Kalit so’zlar: falsafa, mantiq, tabiiy fanlar, axloq, siyosat, Aristotel, Arastu, Aflotun.
Vatanimizdan yetishib chiqqan buyuk qomusiy olimlar, tabiiy ilmiy fanlar bilan bir qatorda ijtimioy, gumanitar fanlar sohasida xam katta yutuqlarga erishdilar. Ayniqsa Abu Nasr al Forobiy ta’limoti dunyo ahamiyatiga molik bo’lgan ma’naviy durdonadir. Forobiy yaqin va o’rta sharq mamlakatlar orasida birinchi bo’lib, jamiyatning kelib chiqishi jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini uning maqsad va vazifalari haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. O’rta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini , inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishligini asoslab berdi.
Forobiy ulug’ gumanist, insonparvar faylasuf sifatida inson qadr-qimmatini kamsituvchi va o’zga mamlakatlarni bosib olishga asoslangan jamiytga qarshi chiqdi. Mutafakkir “odamlarni tinch-totuv va o’zaro hamkorlikda yashashga, insonparvar bo’lishga da’vat etadi. Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang’ich asos insoniylikdir,shuning uchun odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari uchun o’zaro tinchlikda yashamoqliklari lozim”-deydi mutafakkir. Forobiyning dunyoqarashi ,uning jamiyat va axloq to’g’risida yaratgan yaxlit ta’limoti o’rta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiy-falsafiy , siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Forobiy ilgari surgan fikrlar XVI-XX asrlarda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o’rganildi.
Mutafakkir qoldirgan me’ros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki yevropada ham tarqaldi va ijtimoiy falsafiy fikr taraqqiyotda sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Abu Nasr Muhammad ibn Tarhon al Forobiy (870-950) asarlari : Kitob – ul xuruf Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum , Siyosat falsafasi, Fuqorolik siyosati. Falsafa va tibbiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asarlar muallifidir.Bu kitoblarda bilish vositalari ekanligidan keilb chiqqan.Bunda mutafakir nazariy (mantiq, falsafa, tibbiy fanlar) va amaliy ( axloq , siyosat) fanlarni farqlagan.Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni sohta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o’ringa qo’ygan.Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida etibor bergan.Aynan falsafa insonga borliqning imkoniyatini mohiyatini tushunish imkonini beradi.
Forobiy dunyoning rang-barangligini tushunturish uchun Aristotelning shakl va materiya haqigdagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo’shilmagan , chunki uning paydo bo’lishi va o’limi tananing paydo bo’lishi va o’limi bilan bir vaqtda yuz beradi deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas,balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida aglab yetish nazariyasidir.Forobiy borliqning birinchi sababi sifatida Xudo deb xisoblagan bo’lsada uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tafsiflanadi. Forobiy turli ilmlarni yaxshi bilgan qomusiy olim edi.U falsafa, mantiq, iloxiyiot, axloq,siyosat, falakiyot, kimyo,musiqa va boshqa ilmlarga oid o’nlab kitoblar yozgan. U mashxur mutarjim Abu Bashir Matta bilan birgalikda Arastu (Aristotel) asarlarini tarjima qildi va uni doxiyona sharhlar ila boyitdi.Shundan keyin unga “al-Muallim as-soniy” (“Ikkinchi muallim”) va sharq Arastusi unvoni berildi.
Abu Nasr Farobiy 336 xijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi. Abu Nasr Forobiy 260 dan ziyot ilmiy ish yaratdi. Uning kitoblari 2 turga taqsimlanadi.Birinchisi falsafa boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun , Arastu va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharxlari.Ba’zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni 40 donaga yetgani xaqida ma’lumotlar berishmoqda. Forobiy o’zining falsafiy faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. U o’z dinini maxkam tutadigon musulmon bo’lgan. Shu bilan birga u, Aflotun va Arastu mazhabiga o’xshash falsafiy mazxabga asos solgan birinchi musulmon faylasufidir. O’sha paytda Aflotunning “at-tosu’ot” nomli kitobi tarjima qilinib xato tariqasida Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada “Rububiyat”nomi bilan mashxur bo’lgan bu kitobni o’qigan Forobiy Arastuning fikrlari huddi Aflotunnikiga o’xshar ekanligiga hujjat va dalil topilganligidan xursand bo’lgan va mazkur ikki faylasufning boshqa kitoblarini xam muvofiqlashtirish uchun xarakat qilgan.
Forobiy xam Aflotunni , xam Arastuni bir xilda yaxshi ko’rar va qadrlar edi.Shu bilan birga bu ikki shaxsning fikrlari bir-biriga zid bo’lishini tasavvur qila olmas edi.Uning “al-Jam’u bayna ra’yay al-Xakimayni Aflotun al –Ilohiy va Arastutolis”-ikki xakim –Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarini jamlash deb atalgan kitob Forobiyning bu borada olib borgan xaqiqatining gultoji hisoblanadi.
Forobiy o’zining bu ishi ila birinchi bo’lib islom olamida Aflotun falsafasini diniy masalalarda top tortmay ishlatishga yo’l ochib berdi.Forobiy birinchi bo’lib Allox taoloning borligiga olamni dalil qilib keltirmay u zotning borligini yolg’iz aqliy dalil bilan isbot qilishning yangi uslubini keltirdi.U bor narsalarni ikkiga –Vujudi mumkin va Vujudi Vojibga taqsimlaydi.Mumkinul vujud dunyodagi mavjudotlar bo’lib ularning bo’lishi mumkin bo’lganidek,bo’lmasligi xam mumkin.Ularga qarasak ba’zilari yo’qolib ,o’rniga boshqalari paydo bo’lib turganini ko’ramiz.Ana o’shalar o’zidan boshqa narsaning tasiri tufayli o’zgaradi va almashadi . Ularning xar biriga alohida nazar solsak xam shu holni ko’ramiz.Bu silsilaning oxirgi nuqtasi bo’lishi kerak.Ana shu oxirgi nuqta , xamma mumkinul vujudlarning borib taqaladigan nuqtasi Vojibul Vujud –Vujudi Vojib bo’lgan, U bo’lmasa boshqa narsalar bo’lmaydigan zotdir. Forobiyning falsafasida Allox –Vojibul Vujuddir.Mazkur aqliy dalilga binoan Voijibul Vujud quyidagi sifatlarga ega : 1. Allox taoloni ta’riflash mumkin emas.
2. Allox taoloning boshqa narsalarga o’xshab mohiyati yo’q.
3. Allox taolo zarurat yuzasidan yolg’izdir, sherigi yo’qdir.
4.Allox taolo modda emas.U xolis aqldir.
U xolis yaxshilikdir.Forobiyning islom aqidasiga to’g’ri kelmaydigan falsafasidan biri “Allox juz’iy narsalarni bilmaydi” deyishidir. Shuningdek Forobiy e’tiqodga tegishli olamning yaratilishi , nafs ,aql ,nubuvvat va boshqa mavzularda xam falsafa yuritgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Abu Nasr al Farobiy . Fozil odamlar shahri. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2016.
Abu Nasr Farobiyning ijtimoiy-ma’naviy me’rosi. Toshkent. Tafakkur 2015.
3.“Mutafakkirlar” ilmiy ommabop risola turkumi. Toshkent.Taffakur 2010.
Dostları ilə paylaş: |