Byudjet hisobi” fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tashkilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi. Bajardi: Ibrohim Ulug’bekovich Sayfiyev Ilmiy rahbar: K. o’q. Sh. Xalilova toshkent


Talabalarning ma’lum ijtimoiy qatlamiga to’lanadigan stipendiyalarni hisoblash.19



Yüklə 93,57 Kb.
səhifə10/12
tarix24.09.2023
ölçüsü93,57 Kb.
#147677
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi Ibrohim Sayfiyev

Talabalarning ma’lum ijtimoiy qatlamiga to’lanadigan stipendiyalarni hisoblash.19
1-va 2-guruh nogironligi bo’lgan talabalarga, ular to’lov-kontrakti asosida ta’lim olayotgan bo’laslar ham, stipendiya miqdori ularning o’zlarish ko’rsatkichlaridan qat’iy nazar respublika budjetidan stipendiya to’lashning ba’zaviy miqdorining 50% miqdorida ustma bilan to’lab beriladi
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarning stipendiyalari ularning o’tgan semestrdagi o’zlashtirish ko’rsatkichlaridan qat’iy nazar ba’zaviy miqdorda respublika budjetidan to’lab beriladi. Ushbu turdagi tehsil oluvchilarga ba’zaviy miqdorning 50 foizi va undan yuqori hajmi talabalarni rag’batlantirish jamg’armasi hisobidan tayinlanadi va to’lanadi.
Semestr yakuni bo’yicha barcha fanlarni “a’lo” bahoga yakunlagan hamda “Yagona reyestr” ATda ro’yxatda turgan qizlar uchun umumiy shartlarda to’lanadigan stipendiyaga qo’shimcha ravishda maxsus stipendiya tayinlanadi va faqatgina hamma fanlardan “a’lo” bahoga ta’lim olgan va “Yagona reyestr” ATda ro’yxatdan chiqarilmagan taqdirdagina to’lash saqlab qolinadi.
Talabalarni rag’batlantirish jamg’armasi mablag’laridan foydalanish
Ushbu jamg’arma oliy ta’lim muassasasida stipendiya uchun mo’ljallangan budjet mablag’larining 10% hamda tegishli moliya yili uchun mo’ljallangan to’lov-kontrakt summasining 2% miqdorida summadan shakllanadi va quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • Semestrni faqat “a’lo” bahoga yakunlagan talabalarga 20 % ustama stipendiya hisoblash va to’lov qilishga;

  • Semsetr yakuni fanlarni o’zlashtirayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda jamoat ishlarida faol har qanday talabalarga stipendiyaga qo’shimcha ravishda 50 foiz miqdorgacha rag’batlantirish uchun;

  • To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga ba’zaviy stipendiyaga qo’shimcha 50 foiz miqdorda ustama tariqasida stipendiyasini oshirib to’lash uchun;

  • Xalqaro, respublika va oliy ta’lim miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila a’zolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda bo‘lgan bir martalik rag‘batlantirish yoki moddiy yordam to‘lovi berish uchun;

  • Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi bo‘lgan bakalavr va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga, ularning ta’lim olish turi (grant yoki to‘lov-shartnoma asosida) va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaning besh baravari miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanishi uchun.

Xulosa.
Xulosa o’rnida aytib o’tish kerakki, budjet tashkilotlari xodimlar bilan hisob-kitoblar budjet tashkilotining asosiy xarajatlaridan biridir. Davlat sohasida gap ketganda ham budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar oylik ish haqi davlat budjetining xarajatlarida iqtisodiy tahlil jihatdan IV guruh xarajatlaridan keying ikkinchi o’rinda turadi. Xususan, oliy ta’lim sohasida ishlovchilarning oylik ish haqlarini olib qaraydigan bo’lsak, 2022-yilda sohada o’rtacha 5 521 400 so’mni tashkil etgan.
Budjet tashkilotlarida xodimlar bilan iash haqi va nafaqalar hisobi borasida hozrda bir necha muammolarga duch kelish mumkin. Ularga bugungi kunda eng dolzarbi hamda budjet tashkilotiga bog’lig’i bu idh haqlarining yil boshida kechikishi. Bunga asosiy sabab budjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tuzish jarayonida daromadlarning kelib tushishiga ta’sir etadigan omillarni yetarlicha hisobga olmasligi va buning natijasi kassaviy hisob paytida daromadlar vaqtida kelib tushmasligi. Oliy ta’lim muassasalarida yanvar oyida talabalar to’lov-kontraktlari vaqtida amalga oshirilmasligi natijasida budjet xarajatlari kechikadi. Bunga yechim sifatida esa har yilning boshida xarajatlar smitasi qabul qilingunga qadar vaqtinchalik xarajatlar smetasi mobaynida har budjet tashkilotida aylanma kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdori kabi zaxira mablag’lari yuritilishi va u kassaviy rejalashtirishga o’xshagan har yanvar oyida yangidan tuzilishi kerak deb taklif beramiz.
Daromadlarning kechikishini oldini olish uchun esa kechikkan tushumlarga penyalarni ko’paytirish hamda iloji bor vaziyatlarda oldindan to’lovni amalga oshirish yil boshida xarajatlarni o’z vaqtida bo’lishini kafotlashning bir yo’lidir.
Stipendiya haqida so’z borganda esa uning kechikishiga asosiy sabab xarajatlar smetasi bo’yicha budjetda hisobraqamlarida turgan mablag’lardan nooqilona foydalanishdir. Ya’ni xarajatlar ketma ketligida birinchi guruh xarajatlari birinchi o’rinda amalga oshirilishi qat’iyan belgilab qo’yilgan bo’lishiga qaramasdan budjet tashkilotlari ularning tartibiga amal qilmaydi. Natijada stipendiya to’lovlari uchun rajalashtirilgan mablag’lar boshqa yo’nalishlarga sarflanib ularning o’rniga boshqa pul kelib tushgungacha bu xarajat kutib turilishiga to’g’ri keladi. Bu esa ishchi xodimlar hamda stipendiya oluvchilardagi ish va o’qishga motivatsiyani o’ldirib, ular o’z vazofalarini xo’ja ko’rsinga” bajarishlariga olib keladi.

Yüklə 93,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin