Buyuklar yashaydi qalblarda mangu



Yüklə 55,4 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü55,4 Kb.
#194510
Buyuklar yashaydi qalblarda mangu


Buyuklar yashaydi qalblarda mangu “ nomli tadbir senariysi.
Sinf xonasi bayramona bezatilgan .Alisher Navoiy surati qo`yilgan. Milliylikni aks ettiruvchi buyumlar ham qo`yilgan bo`ladi.
1)1-boshlovchi :
Assalom Navoiy mo`’tabar ustoz.
Xalqim e’zozlagan buyuk ajdodim,
Assalom ajdodim buyuk alloma
Yo`lim yoritguvchi porloq quyoshim .
2- boshlovchi ;
Quyoshdek shu’la sochgan
Bilimga keng yo`l ochgan
Bizni erkalab quchgan
Sizgadir ushbu kalom ,muallimlar assalom.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum ,aziz mehmonlar.Qalbi quyosh ustozlar. Bugun she’riyat mulkining sultoni ,buyuk mutafakkir Amir Nizomiddin mir Alisher Navoiyning muborak ruhlarini shod etgani to`plandik.
2-boshlovchi:Alisher Navoiy hazratlari haqli ravishda Turkiy tilning asoschisidir .Hozirgi kunda yurtimiz bo`ylab Alisher Navoiyning 577 yilligi keng nishonlanmoqda .Bugun biz ham Navoiyni yod eturmiz.
2) She’rlar guldastasi;
- Navoiy deganda quloqlarimga , Uzoq asrlardan bir nido kelur
Navoiy deganda quloqlarimga , Qahraton qishda ham xush novo kelur.
-Ko`p jahongir ko’rgan bu dunyo
Barchasiga guvoh yer osti
Lekin do`stlar se’r ahli aro
Jahongiri kam bo’lar rosti.
-Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she’r
Temur tug’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
3) Alisher Navoiy haqida ma’lumot.
Alisher Navoiy 1441-yil 9- fevral kuni hirot shahrida dunyoga kelganlar. Otalari G’iyosiddin Bahodir saroy beklaridan bo`lganlar .Shoir bolalik chog`laridanoq zehnlari o`tkir bo`lib ,4-5 yoshlaridan boshlab o`qish va yozishni o`rganib olganlar ,ko`plab g`azallarni yod bilganlar.
4) Sahna ko`rinishi (Navoiyga ism qo`yish marosimi ).
5) – Niyatlar ijobat bo`lib ,u ulug` donishmand , buyuk shoir va iste’dodli olim bo`lib yetishadi .Alisher Navoiy butun faoliyatini va ijodini odamlarning baxtu saodatiga ,ilm –fan taraqqiyotiga bag`ishladi .
- Alisher Navoiy saroy muhitida voyaga yetdi .Bolalik chog`laridanoq olimu fozillar davrasida bo`ldi .
-3-4 yoshida Qosim Anvarning she’rini yod aytib ,hammani hayratga soldi . Udo`sti Husayn Boyqaro bilan birga maktabga bordi .
- Bo`lajak shoir Sa’diyning “Guliston “ , “Bo`ston “, Fariddin Attorning “ Mantiqut ut –tayr “ asarlarini zor ishtiyoq bilan o`qiydi va yod oladi .
-U 12 yishida otasidan yetim qoladi va Abul Qosim Bobur saroyiga xizmatga kiradi . 15 yoshida shoir sifatida elga tanildi . Ijodda she’riyatning 16 xil janridan foydalanadi .
- Xalq parvar Navoiy 52 ta rabot , 20 ta hovuz , 16 ta ko’prik , 9 ta hammom qurdiradi .
- Navoiy bobomiz o`zbek ,fors tillarini mukammal bilganlar . Forschada “ Foniy ” O`zbekchada “ Navoiy “ taxallusini berganlar .
6) Sahna ko’rinishi : ( Navoiynig maktabga borishi )
7) Navoiy hikmatlaridan namunalar.
- Haq yo`lida senga bir harf o`qutmish ranj ila ,
Aylamak bo’lmas ado oning haqqin yuz ganj ila .
-Er kishiga zebu ziynat hikmatu donish durur,
Yaxshi kiymak birla xotunlarga oroyish durur.

-El aybini ayturg’a birovkim ,uzotur til ,


O`z aybini fosh aylagali til uzotur bil .

-Ilm o`qub ,qilmag`on amal maqbul,


Dona sochib ,ko’tarmadi mahsul.

-Bilmaganni so`rab o`rgangan olim ,


Orlanib so`ramagan o`ziga zolim.
-Befoyda so`zni ko`p aytma ,
Foydali so`zni ko`p eshiturdan qaytma.
-Yomon bila yaxshi orasida ko`p farqdur
Ikki kemaning uchini tutgan g`arqdur.
-Bilmaganni so`rab organgan olim, orlanib so`ramagan o`ziga zolim.
-Boshni fido ayla ato qoshig`a
Jismniqil sadqa ano boshig`a
Ikki jahoninga tilarsen fazo
Hosil et ushbu ikkisin rizo
Tun-kuningga aylagali nurfosh
Birisin oy angla birisin quyosh.
8) Shoirlar nazmida Navoiy madhi .
- Donolarning donosi Chor devonni yaratgan
O`z asrining dahosi Xamsani ham sayratgan
Nazm odam otosi Dunyolarni qaratgan
Bu Navoiy bobomdir. Bu Navoiy bobomdir.
-Sizning poyingizda jannat nafasi,
Tarix dunyosining orzu –havasi.
Bitdingiz Farhodning hayot chashmasin
Hazrat qalbingizda qasr she’riyat
Qasrkim har bitta ustuni hikmat

Ozbegim dovrug`in ko`kka eltdingiz


Unmagan niholni chinor etdingiz,
Buyuklik shahrining sultoni bo`lib,
Qalblarda abadul abad qoldingiz,
Hazrat qalbingizda qasr she’riyat
Qasrki har bitta ustuni hikmat .
- Qancha zamon o`tdi , qancha jang –jadal
Qancha shoir o`tdi bitib g`azal she’r
Lekin ko`ngillardan mangu ko`chilmas
She’rlar bitgan edi bobom Alisher

G`azali kirmagan bir yurak yo`qdir.


Faromush bo`lmaydi hatto bir so`zi .
Uni anglamoqlik o`zni bilmoqlik
Axir Navoiy bu millatning o`zi.

Hech unut bo`lmagay , hech bir ash’ori


Ko`z Yoshi to`kishib o`qishar hamon .
Dostonlari dildan joy olar chuqur.
Uni o`chirolmas hech kim hech zamon.

-Mir Alisher Navoiy Mir Alisher Navoiy Mir Alisher Navoiy


Bobomiznig kitobi G`azal mulkin sultoni Me’rosi tamom bo’lma
Yoritar dilimizni Yaxshilikka chorlaydi Nabiralar bor ekan
Misli bahor oftobi. Uning she’ru dostoni. Bobomiz nomi o`lmas
9) Sahna ko`rinishi (Navoiy bilan lutfiy suhbati )
10) Navoiy g`azallaridan parchalar.
- Qaro ko`zum kelu mardumlig` Emdi fan qilg`il
Ko`zum qarosida mardum kibi vatan qilg`il
Yuzing gulig`a ravzasin yasa gulshan
Qadding niholiga jon gulshanin chaman qilg`il
Takovaringg`a bag`ir qondin hino bog`la
Itingg`a g`amzada jon rishtasin rasan qilgil.

-Yuzung visolig`a etsun desang ko`ngullarni


Sochingni boshdin oyog` chin ila shikan qilgil
Yuzida terni ko`rub o`lsam ey rafiq meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilgil
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang
Aning boshog’lig’ o`qin shqm’i anjuman qilg`il.

-Ko`rgali husnungni zoru mubtalo bo`ldum sanga


Ne balolig` kun edikim oshno bo’ldum sanga
Har necha dedimki kun –kundin uzay sendin ko`ngul
Vahki kun-kundin battarak mubtalo bo`ldim sanga
Men qachon dedim vafo qilg`il manga zulm aylading
Sen qachon deding fid obo`lgil mongo , bo`ldum sanga

Qay paripaykarg`a dersen telba bo`lding bu sifat.


Ey pari paykar qilsang qil mango, bo`ldum sanga
Ey ko`ngul tarki nasihat ayladim ,avvora bo`l
Yuz balo etmaski men ham bir balo bo`ldum sanga
Jomi jam birla Xizr suyi nasibim dir mudom
Soqiyo to tarki joh aylab gado bo`ldum sanga
G`ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro
To Navoiydek asiru benavo bo`ldum sanga .

-Mehr ko`p ko`rguzdim ammo mehribone topmadim


Jon base qildim fido oromijone topmadim .
G`am bila jonimg`a yetdim , g`amgusore topmadim
Hajr ila dilxasta bo`ldim , dilistone topmadim
Ishq aro yuz ming malomat o`qiga bo`ldim nishon
Bir kamon abro`da tizlikdin nishone topmadim .

-Ko`nglum ichra sarv o`qdir g`uncha paykon gul tikan


Dahr bog`i ichra mundog` gulistone topmadim
Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko`rmadim
Ishq kuyida o`zimdek notavone topmadim

-Ko`p o`qudim Vomiqu Farhodu Majnun qissasin


O`z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim
Ui ammon ichinda bo`lsin , ey Navoiy garchi men
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim
Tab’ ganjidin maoniy xurdasin , yuz qatla hayf
Kim nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.
11) Raqs (Navoiy g`azaliga).
12) Buyuk insonlarning Alisher Navoiyga bergan ta’riflari :
-O`zbeiston Respublikasining birinchi prezidenti I . A . Karimov hazrat Navoiy haqida shunday deydilar .”Agar bu zotni avliyo desak , u avliyolarning avliyosi , mutafakkir desak , mutafakkirlarning mutafakkiri , shoir desak , shoirlarning sultonidir”.

-Mirzo Bobur shunday deydilar : Alisherbek Benazir inson edi .Turkiy til birla she`r aytibdurlar ,hech kim oncha ko`p va xo`p aytgan emas.


- Munis ta’riflagandek: Navoiyki jahongir turur,
Munisga maoniy yo`lida turur.
-Akademik Bertelis o`z hurmatini shunday so`zlar bilan namoyon etadi:
Shoirlar bo`ladiki ,bizni o`zlariga ta’zim qilishga majbur qiladilar , lekin ba’zan kishi ijodkor oldida shoshib qoladi :uning dahosi oldida ta’zim qilish bilan birga ,uni inson sifatida buyuk muhabbat bilan sevishni ham bizdan talab qiladi .Mir Alisher Navoiy ana shunday ulug` inson va shoir edi .
13)Alisher Navoiy ruboiylaridan .
-Maydoni sahro ichra jalodat ko`rguz,
Topqonni berur amrig’a odat ko’rguz .
Buxul aylasa nafsingg`a adovat ko`rguz,
Har nimaiki topilsa saxovat ko`rguz .

-So`zdurki ,nishon berur o`likka jondin ,


So`zdurki , berur jong`a xabar jondin .
Insonni so`z aylab judo hayvondin , Bilki guhare sharifroq yo`q ondin
-Tuxum yerga kirib chechak bo`ldi ,
Qurt jondan kechib ,ipak bo`ldi .
Lola tuxmicha g`ayrating yoqmi ?
Ipak qurticha himmating yo`qmi ?

-G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish


El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa
Bulbulg`a tikandek oshiyon bo`lmas emish .

-Jondin seni ko`p sevarmen ey umri aziz


Ondin seni ko`p sevarmen ey umri aziz
Har nenikim sevmak ondin ortiq bo`lmas
---------------------------------------------------
14) “Xamsa” haqida ma`lumot.
-Hirot tuprog`ida voyaga yetgan
“Qush tili yo`llarini munavvar etgan.
Yillar to`zonidan sog` omon o`tgan ,
Navoiy bobomlar buyuk odamlar.
“Xamsasi “ ko`ngilni shamdek yoritgan .
Tilimizni ko`rkam boy etgan
Mag`ribu mashriq ham iftixor etgan
Alisher bobomlar qutlug` odamlar
Dostonlari chiqmqgay yoddan
So`rang Majnun ,Qaysdan ,Farhoddan,
Layli ,Shirin qaddi shamshoddan
Navoiy bobomlar buyuk odamlar.

