Buyuk allomalarimiz va mutaffakirlarimizning ustoz, murabbiy va o`qituvchilik kasbi haqidagi fikrlarini ifodalang.
Ilm o‘qib qilmagan amal maqbul, Dona sochib ko‘tarmadi mahsul. Olim bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olim-u fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi. Alisher Navoiyning fikricha, bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, bunda har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan kurash, uni oxirigacha yetkazish, chidam va sabot bilan o‘rganishni ta’kidlaydi. Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o‘z davrida to‘g‘ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini belgilab beradi: ya’ni Alisher Navoiy ta’lim tizimini o‘z davrida o‘quv muassasasi, madrasalarda o‘qish, olim, hunarmand, san’atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Alloma yoshlarga chuqur bilim berishda muallimning, mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Bunday muallimlar shogirdlarni yonida yuzlari yorug‘ bo‘lib, doimo izzatda, hurmatda bo‘ladilar, deb ta’kidlaydi.
Shunday qilib, biz Alisher Navoiyni pedagog-mudarris deb atashimiz mumkin. Chunki ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berib, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‘rsatib o‘tadi. U ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olgan buyuk pedagogdir. Chunki boqiy hayotga intilgan Navoiy fikricha, dono inson o`zining kuch-quvvatiga aql-u zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong`ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo`lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko`rsa-tadigan olim sifatida ta’riflaydi. Bu fikrni “Nazm ul-javohir” asarida:
Kim olim esa nuqtada barhak de oni,
Gap bazm tuzar bihishti mutlah de oni,
Har kimsaki yo`q ilmga anga ahmoq de oni,
Majlisdaki ilm bo`lsa uchmas de oni.
Yoki ilmli, aqlli odam o`z maqsadiga erishish uchun har qanday qiyinchilikka ham chidaydi, kim ilmni o`ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, xor bo`lmaydi va ilmning vazifasi inson baxt-saodatiga xizmat qilishdir, deb ta’kidlaydi. Demak, Alisher Navoiy o`zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy–axloqiy asarlarida o`zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlari deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to`g`rilik, rostgo`ylik va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonga yomonlik razillik bo`lmasligi, bunday inson yashagan jamiyat ham ravnaq topishi, barcha xalq baxt-saodatga erishish mumkin, deb hisoblagan. Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning komil insonni shakllantirishga oid fikrlari, uning ta’limiy-axloqiy qarashlari pedagogik fikr taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Allomaning qarashlari o`zidan oldin o`tgan olimlarning bu boradagi ilg`or ta’limotiga, shuningdek, komil insonni tarbiyalashga oid an’anaviy Sharq xalqlari ta’lim-tarbiya yo`riqlariga asoslanadi. Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko`rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. O`z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi.
Adabiyotlar
1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami.Yigirma jildlik. 16-jild. T.: “Fan”, 2000. B. 26.
2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami. Yigirma jildlik. 14-jild. Т.: “Fan”, 1998. – B. 83.
3. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. O`n besh jildlik. 13-jild. – T.: “Badiiy adabiyot” nashriyoti, 1966. – B. 189-190