5 Tovarlar ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan
chiqarish tartibi.
Byudjet tashkilotlarida tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga uyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va
bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil
qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar
bilan guruhlarga ajratiladi: - ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati
chiqarib tashlangan holda);
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash
xarajatlari; - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; - asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi; - ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.