--Alisher Navoiy bizga ulug` ma’naviy xazina 5 dostondan iborat xamsa asarini yozib qoldirganlar. Asar 1483-1485 yillarda yozilgan .

-Asar 26 ming 415 baytdan iborat bo`lib ,”Hayrat ul –abror”,”Layli va Majnun “, “Farhod va shirin “, “Sabbai sayyor”,”Saddiy Iskandariy” dostonlarni oz ichiga oladi .
-Navoiydan oldin Nizomiy va Dehlaviy ham “Xamsa” yaratganlar.U shulardan ilhomlanib ,o`z “Xamsa”sini Turkiy tilda bitdi .
Emas oson bu maydon ichra turmoq ,
Nizomiy panjasig`a panja urmoq,
Kerak sher oldida ham sheri jangi
Agar sher o`lmasa bori palangi.
15) Raqs:
16) Navoiyga bugungi kundagi e’tibor.
-Navoiy hayotni sevdi , uning har lahzasidan unumli foydalandi. Tinimsiz mehnati , barakali ijodi uni g`azal mulkining sultonoga aylantirdi.
- Navoiy yashab o’tgan davrdan to shu kungacha necha asr o1tsa hamki ,hamon buyuk shoir ijodiga qiziqish so1ngani yoq . Dunyoning turli mamlakatlarida uning asarlari bugun ham katta e’tibor bilan o`rganmoqda.
-Navoiy bobomiz –bizning bobomiz , u o`zbek xalqining buyuk farzandi ham shoiridir. Uning ijodiy me’rosi barcha uchun g`oyat qimmatlidir .Biz ham Navoiy bobomizdek barkamol inson bo`lishga harakat qilamiz.
--Alisher Navoiy bobomiz 1501 yil 3-yanvarda Hirot shahrida vafot etganlar. O`sha kunda butun mamlakat motam tutdi. Biroq shoirimiz nomi abadiy . Ko`plab ko`chalar ,o`quv maskanlari, Alisher Navoiy nomi bilan ataladi .Poytaxtimizda Alisher Navoiy nomli Respublika Milliy kutubxonasi , Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi ,Respublika milliy bog’i faoliyat yuritmoqda .
17)Navoiy haqidagi she’rlar:
Nido tingla bu kun yurting tarafdan
Ey yiroq Hirotda maskan topgan er.
Ogoh bo`l , Alisher, sen ushbu gapdan ,
Har ikki nabirang biri Alisher.
Shu buyuk o`g`lingni ardoqlab dildan
Xalqim ,ta’zim etsang arzigay tamom
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftarida Ozbek degan nom .

-Men yaxshi anglayman , moziy ne demak.


Tarixda har kimning bor o`z zamoni
Lekin tanimizda kezar-ku beshak
Olis bobolarning ming yillik qoni .
--Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon
Lek Navoiydek bobom bor, Koksi osmon Ozbegim.
-So`zingiz buyukdir , o`zingiz buyuk .
Buk me’rosingiz iftixorimiz
Biz uchun har nedan ortiqroq suyuk
Yozgan asaringiz , aytgan so`zingiz
Yurakdagi faxrim g`ururim sizsiz
Bobojon ruhingiz bizni qo`llasin
Avlodlar qalbida so`nmas sham kabi.
1-boshlovchi: Biz shunday ulug` bobokalonimiz borligidan faxrlanamiz. Bugungi tadbirimiz Buyuk bobomiz Navoiyga bo`lgan ehtiromimizning bir ko`rinishidir. Bugun oz bo`lsa ham Navoiy bobomiz ruhini shod eta olgan bo`lsak ,o`zimizni baxtiyor hisoblaymiz.
2-boshlovchi : Aziz ustozlar ,hurmatli mehmonlar , shu bilan shoir Mir Alisher Navoiy Bobomiz tavalludiga bag`ishlangan Tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi . Xayr sog` bo`ling.
Yüklə 55,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin