Byudjetning soliqsiz daromadlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/5
tarix20.02.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#85067
1   2   3   4   5
yangi

O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunining 18-moddasida esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari tarkibida quyidagi soliqsiz daromadlar ko‘rsatib o‘tilgan: 1) qonuniy xujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 2) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 3) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) qonunlarga muvofiq boshqa manbalar. Davlat budjetining soliqsiz daromadlari quyidagilardan tashkil topadi (20-rasm): – davlat mulkidan foydalanishdan olinadigan daromadlar; – budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan pullik xizmatlardan keladigan daromadlar; – fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olinadigan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararni tiklash bo‘yicha olinadigan mablag‘lar va majburiy undiriladigan boshqa mablag‘lar; – moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (budjet ssudalari va budjet kreditlaridan tashqari); – boshqa soliqsiz daromadlar.

Davlat budjetining soliqsiz daromadlari – davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan daromadlar; – kredit muassalalaridagi hisob varaqlarida budjet mablag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar; – davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar; – qaytarish va haq olish asosida boshqa budjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan budjet mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq; – davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik subyektlari ustav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo‘yicha dividendlarga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar; – davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliq qonunchiligiga muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng); – davlatga tegishli mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin