLAR” MAVZUSIDA
Sinf:_______ Sana:__________ Mavzu:Buyruq gap (95-97-mashqlar). Darsning maqsadi: Ta’limiy: o‘quvchilarga buyruq gap haqida ma’lumot berish; Tarbiyaviy:tabiatni kuzatish va asrashga o‘rgatish; Rivojlantiruvchi: gap tuzishni o‘rgatish orqali o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; Darsning turi:yangi bilim beruvchi dars. Darsning metodi:«To‘g‘ri-noto‘g‘ri», «Sinkveyn» metodi, «O`rgimchak to'ri» ta’limiy o‘yini. Darsning jihozi:multimedia ilovasi, tarqatma materiallar, rasmlar. Darsning borishi: Tashkiliy qism.
a) salomlashish, davomatni aniqlash (ingliz tilida) b) o`quvchilarning darsga hozirligini nazorat qilish She`riy savol-javob orqali dars boshlanadi. -Bolajonlar, sog`-omonmisiz, Bugungi darsga tayyormisiz?
-Barchamiz sog`-omonmiz, -Bugungi darsga tayyormiz! -Barcha narsadan xabarchi, -Bugun kimdir navbatchi? -Bugun mendir navbatchi, -Tayyor barcha o`quvchi! -Hozir ona tili darsimi? -Ona tilim jon tilim Sen o`zingsan, boy tilim
Darsimiz shiori: -Chiroyli yoz, yozsang xat, Chunki, bu ham bir san`at.
Ob-havo, kuz fasli haqida savol-javob orqali suhbat uyushtirish. Darsning “Oltin qoidasi”ni tanishtirish. Dars davomida o`quvchilarning faolligini oshirish maqsadida quyoshchalar rag`bat sifatida beriladi.