Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq budjet tashkilotlariga budjetdan tashqari mablag‘lar shakllantirish imkoniyati berilgan.
Ushbu qarorga muvofiq budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet mablag‘lari bo‘yicha tejab qolingan mablag‘lar, faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar, balansida bo‘lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablag‘larning bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (beg‘araz yordam) hisobidan shakllantirilashi belgilangan.
Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi haqida” Nizomga ko‘ra o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan mablag‘lar tushumi amalga oshiriladi va hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda ota - onalardan mablag‘lar tushumi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari shakllanadi va ular hisobiga belgilangan tartibda xarajatlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari budjet tashkilotlarida tranzit mablag‘lari (Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan budjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar, O‘tgan yillar debitorlik summalarini kelib tushishi va boshqalar) tushumi va hisobdan chiqarilishi amalga oshiriladi.