Byudjet hisobi” fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tashkilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi. Bajardi: Ibrohim Ulug’bekovich Sayfiyev Ilmiy rahbar: K. o’q. Sh. Xalilova toshkent


Budjet tahskilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari



Yüklə 93,57 Kb.
səhifə3/12
tarix24.09.2023
ölçüsü93,57 Kb.
#147677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi Ibrohim Sayfiyev

1.2. Budjet tahskilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari.
Budjet borasida so’z borganda bu doiradagi har qanday tashkilot va korxonalar funksiyasini amalga oshirishda Budjetb Kodeksi fundamental asos bo’ladi. Budjet Kodeksining 23-moddasida budjet tashkilotlari xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko’ra 4ta guruhga ajratiladi. Ushbu to’rt guruhning birinchisi ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarga bag’ishlangan bo’lib xarajatlarni bu kabi guruhlarga ajratish budjet borasida bo’layotgan xarajatlarning qancha qismi xodimlarning daromadlari sifatiga o’tayotganini aniqlashtirish unchun amalga oshiriladi.
Budjet Kodeksining 106-107-moddalarida xarajatlar smetalarini ro’yxatdan o’tkazish paytida hisoblangan oy ish haqilari tarif setkalariga mos bo’lishi kerakligi aytib o’tilgan. 1381-“Maqsadli ijtimoi transfertlar” deb nomlangan moddaga ko’ra budjetlararo ushbu kabi transfertlar yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga ta’lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va ijtimoiy soliq bo’yicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Undan tashqari budjet tashkiloti to’lashi kerak bo’lgan ssudalar muddati tugagandan so’ng ish haqini to’lash, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar, stipendiyalar, pensiyalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, kompensatsiya to’lovlari va nafaqalar to’lash xarajatlari qoplanganidan keyin quyi turuvchi budjetlarning hamda davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan mablag’larni so’zsiz undirib olish yo’li bilan amalga oshiriladi.8
Budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni to’lash uchun pul mablag’lari berilishini, shuningdek pensiyalarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablag’lari berilishini banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish Budjet Kodeksiga ko’ra budjet intizomini buzish deb e’tirof etiladi.9
Yuqoridagilar bujet tizmi budjetlarida umumiy qoidalar bo’lasa, O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 22.12.2010 yildagi 2169-raqamli “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisoni to’g’risidagi yo’riqnomsni tasdiqlash haqida”gi buyrug’I budjte tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishga asos bo’ladi. Ushbu yo’riqnomada budjet tashkilotlarida olib boriladiga moliyaviy harakatlarni detallashtirib ko’rsatadi. Bu yo’riqnomaning III bobida debitor va kreditorlar bilan munosabatlar ko’rsatib berilgan va bu bobning 17 “Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” schyoti qismida budjeta tashkiloti va xodimlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar hisobi va ularni qanday amalga oshirish ko’rsatilgan. Unga ko’ra:

  • 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” schoti inventarizatsiya davomida aniqlangan kamomadlar xodim tomonidan to’lanishiga to’g’ri kelgan vaziyatda ishlatiladi. Aniqlangan kamomad nimaligiga qarab 01- “Asosiy vositalar”, 03 – “Nomoddiy aktivlar”, 05 – “Tayyor maxsulot”, 06 – “Boshqa Tovar-moddiy zahiralar”, 10 – “Hisobvaraqlardagi budjet mablag’lari”, 11 – “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag’lar”, 12 – “Kassa”, 13 – “Boshqa pul mablag’lari va 14 – “Moliyaviy qo’yilmalar schotlaridan kreditlanib” ushbu 170 – schotga debitlanadi. Pul malag’i undirilganda esa ushbu schot kreditlanib kamomadning manbaasiga ko’ra 23 – “Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”, 24 – “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”, 25 – “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”, 26 – “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” yoki 27 – “Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schotlardan biri debetlanadi.

  • 171 - “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha nafaqalar” subschyotida tashkilotlarning xodimlari bilan ijtimoiy sug’urta to’lovlari bo’yicha olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Ijtimoiy sug’urta to’lovlari bo’yicha hisob-kitoblar qonunchilikka asosan tartibga solinadi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan yoki Pensiya jamg’armasi orqali to’lanadigan tashkilotning xodimlariga hisoblangan ijtimoiy sug’urta to’lovlari hisobot oyining oxirgi kunida 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Budjet mablag’lari hisobidan to’lanadigan ijtimoiy sug’urta to’lovlari, jumladan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarning hisoblanishi haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231 “Budjet mablag’lari bo’yicha haqiqiy xarajatlar”, 251 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 261 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. To’langan ijtimoiy sug’urta to’lovlari esa, 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” yoki boshqa tegishli subschyotlarning kreditida aks ettiriladi.
173 “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotning xodimlari bilan ish haqining barcha turlari, mukofotlar va boshqa mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Xodimlarga hisoblab yozilgan ish haqi, mukofotlar, turli moddiy yordamlar va boshqa to’lovlar summalari 173 “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditiga va haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261, 271 va boshqa tegishli subschyotlar debetiga yoziladi. To’langan ish haqi va boshqa to’lovlar summalari va tegishli tartibda ushlab qolingan summalar 173 “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” subschyotning debetiga hamda 120, 172, 160, 176 va boshqa tegishli subschyotlarning kreditiga yoziladi.

Yüklə 93,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin