Byudjetlararo munosabatlar va qarzlar hisobi
BYUDJETLARARO MUNOSABATLAR VA QARZLAR HISOBI
REJA:
Byudjet ssudasi va uning hisobi hususiyatlari.
Byudjet ssudasini xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish.
Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobini yuritishda xorij tajribasi.
Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezidentyuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘dir. Yuqori byudjetdan quyi byudjetga byudjet ssudalarini berish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001 yil 28 iyundagi 58-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetlarga byudjet ssudalarini berish va olingan byudjet ssudalarini so‘ndirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (2001 yil 19 iyulda 1052-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Byudjet ssudalari daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan vaqtinchalik kassa uzilishlarni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga berilishi mumkin. Byudjet ssudalari Respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan byudjet ssudalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar tarkibiga kiradigan shaharlar va tumanlarning byudjetlariga berilishi mumkin:
Berilgan byudjet ssudalarini o‘z muddatida qaytarish ustidan nazorat yuqori moliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Moliya organida byudjet ssudasini berish to‘g‘risidagi shartnoma rasmiylashtirilgandan keyin ushbu shartnomaga asosan to‘lov topshiriqnomasiga asosan hisobvaraqdan mablag‘ o‘tkazib beriladi. Xizmat ko‘rsatuvchi bank belgisi tushirilgan to‘lov topshiriqnomasi va hisob schyotidan. ko‘chirmasiga asosan memorial order va Byudjet ssudalari bo‘yicha byudjetlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar hisobi kitobi rasmiylashtiriladi. Memorial orderdagi yozuvlar Boshjurnal kitobiga o‘tkaziladi.
Byudjet ssudalari hisobi 05 "Berilgan va olingan ssudalar " nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya’ni:
051 Respublika byudjetidan quyi byudjetlarga ajratiladigan byudjet ssudalari
052 Yuqori mahalliy byudjetlardan qo‘yi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet ssudalari
053 Respublika byudjetidan rezident – yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga ajratiladigan byudjet ssudalar
054 Davlatning ichki qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq
055 Davlatning tashqi qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq
056 Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalarining Respublika byudjetidan olingan va berilgan byudjet ssudalari
Hisobot shakllari
Byudjet ssudalari bo‘yicha byudjetlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar hisobi kitobi (4-bsfs–shakl)
"Bosh jurnal" daftari (1-k shakl)
Memorial order (274-f shakl)
Memorial order (274-b shakl)
To‘lov xujjatlari ilova qilingan bank ko‘chirmalari
Dostları ilə paylaş: |