Buyuk Ipak yoʻli



Yüklə 6,53 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü6,53 Kb.
#188817
ipak yoli

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tarixi

yoʻli
Buyuk Ipak yoʻli
  • Buyuk Ipak yoʻli — qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasi. Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.

Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi
  • Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan ErongaMesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. 
  • Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.

Tarixi

  • Qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qitalararo karvon yoʻli (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-asr). Buyuk Ipak yoʻli atamasi ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sirasrorlaridan bexabar boʻlishgan.
  • Buyuk ipak yoʻli atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻlini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi.
  • 1987-yil YuNESKO madaniy taraqqiyot boʻyicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida „Ipak yoʻli — muloqot yoʻli“ xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur Oʻrta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. 

Vizantiya imperiyasi va Xitoy imperiyasi oʻrtasidagi buyuk ipak yoʻli (555-yil)
  • Oʻzbekistonda Buyuk ipak yoʻlini tiklashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1995-yil 2-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi

Yüklə 6,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin